72
bir necha kun yoki haftalar o’tishi bilan yangi joyning sutkalik o’zgarishlariga
organizm moslashib qoladi. Tsirkad va kunlik maromlar asosida organizmlar
aniq vaqtni belgilay oladi va ulardagi bu xususiyat “biologik soat” nomini
olgan. Yuqori darajada takomillashgan hayvonlardagi murakkab tug’ma hatti-
harakatlarning namoyon bo’lishida vaqt muhim ahamiyatga ega, ya’ni ular
vaqtni mo’ljalga oladi, jumladan, qushlarning safar uchishlarini boshlanishi va
tugallanishi, hayvonlarning mavsumiy migratsiyalari va boshqalar.
Dengiz va okeanlarda suvning ko’tarilishi va pasayishi sutka davomida
ikki marta hamda oyning boshi va oxirida kuzatiladi. Shuning uchun qirg’oq
mintaqalarida yashayotgan hayvonlarga 24 soat davomida yorug’lik va
boshqa omillarning o’zgarishidan tashqari suvning ko’tarilishi va pasayishi
ham ta’sir etadi. Ushbu maromlarga qirg’oqlarda yashovchi organizmlar
moslashgan. Jumladan, ustritsalar (mollyuskalar) suv to’lqinining qaytishi
vaqtida pallalarini yopib olib butunlay ovqatlanmaydi. Kaliforniya sohillarida
tarqalgan aterina baliqlari rivojlanish davrida oy davomida suvning eng
yuqori ko’tarilib tushishidan foydalanadi. To’lqin suvining ko’tarilishi
kuzatilgan vaqtda urg’ochisi qirg’oqdagi qum ostiga ivildirig’larini tashlaydi,
oradan 15 kun o’tgandan so’ng ulardan chavaqlar chiqadi va suvning ikkinchi
marta eng yuqori ko’tarilib tushishidan suvga tushib ketadi.
Oylik maromlar quruqlik va dengizda yashovchi ayrim hayvonlarda
kuzatiladi. Hayvonlarning yorug’likka javob reaktsiyasi kuchsiz magnit
maydoni ta’siri yoki mo’ljal olish tezligi kabilar oylikmarom bilan bog’liq.
Oylik maromlar palolo ko’p tukli chuvalchangining ko’payishida, xironomid
chuvalchanglari va kunliklarning g’uj bo’lib yig’ilishida kuzatiladi.
Yillik maromlar. Fizik omillarning yil va mavsum davomidagi o’zgarishi
hayvonlardagi xilma-xil moslanishlarni vujudga keltirgan. Bu holat ularning
mavsumiy faolligi, ko’payishi, migratsiyasi, noqulay mavsumlarga
moslanishlarida o’z ifodasini topgan. Bahorgi uyg’onish, yozgi faollik va tinim,
qishki yillik maromlarga asoslangan. Hayvonlardagi yillik maromlar asosan
endogen bo’lib uni
tsirkan (appiya – yil)
maromlar deb nomlanadi. Kun
uzunligining o’zgarishi hayvonlardagi yillik maromlarni boshqarilishida
asosiy ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: