55
oqimi yordamida passiv holda uchib
yuruvchi barcha organizmlar
aeroplanktonlar deb nomlanadi. Aeroplanktonlar havo muhitiga tanasining
kichik o’lchamda bo’lishi, har xil o’simtalar hisobiga tana yuzasini
kengaytirishi, kuchli darajada bo’laklarga ajralishi, qanotlarning nisbatan
keng yuzaga ega bo’lishi, o’rgimchak ipi tolasi kabilardan foydalanish bilan
moslashgan. Mikroorganizmlar va ayrim hayvonlarning tarqalishida havo
oqimi va kuchsiz shamollar asosiy ahamiyatga ega. Kuchli shamol va to’fonlar
ham hayvonlarga ta’sir etadi. Ba’zi bir mayda hayvonlar, qushlar va
hasharotlar kuchli shamol (havo oqimi)ga bardosh bera olmaydilar.
Okean
orollarida yashaydigan hasharotlarning ichida ko’pincha qanotsiz formalar
uchraydi, qushlarda esa ingichka uzun qanotlar shakllangan. Qanotsiz
hasharotlar shamol ta’siridan himoyalanish maqsadida toshlar ostiga, qoya
yoriqlariga yoki o’simlik qoplamlari ichkarisiga yashirinib oladi.
Quruqlikdagi bosim dengiz sathidan yuqoriga ko’tarilgan sari, vertikal-
mintaqalar bo’ylab kamayib boradi. Natijada ko’pchilik hayvonlarning
tog’lardagi tarqalishi 6000 m balandlikka qadar chegaralangan.
Havo organizmlar uchun yashash muhitigina bo’lmasdan, balki ekologik
omil sifatida ham ahamiyatli. Atmosferadagi havo tarkibida 78,1 % azot, 21%
kislorod, 0,9% argon, 0,03% karbonat angidrid gazlari mavjud. Bulardan
tashqari, oz miqdorda neon, geliy, kripton, ksenon, ammiak, vodorod gazlari,
radiy, toriy kabi radioaktiv moddalar qoldiqlari, shuningdek azot va
oltingugurt oksidlari, xlor va boshqa elementlar uchraydi.
Havodagi suv
bug’larining ulushi 0,01-4% ga qadar bo’ladi. Havoning quyi qatlamlaridagi
gazlar tarkibida tabiiy aralashmalar ham uchraydi. Ular chang va tutunlar,
qurum, dengiz tuzlarining kristallari, har xil organik zarrachalar bo’lishi
mumkin. Havo tarkibidagi kislorod hayvonlarning nafas olishi uchun eng
zarur elementdir. Kislorod hisobiga quruqlik organizmlaridagi nafas olish va
moddalar almashinuvi jarayoni jadallashgan va gomoyotermlik xususiyati
shakllangan. Havo tarkibidagi kislorod hayvonlar uchun etarli darajada
bo’ladi. Agar uning havodagi ko’rsatkichi 5% ga kamaysa, organizmlarning
nafas olishi qiyinlashadi. Karbonat angidrid gazining miqdori ortiq bo’ladi.
Havoning oltingugurt va azot oksidlari, galogenlarning vodorodli
birikmalari
va boshqalar zararli moddalar bo’lib, uning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. Bu
holat tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi.
56
Namlikning etishmasligi quruqlik – havo muhitining o’ziga xos
xususiyatlaridan biri. Shuning uchun quruqlik organizmlardagi morfoekologik
moslanishlarning barchasi namlikni ta’minlash va saqlab qolishga yordam
beradi. Quruqlik – havo muhitida haroratning o’zgarish chegarasi ancha katta
bo’ladi. Masalan, Markaziy Osiyo cho’llari sharoitida haroratning tebranishi
68-77
0
S ni, o’rtacha kunlik ko’rsatkichi esa 25-38
0
S ni tashkil etadi. Muayyan
ekologik sharoitda namlik, harorat va yorug’likka hayvonlarning
adaptatsiyalanish xususiyatlari abiotik omillar mavzularida batafsil yoritilgan.
Hayvonlarning tarqalishi, migratsiyasi va yashash joylarini tanlashida
joyning rel’efi ma’lum ahamiyatga ega. Jumladan, tuyoqli hayvonlarni va
tuyaqushlarni erkin harakati uchun zich tuproqli mintaqalar qulay bo’ladi.
Qum uyumlarida va ko’chma qumlarda yashaydigan sudralib yuruvchilarning
panjalari keng joylashgan katta muguzli yuzaga ega bo’ladi
va bu holat
harakatlanishni osonlashtiradi. Erni kovlab yashovchi hayvonlar odatda
mayin tuproqli qiyaliklarni tanlaydi.
Yog’inlar (yomg’ir, do’l, qor) suv bilan ta’minlash bilan hayvonlar
hayotida ma’lum ekologik ahamiyatga ham ega. Kuchli yoqqan yomg’ir va
do’llar hayvonlarga mexanik ta’sir etadi. Yomg’ir tuproqni yuvib hasharotlar
g’umbaklarini ochib qo’yadi, quyosh nuri ta’sirida ular qurib nobud bo’ladi.
Shiralar yomg’ir bilan yuvilib erga tushadi, tuproq va loyga qorishib qirilib
ketadi.
Qor qoplami hayvonlar uchun fon va substrat sifatida ahamiyatga ega.
Hayvonlar qor qoplami bo’ylab harakatlanadi, uning ostida yashaydi, ozuqa
to’playdi va himoyalanadi. Qor qoplami bo’ylab
hayot kechiruvchi hayvonlar
xionofoblar deb nomlanadi, qor ostida yashovchilar –
xionofillar ekologik
guruhini tashkil etadi, ularga qur va qarqurlar misol bo’ladi. Xionofoblar ular
o’rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Xionofoblarning rangi fonga mos holda oq
bo’ladi. Masalan, oq tulkilar, lemminglar, oq quyon, oq kuropatka va
boshqalar. Qor qisqa muddat saqlanadigan hududlarda tarqalgan
hayvonlarning rangi deyarli o’zgarmaydi. Qor qoplami hayvonning
harakatlanishi va ovqat topishiga bir muncha qiyinchilik tug’diradi. Masalan,
40-50 sm qalinlikdagi qorda shimol bug’ulari
bemalol harakatlana oladi,
qulonlar va antilopalar esa o’rnidan siljiy olmaydi. Qorda erkin harakat
qiladigan hayvonlarning panja va tuyoqlari yuzasi ancha keng bo’ladi. Qish
57
mavsumiga tomon tuyoqlar va panjalar yuzasi kengayib atrofidagi dag’al
yunglarning uzunligi va zichligi ortadi. Qorning qalinlashishi va muzlamalar
xionofoblarning ovqat topishini qiyinlashtiradi. Masalan, qoramollar 20-30 sm
qor tagidagi o’t-o’lanlarni topib eydi. Qo’y va echkilar – 10-15 sm, bug’ular esa
40 sm li qor qoplamini buzib ozuqasini topa oladi.
Qor tushishi bilan ko’pchilik hayvonlar yashash joylarini o’zgartiradi.
Yuqori tog’ mintaqalarida tarqalgan hayvonlar qishda quyi mintaqalar tomon
siljib, pastga tusha boshlaydi. Qish oylarida yirtqichlarning oziqlanish
spektrida sezilarli o’zgarish ro’y beradi. Ular asosan xionofoblarni ovlaydi.
Qalin qor va ayozli muzlamalar hayvonlarga salbiy ta’sir etadi, natijada ular
ko’plab qirilib ketadi. Xionofoblar qalin qor uzoq saqlanadigan sharoitda ham
bemalol yashay oladi. Jumladan, quyonlar qalin qorda daraxtlarning po’stlog’i
butalarning uchki novdalari bilan ovqatlansa, tovushqonlar o’tlar bilan
oziqlanadi. Qor kuchayib o’simliklarni ko’mib qo’ysa, quyonlar ochlikdan
qiynaladi.
Mayda kemiruvchilar – xionofillar qor ostida uya yasab hayot kechiradi.
Qor qoplami ularni sovuqdan va dushmanlaridan himoya qiladi. Qulay
sharoitda xionofillar qish mavsumi davomida bemalol ko’payib avlod beradi.
Qor kam yog’ib
tuproq yuzasi muzlasa, ular uchun noqulay sharoit yuzaga
keladi va ko’pchilik xeonofillar qirilib ketadi.
Qurlar, chillar va oq kuropatkalar ayozli kunlarda va kechalari qor
ichiga kirib yashirinadi. Chunki havo harorati – 40
0
S ga qadar pasayganda
ham, qor orasidagi harorat – 10
0
S dan pastga tushmaydi.
Dostları ilə paylaş: