54
etarli bo’lganda gidrobiontlar jadal ko’payadi va mo’l nasl beradi, noqulay
sharoitda ularning ko’pchiligi gipobioz holatga o’tadi. Masalan, qolqondorlar,
shoxdor mo’ylovli qisqichbaqalar, planariyalar, kamtukli chuvalchanglar,
mollyuskalar, baliqlardan – protepterus, shoxtish va lepidosirenlar va
boshqalar. Suvsizlik sharoitida quyoshsimonlar, infuzoriyalar, ildizoyoqlilar,
ayrim kurakoyoqli qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlar maxsus tsistaga
o’ralab oladi va o’z hayotini saqlab qoladi.
Noqulay sharoitda kolovratkalar va nematodalarning ayrim vakillari
tanasidagi namlikni butunlay yo’qotib yupqa plyonka shaklini oladi, qulay
sharoitda “jonlanib” yana hayotini davom ettiradi.
Dostları ilə paylaş: