Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Gidrobiontlarning ba’zi bir moslanishlari



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 
Gidrobiontlarning ba’zi bir moslanishlari 
 
Suv muhiti turli-tuman va o’ziga xos ekologik sharoitlarga ega. Shuning 
uchun gidrobiontlarda suv muhitida mo’ljal olish, filtrlash yo’li bilan 
oziqlanish, vaqtli suv havzalarida yashashga moslanish kabi va boshqa morfo-
ekologik ixtisoslanishlar vujudga kelgan.
Hayvonlarning suv muhitida mo’ljal olishi. Suv tubidagi doimiy 
qorong’ulik va yorug’lik nurining jadal so’nib borishi hayvonlarni ko’z orqali 
mo’ljal olish imkoniyatini keskin chegaralaydi. Ma’lumki, suvda tovush havo 
muhitiga nisbatan tez tarqaladi. Shuning uchun ko’z yordamida mo’ljal 
olishdan ko’ra gidrobiontlar uchun tovush yordamida mo’ljal olish bir muncha 
qulayroq hisoblanadi. Hayvonlar o’ta nozik to’lqin uzunliklari o’zgarishlarini 


53 
seza oladi. Masalan, meduzalar po’rtana boshlanishidan ogoh etuvchi 
infratovushlarni sezgirlik bilan ilg’ab suv yuzasidan chuqur qatlamlarga 
tushib ketadi. Baliqlar, mollyuskalar qisqichbaqasimonlar va sut emizuvchilar 
tovush chiqarish orqali aloqada bo’ladi. Masalan, qisqichbaqasimonlar 
tanasining turli qismlarini bir-biriga ishqalash orqali, baliqlar havo pufaklari, 
halqum tishlari, jag’lari, ko’krak suzgichlari yordamida turli tovushlarni 
chiqaradi. Tovushlar tur ichidagi munosabatlarni muvafiqlashtirish, galadagi 
aloqani ta’minlash ikkinchi jinsni o’ziga jalb etish, ogohlantirish yo’llaridan 
biridir.
Ba’zi bir gidrobiontlar ozuqa topishda aks sadodan unumli foydalanadi 
(masalan, kitsimonlar). Ayrim gidrobiontlarning elektr impulslarini ishlab 
chiqish va qabul qilish xususiyati ham ma’lum. Hozirda 300 turga yaqin 
baliqlar elektr zaryadlari orqali mo’ljalni aniq oladi, o’ljaga hamla qilishda va 
himoyalanishda undan unumli foydalanadi. 
Suvdagi gidrostatik bosimning o’zgarishi hayvonlar havo pufaklari, 
statotsistlari va boshqa organlari yordamida aniq farqlay oladi.
Barcha gidrobiontlarda xemoretseptorlar yaxshi taraqqiy etgan. Shu 
sababdan ular suv muhitida yuz bergan barcha kimyoviy o’zgarishlarni 
osonlik bilan payqay oladi. Ayniqsa minglab km. masofa bo’ylab migratsiya 
qiluvchi baliqlar hidni yaxshi farqlaydi. Masalan, urchish uchun Evropaning 
barcha daryolaridan atlantika okeani tropik qismining g’arbiy hududlariga 
boradigan daryo ugorlari tajribada 6000 km

suvda erigan 1 g etil spirtini ham 
sezgan.
Filtrlash yo’li bilan oziqlanish. Gidrobiontlarning ayrimlari suvdagi 
mayda organik zarrachalarni suzib oziqlanadi. Filtrlash yo’li bilan oziqlanish 
plastinka jabrali mollyuskalar, o’troq hayot kechiruvchi ninaterililar, 
polixetalar, astsidiyalar uchun xos usuldir. Bu guruhga mansub organizmlar 
oziqlanish jarayonida suvni filtrlab muhim biologik vazifani ham amalga 
oshiradi.
Gidrobiontlarning vaqtli suv havzalarida yashashga moslanish 
xususiyatlari. Tabiatda mavsumiy hosil bo’ladigan vaqtli va ko’lmak suv 
havzalari ko’p uchraydi. Qisqa muddat bo’lsada, ularda qator gidrobiontlar 
hayot kechiradi, ko’payadi va rivojlanadi. Bu hayvonlar suv havzasi qurib 
qolganidan so’ng keladigan uzoq muddatli qirg’oqchilikka bardosh beradi. Suv 


54 
etarli bo’lganda gidrobiontlar jadal ko’payadi va mo’l nasl beradi, noqulay 
sharoitda ularning ko’pchiligi gipobioz holatga o’tadi. Masalan, qolqondorlar, 
shoxdor mo’ylovli qisqichbaqalar, planariyalar, kamtukli chuvalchanglar
mollyuskalar, baliqlardan – protepterus, shoxtish va lepidosirenlar va 
boshqalar. Suvsizlik sharoitida quyoshsimonlar, infuzoriyalar, ildizoyoqlilar, 
ayrim kurakoyoqli qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlar maxsus tsistaga 
o’ralab oladi va o’z hayotini saqlab qoladi.
Noqulay sharoitda kolovratkalar va nematodalarning ayrim vakillari 
tanasidagi namlikni butunlay yo’qotib yupqa plyonka shaklini oladi, qulay 
sharoitda “jonlanib” yana hayotini davom ettiradi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin