Hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari. Reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida



Yüklə 57,53 Kb.
səhifə7/7
tarix13.12.2022
ölçüsü57,53 Kb.
#74214
1   2   3   4   5   6   7
Hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari maruza 1

Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko'ngilsiz voqea ro'y berishdan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikkala holda qo'llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo'lishi mumkin.
Aprior tahlilda shu sistemaga xos bo'lishi mumkin bo'lgan (yashirin) ko'ngilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha hollar to'plami tuziladi.
Aposterior tahlil esa ko'ngilsiz voqea yuz bergandan so'ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqish. Bu ikki usul bir-birlarini to'ldiradi. To'g'ri usulda tahlil qilishda oqibatni oldindan ko'rish uchun sabablar o'rganiladi. Teskari usulda esa, oqibat tahlil qilinib- sabablari aniqlanadi.
Bu usullarning asosiy maqsadi ko'ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqeaning kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma'lum bo'lsa, voqeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo'lishini aniqlash mumkin.
Xavfsizlikning tahlilida sistemaning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar sistema juda ham chegaralangan bo'lsa, biror xavfli hollar yoki omillar e'tibordan tashqarida qolishi mumkin.
Agar sistemaga o'ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo'lib qolishi mumkin. Tahlil o'tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog'liq. Aniq bir ogohlantirish yo'li bilan ta'sir qilish mumkin bo'lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. HFX fani nimani o'rganadi? 2. HFXning asosiy aksiomasi yoki V. Marshal nazariyasining asosi nima? 3. Xavflarning kelib chiqish sabablarini ayting? 4. Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o'zaro bog'liqlik masalasini gapiring? 5. Xavf nima? 6. Xavfsizlik taksonomiyasi nima? 7. Xavflar kvantifikatsiyasi nima? 8. Tavakkal nima? 9. Masalan, ishlab chiqarishda bir yilda jarohatlar tufayli o'limlar soni 420 ni, ishlovchilar soni esa 9 mln. kishini tashkil qilsa, ishlab chiqarishda o'lim tavakkalni aniqlang? 10. Tavakkalni yo'l qo'ysa bo'ladigan miqdoriy tushunchasini xarakterlang? 11. "Xavflar daraxti"ni tuzish tavakkal kvantifikatsiyasining qaysi usulida qo'llaniladi? 12. "Xavflar daraxtidan" kutilgan asosiy maqsad nima? 13. Xavfsizlikni tahlil qilishning qaysi usuli ko'ngilsiz hodisa sodir bo'lgandan so'ng bajariladi? 14. Xavfsizlikni tahlil qilishning qaysi usuli ko'ngilsiz voqea sodir bo'lmasdan oldin bajariladi? 15. Xavflarni tahlil qilishning aprior va aposterior usullari bir-biiini to'ldiradimi yoki bir-biriga zidmi?


Yüklə 57,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin