Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Stenotermlar nisbatan doimiy haroratli sharoitda yashashga 
ixtisoslashgan. Ular haroratni sezilarli o’zgarishlariga chidamsiz hayvonlar. 
Stenotermlar o’rtasida kriofillar va termofillar farqlanadi. Masalan, ayrim 
termofil qisqichbaqasimonlar Q45–48
0
S li issiq buloqlarda yashaydi, agar suv 
harorati Q 30
0
S ga qadar pasaysa, ular butunlay nobud bo’ladi. Okeanlar 
tubida yashaydigan ko’pgina hayvonlar kriofillar bo’lib, 0
0
S da hayot 
kechiradi. Ximolay tog’larining muzliklarida uchraydigan dumoyoqlilar – 10
0

sovuqda yashashga moslashgan, shu sababdan ularni inson qo’lining harorati 
ham halok qilishi mumkin.
Evriterm harorat turli darajada bo’lgan sharoitda ham bemalol hayot 
kechira oladi. Jumladan, qorinoyoqli mollyuskalarning ayrimlari – 1
0
S dan Q 
60
0
S ga qadar o’zgaruvchan sharoitda uchrashligi ma’lum. Yo’lbars 
Hindistonning tropik o’rmonlaridan Ussuriya o’lkasiga qadar tarqalgan, 
shuningdek, u Ximolayning dengiz yuzasidan 4000 m balandlikdagi tog’ 


45 
cho’qqilarida ham uchraydi. 
Gomoyotermlarga nisbatan poykilotermlarning hayotiy jarayonlari bir 
muncha sust ketadi. Bir xil tana haroratiga ega bo’lgan gomoyoterm va 
poykiloterm hayvonlardagi moddalar almashinuvi jadalligi qiyoslanganda, bu 
jarayon poykilotermlarda bir necha barobar past darajada borishligi 
aniqlangan. Masalan, cho’l iguanasi Q37
0
S haroratda kattaligi o’ziga teng 
bo’lgan kemiruvchilarga nisbatan kislorodni 7 marta kam sarflagan. Bu holat 
poykilotermlardagi issiqlik ajratilishi ancha sust ekanligidan dalolat beradi. 
Shuningdek, 
ulardagi 
kimyoviy 
termoregulyatsiya 
bir 
muncha 
takomillashmaganligini ifodalaydi.
Poykilotermlarda 
fizikaviy 
termoregulyatsiya 
ham 
yaxshi 
shakllanmagan. Muhit harorati pasayishi bilan poykilotermlarning hayotiy 
jarayonlari keskin pasayadi va ular karaxt holatga o’tadi. Biokimyoviy 
adaptatsiyalanishning hosilasi bo’lgan karaxtlik noqulay sharoitga moslanishi 
o’ziga xos bo’lib, bunday holatda poykilotermlar ancha past haroratga ham 
bemalol bardosh bera oladi. Poykilotermlarning karaxtlikdan chiqishlari va 
faol holatga o’tishlari uchun ular tashqaridan issiqlik olishlari shart.
Poykilotermlar fe’l-atvor harakatlari bilan tanada yig’ilayotgan issiqlikni 
ko’paytirishlari yoki kamaytirishlari mumkin. Bu guruhga mansub 
organizmlar yashash joylari va fazodagi holatini o’zgartirish asosida iqlim 
o’zgarishiga o’z munosabatini bildiradilar. Masalan, chigirtkalar ertalab 
quyoshga yon tomonini toblasa, tushda elkasini to’g’rilaydi. Cho’llarda quyosh 
yuqori nuqtaga kelganda, barcha hayvonlar uyalarida yoki salqin joylarga 
yashirinib, tunda esa faol bo’ladi. Qish mavsumini ko’pchilik hayvonlar yaxshi 
himoyalangan uyalarida o’tkazadi yoki qishki uyquga ketadi. Jamoa bo’lib 
yashovchi hasharotlar – arilar, chumolilar, termitlar uyalarini shunday 
quradilar-ki, undagi harorat va namlik bir me’yorida saqlanib turadi. 
Poykiloterm hayvonlarning ayrimlarida kimyoviy termoregulyatsiya bir 
oz bo’lsada, taraqqiy etgan, ular muskullarni jadal qisqarishi hisobiga tana 
haroratini ko’tarishi mumkin. Masalan, pahmoq arilarning tez qanot qoqishi 
tufayli tana harorati Q32-33
0
S ga qadar ko’tariladi va shu tufayli ular sovuq 
havoda ham bemalol oziqlanib harakatda bo’ladi.
Ba’zi poykilotermlarda fizikaviy termoregulyatsiyaning elementlari 
ifodalangan, ya’ni ular tanasi orqali suvni bug’lantirib haroratni boshqara 


46 
oladi. Masalan, ko’k baqa quruqlikda, Q20
0
S da soatiga 7770 J issiqlik 
yo’qotishi mumkin, bu esa uning ishlab chiqayotgan issiqligidan 300 marta 
katta ko’rsatkichdir. Harorat ko’tarilib, yuqori kritik nuqtaga kelganda, 
sudralib yuruvchilar qiyin nafas ola boshlaydi va og’zini ochib suvni 
bug’latadi.
Evolyutsiya jarayonida gomoyotermlik poykilotermlikdan rivojlangan. 
Gomoyotermlik yirtqichlar, primatlar va tuyoqlilarda yuksak darajada 
taraqqiy etgan bo’lsada, lekin bu xususiyat mavsum va kun davomida ma’lum 
chegarada o’zgarib turadi. Gomoyotermlik kloakali va xaltali sut 
emizuvchilarda, yuqori sut emizuvchilarning bolalarida va qushlarning 
jo’jalarida bur muncha sust ifodalangan. Gomoyotermli qushlar va sut 
emizuvchilarning muhit bilan bo’ladigan eng murakkab munosabatlarining 
hosilasi hisoblanadi. Gomoyotermlik ularga barcha sharoitlarda ham yashay 
olish imkonini beradi va ular tashqi muhit omillari o’zgarishlariga qaram 
bo’lmaydi, mavsumning turli davrlariga oson moslasha oladi. Bu xususiyatlar 
gomoyotermlilardagi mukammal organlar tizimi, jadal harakat organlari, qon 
aylanish va nerv tizimlari, yog’ qatlamlari, yung, par qoplamlari va boshqalar 
hisobiga shakllangan.
Gomoyotermlardagi termoregulyatsiya mexanizmlari har bir turning 
o’zida xilma-xil bo’ladi. Bu esa tana haroratini kafolatli bir darajada ushlab 
turish imkoniyatini beradi. Shu sababdan shimoliy mintaqalarda tarqalgan oq 
tulkilar, kakliklar va quyonlar tana harorati va atrof-muhit harorati o’rtasidagi 
farq 70
0
S dan yuqori bo’lgan sharoitda ham bemalol yashay oladi. 
Gomoyoterm hayvonlar yuqori haroratga ham oson moslashadi. Ingliz olimi 
Ch.Blegden va uning shogirdlari, tajribadagi it bilan Q126
0
S li kamerada 45 
daqiqa bo’lganlarida, bu holat ularning sog’liqlariga salbiy ta’sir ko’rsatmagan. 
Gomoyoterm hayvonlarda kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiya 
mukammal shakllangan. Evolyutsiya jarayonida kimyoviy termoregulyatsiya 
mohiyatan bir muncha erta yuzaga kelgan, lekin tarixiy taraqqiyot davomida 
uning ahamiyati fizikaviy termoregulyatsiyaga nisbatan bir oz bo’lsada 
kamaygan. Sut emizuvchilarning filogenetik qatori bo’ylab yuqorilashgan sari 
fizikaviy termoregulyatsiya mexanizmlari xilma-xilligi ortgan va takomillashib 
borgan. Shimol hayvonlari tanasini qoplab turgan zich parlar, patlar va 
yunglar haroratning tana haroratiga yaqin darajada bo’lishiga yordam beradi. 


47 
Shu sababdan shimol tulkilari qishda yozdagiga nisbatan ham oz ovqat 
iste’mol qiladi. Suvda yashovchi sut emizuvchilarning tanasi 7-9 sm 
qalinlikdagi yog’ qatlami bilan o’ralgan va tana og’irligining 40-50% yog’ga 
to’g’ri keladi. Shuning uchun ham tyulenlar qorda soatlab yotgan taqdirda 
ham sovuqni sezmaydi.
Haroratning boshqarilishida tana katta-kichikligi ham ma’lum 
ahamiyatga ega. Ekologiya va zoogeografiyada keng qo’llaniladigan Bergman 
qoidasiga muvofiq bir turning shimoliy formalari ancha yirik bo’lsa, janubga 
tomon tanasi kichiklashib boradi. Jumladan, issiq o’lkalarda yashovchi 
ko’pgina sut emizuvchi hayvonlar vazni, ichki organlari sovuq o’lkalarda 
yashovchi shu xildagi hayvonlarnikiga nisbatan engil va kichikdir. 
D.Allen qoidasiga muvofiq esa, ko’pchilik sut emizuvchilar va 
qushlarning dumlari, quloqlari va tumshuqlari Janubga tomon kattalashib 
boradi. Masalan, shimol tulkisining quloqlari va dumlari, Afrikadagi fenek 
tulkilarnikiga nisbatan bir muncha kichik va kalta bo’ladi, ya’ni turli iqlim 
zonasida yashaganliklari uchun ular tashqi ko’rinishlari, ayniqsa, quloqlarning 
shakli, dumlari katta-kichikligi bilan bir-birlaridan keskin farqlanadi. Afrika 
fillarining quloqlari Hindiston fillarinikiga nisbatan bir muncha yirik bo’ladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, janubiy mintaqada yashaydigan ko’pgina 
hayvonlarning quloqlari maxsus termoregulyatsiya organi vazifasini bajaradi. 
Muhit haroratiga moslanishda hayvonlarning fe’l-atvor harakatlari muhim 
o’rin tutadi. Hayvonlarning boshpana topishi, uyalar, inlar qurishi, mintaqalar 
bo’ylab ko’chib yurishi va boshqa harakatlar fe’l-atvorlar orqali boshqariladi. 
Tana haroratini idora etilishida gala va podalardagi hayvonlarning hatti-
harakati ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, pingvinlar kuchli sovuqda bir 
joyga yig’ilib olib, aylanma harakatda bo’ladi. Vaqti-vaqti bilan eng chetdagi 
pingvinlar o’rtaga kirib joylarini almashtiradilar. Tuyalar jazirama issiq 
kunlari bir-birlariga yon boshlagan holda bir joyga to’planib yotadilar, ular 
to’plangan joy o’rtasidagi harorat Q39
0
S ga, ya’ni tana haroratiga yaqin 
bo’ladi. Eng chekkadagi tuyalarning elka tomonidagi yunglari Q70
0
S gacha 
qizib ketadi. Bu paytda tuyalarning bo’taloqlari va boshqa qari vakillari to’da 
o’rtasidan joy olib himoyalanadi.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin