8-rasm. Tuproq megafunasi
Janubiy yarim shar tropik o’rmonlarida yashaydigan yirik 2,5 – 3 metr
61
uzunlikdagi oligaxet chuvalchanglari ham megafauna tarkibiga kiradi.
Tuproqda, yuqorida ko’rib o’tilgan ekologik guruhlardan tashqari uya (in)
qurib yashovchi hayvonlar guruhi ham farqlanadi. Jumladan, yumronqoziqlar,
sug’urlar, qo’shoyoqlar, bo’rsiqlar, quyonlar va boshqalar tuproq ostida
ko’payadi, dushmanlardan himoyalanadi, qishlaydi va qisqa muddatli dam
oladi. Ular o’zlarining er kovlashga moslashgan oyoqlarini yaxshi
rivojlanganligi, bosh qismining kichik o’lchamliligi, o’ziga xos gavda tuzilishi
va boshqa moslanishlari bilan ajralib turadi.
Umuman, tuproq ekologik muhit sifatida hayvonlar evolyutsiyasida
alohida ahamiyatga ega bo’ladi. O’zining tarixiy taraqqiyoti ko’pchilik
bo’g’imoyoqlilar quruqlikka suv – tuproq – quruqlik yo’nalishi bo’ylab
chiqqanligi ma’lum.
Biotik omillar
Tabiatdagi biotik munosabatlar xilma-xil bo’lib, ularning eng muhimlari
yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin, tekinxo’rlik, o’zaro foydali, qarama-qarshi
aloqalar, betaraflik, o’simlik va hayvonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar,
sig’indilik, uya parazitizmi va boshqalar hisoblanadi. Bularning barchasi
uyg’unlikda biotik omillarni tashkil etadi.
Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlari organizmlar o’rtasidagi
ozuqa orqali bo’ladigan munosabatlardir. Chunki, geterotroflar boshqa
geterotrof yoki avtotroflar hisobiga yashaydi. Ma’lumki, yirtqichlar o’ljasini
ushlab jonsizlantirib, so’ng eydi. Shuning uchun yirtqichlarda o’ziga xos fe’l-
atvor (aktiv reaktsiya, tez harakat va boshqalar) shakllangan bo’ladi.
Mushuksimonlar oilasiga mansub bo’lgan gepardlar o’lja ketidan quvlaganda,
bir sekundda 20 metr yo’lni bosadi, soatiga 110 hatto 140 km tezlikda chopa
oladi.
|