Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 
9-rasm. O’ljasini tutishga otlangan gepard 
Yirtqichlar o’z o’ljasini ta’qib qilish va ularni ushlash paytida muayyan 
energiya sarf etadi va ma’lum qarshilikka ham uchraydi. Bu esa, yirtqich 
o’ljada o’ziga xos ekologik moslanishning shakllanishi va ayni organizmlar 
guruhining progressiv evolyutsiyalanishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga, 
o’ljada passiv himoya vositalari – bilintirmay qo’yadigan aks-soya, 
chalg’ituvchi va ogohlantiruvchi rang, narsalarga va boshqalarga tahdid qilish, 
himoya qalqoni, tikanlar va boshqalar vujudga kelgan. Bularning barchasi 
tabiiy tanlashning natijasi hisoblanadi.
Yirtqichlarda o’ziga xos moslanishning belgisi – ularning keng ozuqa 
spektriga ega ekanligidir. Buning asosida yirtqichlar alohida bir o’ljaga 
bog’lanib qolmasdan, sharoitga qarab osonlikcha bir o’ljadan ikkinchisiga o’ta 
oladi. Tabiatda yirtqichlar ovqatlanishi uchun imkoni boricha kam energiya 
sarf etishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bular son jihatdan ko’proq 
bo’lgan va oson ovqatlanadigan, lekin biologik to’la qiymatli o’lja bilan 
oziqlanadi. Oq ayiqlar xilma-xil jonivorlar bilan oziqlanadi: tyulenlar, baliqlar, 
lemminglar (sichqonlar oilasiga mansub tur), oq tulki va boshqalarni ovlaydi. 
Lekin bularning ichida u tyulenlar go’shtini xush ko’radi, ilvirslar esa 
echkilarni bir necha soatlab poylab yotadi. 
Yaqin vaqtlarga qadar yirtqichlarga zararli hayvonlar hisobida qaralar 
edi. Buning natijasida qator yirtqich hayvonlar shavqatsiz qirib tashlanib, 
tabiatga katta zarar etkazildi. Chunki, ular o’lja bo’lgan kasal zaif individlarni 
populyatsiya tarkibidan tozalab katta foyda keltiradi va sanitar vazifani 
bajaradi. Jumladan, hatto bo’rilarni shimol bug’ulari podalarining tez 
ko’payishi va yashovchanligining ortishiga yordam berishi aniqlangan. 


63 
Yirtqichlar tabiiy tanlanishning borishini tezlashtiruvchi omillardan biridir.
Yirtqichlardan farqliroq parazitizm turning xo’jayinligi tor ma’nodagi 
maxsus moslashganligidir. Masalan, odam askaridasi faqat odam ingichka 
ichagida yashasa, ot askaridasi esa faqat otlardagina parazitlik qiladi. Chunki 
parazitlar o’z xo’jayinidan faqat ozuqa manbai sifatidagina emas, balki undan 
vaqtincha yoki doimiy yashash muhiti sifatida ham foydalanadi.
Parazitlar xo’jayin tanasida xavf-xatardan to’liq himoyalangan parazitlik 
hayotiga moslashuv tufayli, ularda qator organlar reduktsiyalangan, morfo-
fiziologik 
soddalashishga 
sabab 
bo’lgan. 
Masalan, 
tasmasimon 
chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi butunlay qisqarib ketgan, nerv 
sistemasi ham reduktsiyaga uchragan. Shiralar o’simliklarning bargi, novdasi 
va ildiz qismida parazitlik qilishi bilan birga, ular faoliyati natijasida ozuqa 
o’simligining turli qismlarida hosil bo’lgan turli-xil gallar ichida ham hayot 
kechirishga moslashgan. Bunday gallarning bahorda teraklar, qayrag’och 
bargi va novdalarida ko’plab uchratish mumkin. Gallar ichidagi shiralar ancha 
sodda tuzilgan, mo’ylablari 4 bo’g’imli, ko’zlari 3 fasetkali, kam harakatli 
bo’ladi. Ularning hayoti uchun muhim sanalgan dum va shira naychalari 
bo’lmasligi mumkin. 
Tabiatda parazit-xo’jayn munosabati stabillashmagan taqdirda 
parazitlar faoliyati juda xavfli bo’ladi. Tripanasomalar, antilopalar qonida 
yashaganda, bu hayvonlarga umuman zarar keltirmaydi, lekin ular 
antilopalardan tse-tse pashshalari orqali odamlarga o’tgach, ya’ni 
transmissiya sodir bo’lgach o’ta xavfli, o’lim bilan tugallanuvchi uyqu 
kasalligini yuzaga chiqaradi.
Shuningdek, tasodifan kelib qolgan zararkunandalar mahalliylariga 
nisbatan qishloq xo’jaligi ekinlariga kuchli zarar keltiradi. Bu o’rinda kolorado 
qo’ng’izi tipik misol bo’la oladi. O’z vatani – Shimoliy Amerikada yovvoyi 
ituzumdoshlar bilan oziqlanadigan bu hasharot asrimiz boshlarida tasodifan 
kartoshka bilan G’arbiy Evropaga olib kelinishi, ularning bu joylarda 
ko’payishi, tez tarqalishi va kartoshkazorlarga jiddiy zarar keltirishiga sabab 
bo’ldi. Respublikamizning kartoshkachilik xo’jaliklarida ham bu zararkunanda 
ko’plab uchrab turadi. Keyingi yillarda Respublikaning qator tumanlarida 
(Farg’ona, Namangan va b.) kartoshka dalalarida uning zarari sezilarli 
bo’lmoqda. 


64 
Yirtqich-o’lja, 
parazit-xo’jayin 
munosabati 
tabiatda 
moddalar 
almashinuvida va turlar sonining boshqarilishida muhim rol o’ynaydi. Paxta 
dalalari va bog’larda zararkunanda hasharotlar sonini kamaytirib, boshqarib 
turuvchi asosiy omillardan biri yirtqich va parazit organizmlarning 
faoliyatidan boshqalari qulaygina foydalanishi mumkin. Bu organizmlar 
o’rtasida kommensalizm – bir tomonlama foydali munosabat bo’lib, ikkinchi 
organizmga umuman zarar etmaydi. Yirik yirtqichlarning o’lja qoldiqlari bilan 
o’limtikxo’r qushlarning ovqatlanishi bunga misol bo’ladi. Keyinchalik 
chumchuqsimonlar o’txo’r hayvonlar chiqindilaridan to’liq hazm bo’lmagan 
donlarni topib eydi.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin