41
tuxumining rivojlanishi bilan harorat o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish yo’q.
Huddi shuningdek, haroratni ko’tarish bilan tovuq tuxumining rivojlanishini
tezlashtirish mumkin emas, aksincha, jo’jani rivojlanib voyaga etishi uchun 21
kun davomida doimiy 40-41
0
S harorat zarur.
Hayvonlardagi har bir hayotiy jarayonning
borishi uchun haroratning
quyi va yuqori pog’onasi, optimum chegarasi zarur. Masalan, gulmoy
balig’ining uvildirig’i 0
0
S da, chavaqlar esa Q 2
0
S da rivojlana boshlaydi. Agar
harorat shunday tursa, chavaqlarining chiqishi uchun 205 kun, Q5
0
S da 85
kun va Q10
0
S da esa 41 kun zarur bo’ladi. Kolorado qo’ng’izi Q 12
0
S da
rivojlana boshlaydi, Q 25
0
S haroratda uning lichinkalik davri 14-15 kun
davom etadi, Q30
0
S li sharoitda lichinka bor yo’g’i 5,5 kunda voyaga etadi.
Q33
0
S da u rivojlanishi, fiziologik va biokimyoviy
jarayonlari harorat
o’zgarishiga monand to’g’ri chiziqli ko’tarilmaydi, aksincha, ularning har biri
turli yo’nalishdagi giperbola chizig’ini hosil qiladi. Ikkinchi tomondan, bu
jarayonlarning borishi birgina haroratga bog’liq bo’lib qolmay, ularga boshqa
ekologik omillar ham ta’sir etadi.
Barcha omillar singari haroratning to’g’ridan-to’g’ri ta’siri jamoadagi
boshqa hayvonlar hayotida, yashash joylarini tanlashida va boshqa holatlarda
o’z ifodasini topadi.
Harorat hayvonlar uchun signal vazifasini o’taydi. Uning o’zgarishi bilan
hayvonlar yashashi
uchun qulay joy izlaydi, bir mintaqadan ikkinchisiga
ko’chadi, ularning hayotida va geografik taqsimlanishida qator o’zgarishlar
ro’y beradi.
Hayvonlardagi issiqlik almashinuvi nerv-gumoral yo’l bilan
boshqariladi. Issiqlik almashinuvining poykilotermlik va gomoyotermlik
usullari farqlanadi.
Poykiloterm hayvonlarda o’zgaruvchan tana harorati va moddalar
almashinuvi kuzatiladi. Muhit haroratiga monand
poykilotermlarning tana
harorati ham o’zgarib turadi.
Gomoyotermlardagi moddalar almashinuvi bir
me’yorda ketadi va ular doimiy tana haroratiga ega bo’ladi.
Poykiloterm va gomoyotermlardan tashqari oraliq guruh vakillari –
geterotermlar ham kuzatiladi.
Geterotermlar mavsumiy faol hayot
kechirganda, ular gomoyotermlar singari tana haroratini doimiy saqlaydi,
lekin qishki (yumronqoziqlar, olmaxonlar, qo’shoyoqlar, ayrim qushlar) yoki
42
chuqur uyquda (ko’rshapalaklar, bo’rsiqlar, ayiqlar, kolibri qushlari,
jarqaldirg’och va boshqalar) ulardagi
modda almashinuvi susayadi, tana
harorati muhit haroratidan biroz farq qiladi, xolos.
3-rasm. Issiqqonli va sovuqqonli hayvonlar
O’simliklardan farqliroq hayvonlar muskullar bilan ta’minlangan, shu
sababdan ular o’zining ichki haroratiga nisbatan ham yuqoriroq darajadagi
issiqlikni ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega. Muskullar qisqarishida hosil
bo’lgan energiya boshqa organ yoki to’qimalar harakati davomida
ajaralayotgan issiqlikdan bir necha barobar yuqori bo’ladi, muskullar
qanchalik
tez harakat qilar ekan, ajaralayotgan issiqlikning miqdori ham
shuncha yuqori bo’ladi. Hayvonlar tana haroratini vaqtincha yoki doimiy bir
me’yorda boshqara olishi mumkin.
Hayvonlardagi haroratga adaptatsiyalanishning asosiy yo’llari kimyoviy
va fizikaviy termoregulyatsiyadan iborat, misol tariqasida kunduzgi va tungi
aktiv hayvonlarni olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: