Tuproqning muhit sifatida ahamiyati
Tuproq quruqlikning havo bilan bog’langan yupqa qatlami bo’lib,
organizmlarning tarqalishida va hayotida muhim ahamiyatga ega. Tuproq
qattiq zarrachalarning gazlar va suv bilan bog’langan holdagi o’ziga xos tizimi
bo’lib, unda xilma-xil ekologik sharoitlar shakllangan.
Tuproqda mo’’tadil harorat va etarli namlik saqlanadi. Organizmlarning
qoldiqlari parchalanishi bilan organik massa zahirasi boyib boradi.
Tuproqning muhit sifatida organizm uchun ko’rsatadigan asosiy
xususiyatlariga uning tarkibi, moddalarning davra bo’ylab aylanishi, ya’ni
58
gazlar, suv, organik, mineral moddalarning o’zlashtiriladigan holiga aylanishi
va boshqalar kiradi. Shu bilan birga, tuproqda yashovchi barcha organizmlar
uning tarkibiy va boshqa o’zgarishlariga kuchli ta’sir etadi.
Tuproqda o’simliklar, mikroorganizmlar, umurtqasiz va umurtqali
hayvonlar hayot kechiradi. Ular uchun tuproq qatlamining chuqurligi,
zarrachalarning o’lchami katta ekologik ahamiyatga ega. Bulardan tashqari,
tuproq harorati, namligi, aeratsiyasi, unda yashovchi joylari va shart-
sharoitlari bilan farqlanuvchi mikrofauna, mezofauna, makrofauna va
megafauna ekologik guruhlarga ajratiladi.
Mikrofauna (0,002-0,2mm) vakillari – xivchinlilar, soxta oyoqlilar,
infuzoriyalar, kolovratkalar, nematodalar uchun tuproq mikro suv havza
vazifasini bajaradi. Mikrofaunaning barchasi suv hayvonlari hisoblanadi.
Tuproqda bu jonivorlar suv bilan to’lgan tuproq bo’shliqlarida hayot
kechiradi. Mikrofaunaning qator vakillari ochiq suv havzalarida ham
tarqalgan. Tuproqda yashovchilarning o’lchamlari chuchuk suvdagilarga
nisbatan bir muncha mayda bo’ladi. Shuningdek, ular uzoq muddatli tinim
davrida bo’lishi mumkin.
5-rasm. Tuproq mikrofaunasi
Havodan nafas oluvchi yirikroq hayvonlar uchun tuproq bo’shliqlari
“g’or” vazifasini bajaradi. Tuproq “g’or” larida o’lchamli 0,2-3 mm bo’lgan
mezofauna vakillari uchraydi. Kanalar, birlamchi qanotsiz hasharotlar, qanotli
hasharotlarning mayda vakillari, ko’poyoqlilar, simfillalar va boshqalar
59
mezofaunaga mansub organizmlar. Ular tuproq bo’shliqlari bo’ylab o’rmalab
yoki chuvalchangsimon harakatlanib hayot kechiradi va tanasi orqali havoga
to’yingan suv bug’lari vositasida nafas oladi. Mezofauna vakillarining
ko’pchiligida traxeyalar tizimi yo’q. Shu sababdan ular suvsizlikka chidamsiz.
Namlik kamayishi bilan ular tuproqning chuqurroq qatlamlariga siljib yashash
joylarini o’zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: |