Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Suv muhitidagi hayot 
Suv muhiti yuqori darajadagi zichligi, bosimning keskin o’zgarishi, 
kislorodning kamligi, quyosh nurining jadal yutilishi va boshqa xususiyatlari 
bilan ajralib turadi. Suv havzalarining har bir joyi o’ziga xos tuz va zarrachalar 
tarkibi, oqim kuchiga ega.
Suv tubida yashovchi organizmlar uchun esa tuproqning xossalari, 
undagi organik qoldiq ulushi muhim ahamiyatga ega. Hayvonlar suv 
muhitining umumiy xususiyatlaridan tashqari undagi xususiy omillarga ham 
moslanishlari zarur. Suv muhitida yashovchi barcha organizmlar gidrobiontlar 
deb nomlanadi. Suvning yuza qatlamida yashovchi organizmlar esa 
planktonlar va tubida yashovchilar bentoslar ekologik guruhlarini tashkil 
etadi. Mazkur ekologik guruh vakillari dunyo okeanida, dengizlarda, ko’llarda, 
ichki suv havzalarida va er osti suvlarida tarqalgan.
Suv muhiti hayotini belgilovchi omillardan eng muhimi suvning 
bosimidir. Chuqurlikning ortishi bilan bosim kuchi ortib boradi. Masalan, har 
10 m chuqurlikda bosim kuchi 1 atmosferaga ortadi. Suv muhitidagi bosim 
kuchining o’zgaruvchanligi tufayli aksariyat gidrobiontlar evribiontlardir. Ular 
ayrim bir necha atmosferadan yuz atmosferaga qadar bo’lgan bosim 
sharoitida yashashga moslashgan. Jumladan, Elpidia goloturiyalari, Priapulus 
caudatus chuvalchanglari okeanlarning qirg’oqlaridan ultra abissal zonalariga 
qadar uchrashi mumkin. Chuchuk suvlarda yashovchi infuzoriya tufelkalari, 
suvoykalar ham tajribada 600 atmosfera sharoitiga bardosh bergan. Lekin 
gidrobiontlarning ko’pchiligi stenobatlar sifatida dengiz va okeanlarning 
ma’lum chuqurliklaridagina yashashga moslashgan. Masalan, ayrim baliqlar, 
bosh oyoqli mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, pogonoforalar, dengiz 
yulduzlari suvning chuqur qatlamlarida 400-500 atmosferadan kam 
bo’lmagan sharoitda yashaydi. Umuman, stenobatlar kichik suv havzalarida va 
suvning chuqur qatlamlarida uchraydi.
Suv muhitidagi zichlikning yuqoriligi gidrobiontlar uchun tayanch 
ahamiyatiga ega. Shuning uchun ham ko’pchilik hayvonlar suvning yuza 
qatlamida nisbatan past bosimda, doimiy harorat va etarli yorug’lik sharoitida 
yashaydi. Bentoslar esa yuqori bosimga, past haroratga va doimiy 


52 
qorong’ulikka moslashgan hayvonlardir. 
Pelagial hayvonlar. Pelagial qatlam vertikal yo’nalish bo’yicha 
farqlanuvchi epipelagial, batipelagial va abiss pelagial zonalarga farqlanadi. 
Quyosh nuri epipelagialning quyi chegarasiga qarab etib boradi, mazkur 
zonadan keyingi chuqurliklarda yashil o’simliklar uchramaydi. 
4-rasm. Dunyo okeanining ekologik zonalari
Yuqorida ta’kidlangan ekologik zonalar faqatgina okeanlar uchungina 
xos bo’lmay, boshqa suv havzalarida ham qayd etilgan.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin