4
KIRISH
Ushbu o’quv qo’llanma
professor Madaminbek Hotamovich Ahmedovning
yorqin xotirasiga bag’ishlanadi
Hayvonot dunyosi
biosferaning tarkibiga kirib, ekologik tizim
zanjirining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular tabiatda modda almashinuvi
jarayonining zaruriy komponenti bo’lib, tabiiy jamoalarning faoliyat
ko’rsatishini, tabiiy muhitning boshqa elementlari – tuproq unumdorligi,
o’simlik qoplamining shakllanishini ta’minlaydi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra O’zbekiston faunasi tarkibiga 15
mingdan
ziyod umurtqasiz hayvonlar, 714 turdagi umurtqali hayvonlar, jumladan, 107
tur sut emizuvchilar, 467 tur qushlar, 61 tur sudralib yuruvchilar, 76 tur
baliqlar va 3 tur amfibiyalar kiradi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilishda qo’riqxonalar, zakazniklar
(buyurtmaxonalar) va “Qizil Kitob”ning ahamiyati katta bo’lib, O’zbekiston
“Qizil Kitobi”ning I-nashriga hayvonlarning 187 turi kiritilgan bo’lsa, uning II-
nashriga 206 tur kiritildi.
Keyingi yillarda Respublikamizda muhofaza qilinishi lozim bo’lgan
hayvonlar va o’simliklar turlariga alohida e’tibor
qaratilib muhofaza chora-
tadbirlari ishlab chiqilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha jabhalar qatorida
hayvonot dunyosini muhofaza etish, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish
va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida to’laqonli huquqiy-
me’yoriy baza yaratildi. Xususan, 1997 yili qabul qilingan O’zbekiston
Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to’g’risida»gi qonuni mamlakatimiz hududidagi hayvonot olami, shu jumladan,
ko’chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar populyatsiyalarini muhofaza qilish,
ulardan oqilona foydalanish va qayta tiklash,
shuningdek, yovvoyi
hayvonlarning yashash muhitini saqlab qolish sohasidagi munosabatlarni
tartibga soladi.
2016 yil 24 avgustdagi “O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish
va undan oqilona foydalanish” to’g’risidagi, yangi tahrirdagi qonun Senat
tomonidan tasdiqlandi. Ushbu qonunning maqsadi hayvonot va o’simliklar
5
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
Shu bilan birga, o’tgan davr mobaynida O’zbekiston biologik xilma xillikni
saqlash nuqtai nazaridan xalqaro munosabatlarni
integratsiyalashish
maqsadida, bir qator muhim xalqaro ekologik normativ-huquqiy hujjatlarga
qo’shildi. Ular qatoriga «yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora
turlari bilan xalqaro savdo qilish to’g’risida»gi (CITES); «Yovvoyi
hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to’g’risida»gi;
«Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga
ega bo’lgan suv-botqoq joylari to’g’risida»gi konventsiyalarni,
hamda Afrika-
Yevroosiyoning ko’chib yuruvchi suv-botqoq qushlarining muhofazasi
bo’yicha bitimlarni kiritish mumkin.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlari,
shuningdek, boshqa qator hujjatlar ekologik ta’lim-tarbiya tizimining huquqiy
asosini tashkil etadi. Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida
tabiatni muhofaza qilish
maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya
fanini o’qitishning majburiyligini ta’minlash mustahkamlab qo’yilgan. Bu esa,
“Hayvonlar ekologiyasi” kursining oliygoh talabalariga o’qitilishi ham bir
tomondan Davlat ta’lim standartlarining bajarilishi bo’lsa, ikkinchi tomondan,
tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilish sohasiga doir
huquqiy normalarning amaliy ijrosi sanaladi.
Ushbu havola etilayotgan mazkur qo’llanmani yaratish g’oyasi dastlab
taniqli zoolog olim, professor M.H.Ahmedov tomonidan ilgari surilgan. O’quv
adabiyoti u kishining shogirdlari
tomonidan nihoyasiga etkazilib,
o’quvchilarga taqdim etilmoqda.
Unda hayvonlar ekologiyasining fan sifatida shakllanishidan tortib to
autoekologiya, sinekologiya hayvonlarning asosiy yashash muhitlari, biotoplar
bo’yicha taqsimlanishi, ularga moslanishlari, populyatsiyalar ekologiyasi,
biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlar hamda
biosferada hayvonlarning
tarqalish masalalari xususida so’z yuritilgan.
Risola biologiya va ekologiya sohasida ta’lim olayotgan talabalarga,
magistrantlar, ilmiy va amaliyot xodimlariga mo’ljallangan.
6
Muallif hamkasblarni risola haqida bildirgan qimmatli fikr-mulohazalarini
samimiyat bilan qabul qiladi, zero ularning barchasi keyingi tadqiqotlarga ijobiy
yo’nalish berishi shubhasiz.
Dostları ilə paylaş: