1-boshlovchi: - Qomusimiz yillar osha xalqimiz uchun ishonch, najot, faxr, iftixor namunasi bo‘lib qolsin!
2-boshlovchi: Shu bilan qomusimizga bag‘ishlangan tadbirimiz tugadi. Hammangizni Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiya bayrami bilan muborakbod etamiz!
Tadbir so‘ngida Vatan haqida qo‘shiq yangraydi.
BAXT QOMUSIMIZ Konstitutsiya davlatimizda qonun ustuvorligini ta`minlab turadi. Uning ustuvorligi har birimizda ulkan mas`uliyatni, ya`ni – konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashni taqozo etadi. U asosiy hujjat – Bosh qomusimiz hisoblanadi.
Sinf xonasi bayramona bezatilgan.
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar va mehmonlar! O`zbekiston Rspuplikasi Konstitutsiyasi kuniga bag`ishlangan davra suhbatimizga xush kelibsiz. 2-boshlovchi: - Assalomu alaykum! Ma`lumki, bugungi kunda maktablarimizning har bir sinfida bosh Qomusimiz hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rgatuvchi darslar o`tilyapti. Unda bolalar “Konstitutsiya” so`zi “tuzish”, “tuzuk”, “nizom”, “tuzilish”, “yaratilish” degan ma`nolarni anglatilishini bilib olganlar. 1-boshlovchi: To`g`ri aytasan. Bizning zukko o`quvchilarimiz Bosh qomusimiz haqida bilishlari shart bo`lgan bilim va ma`lumotlarni, huquq va burchlarini o`z yoshlariga munosib ravishda o`zlashtirib borishmoqda. 2-boshlovchi: - Darvoqe, bundan 25 yil muqaddam xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniytini o`zida to`la aks ettirgan, muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonga yangi, istiqboli porloq mustaqil davlat dunyoga kelganining o`ziga xos isboti sifatida Bosh qomusimiz qabul qilindi. 1-boshlovchi: - Ozbekiston Konstitutsiyasi bizning mustaqilligimizning huquqiy jihatdan ta`minlovchi asosiy huquq jihati bo`lgani uchun ham biz 8-dekabrni alohida ardoq va mamnuniyat bilan bayram qilamiz. 2-boshlovchi: - Endi navbatni o`quvchilarga beraylik. Bosh qomusimizni ular qanday ta`riflashar ekan? Tadbir o`tkazilayotgan davra to`riga chiroyli maktab formasidagi o`quvchilar chiqib kelishadi.