Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


-rasm. Ekologiyaning biologiya fanlari tizimidagi o’rni va uzviyligini  Ekologiyada foydalaniladigan uslublar



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

1-rasm. Ekologiyaning biologiya fanlari tizimidagi o’rni va uzviyligini 
Ekologiyada foydalaniladigan uslublar 
Ekologik ilmiy tadqiqotlarda kuzatish, tasviriy, taqqoslash, amaliy 
tajriba va modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Mazkur uslublar 
biologiya fanlarining barchasida qo’llaniladi. Ekologik ilmiy-tadqiqotlar o’ziga 
xosligi bilan ajralib turadi.
Tadqiqotlarda kuzatish tasviriy, qiyoslash yoki taqqoslash, amaliy 
tajriba va modellashtirish uslublaridan keng foydalaniladi.


11 
U turni alohida individ holida emas (chunki individ morfologiya
fiziologiya, sistematika uchun tadqiqot ob’ekti hisoblanadi), balki 
populyatsiya darajasida ham tadqiq etadi. 
Populyatsiyalar muayyan hududlarni egallab, vaqt va fazoda yangilanib 
turadi.
Bir hayvonni turlicha tahlil qilish mumkin, fiziolog uni o’zgarmas doimiy 
sharoitda o’rgansa, ekolog esa aksincha, mazkur hayvonni yashash muhitida 
va barcha omillar majmui doirasida tadqiq etadi, zero, muhit omillari “doimiy” 
bo’lmay, dinamik tarzda o’zgarib turadi.
Hayvonlar ekologiyasini o’rganishda ular haqida to’liq va batafsil 
ma’lumot olishda eksperimental-tajribalar muhim o’rin tutadi. Ayrim hollarda 
laboratoriya sharoitida olingan natijalar har doim ham tabiatdagi holatni 
to’liq ifodalamasligi mumkin. Masalan, ayrim ignatanlilar (Echinaster 
sepositus) va qisqichbaqasimonlar (Eupagurus prideaauxi)ning tabiiy yashash 
sharoitlari mutlaq sho’r suvlar bilan bog’langan, tajribalar shuni tasdiqlaydiki, 
ular hatto chuchuk suvlarda ham bemalol hayot kechira olishligi kuzatilgan. 
Ekologik ilmiy-tadqiqotlarda dala sharoitida tabiatdagi kuzatish ishlari 
alohida ahamiyatga ega. Tabiatda mavjudotlar o’rtasidagi o’zaro trofik 
aloqalar orqali murakkab bog’lanishlar ko’pincha kuzatish – tasviriy uslubda 
tadqiq etiladi. Masalan, beda urug’i hosildorligi nisbiy holda mushuklarga 
bog’liq holda ekanligi kuzatish asosida tahlil etish mumkin. Jumladan, 
bedazorlar uchun pahmoq arilar alohida ahamiyatga ega, chunki beda gullari 
faqat ular yordamidagina changlanadi. Shu sababdan beda urug’ining salmog’i 
bevosita pahmoq arilarning miqdor zichligiga bog’liq. Lekin dala sichqonlari 
arilar uyalarini buzib ularni kamayishiga sabab bo’ladi. Mushuklar esa dala 
sichqonlarini qirib ushbu salbiy holatni oldini olishda muhim rol o’ynaydi.
Ushbu misol jonzotlar o’rtasida o’zaro murakkab bog’liqlik borligini 
isbotlash bilan birga, uni tushunish va tahlil etish faqatgina kuzatish natijalari 
asosida izohlash mumkinligini ko’rsatadi.
Ekologik tadqiqotlarda yuqoridagi uslublar bilan birga matematik-
statistik tahlil usulidan ham foydalaniladi. Bu esa mikrotizimlarning hayoti, 
undagi o’zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot olishga imkon beradi. Keyingi 
yillarda 
tabiiy 
jarayonlarni 
matematik 
modellashtirishga 
e’tibor 
kuchaytirilmoqda. Matematik modellar ekologik tizimlarni o’rganishda eng 


12 
samarali natija beradi. Matematik simvollar murakkab ekologik tizimlarni 
ifodalashga, tenglamalar esa undagi turli komponentlarning o’zaro ta’sirini 
nazariy jihatdan tahlil etishga imkoniyat yaratadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, matematik model ob’ektiv borliqning 
to’liq bo’lmagan abstrakt in’ikosidir. Misol tariqasida sodir bo’ladigan 
o’zgarishlarning matematik ifodalanishini keltirish mumkin. Agar 
populyatsiya miqdor zichligining ortishi davomiy to’xtovsiz holat deb qaralsa, 
populyatsiyadagi o’sishni quyidagi eng sodda differentsial tenglama vositasida 
ifodalash mumkin.
Dx|dt=rx 
Bunda t vaqtidagi populyatsiya zichligi-x; r-o’sishning haqiqiy tezligi, 
har bir tur uchun doimiy qiymat (o’zgarmas sharoitda populyatsiyadagi 
tug’ilish va o’limning eng yuqori tezligi). Agar t=0 va populyatsiya zichligi x=0 
deb qabul qilinsa, unda ayni tenglamaning echimi quyidagi funktsiyadan 
iborat bo’ladi. 
Bunda shu ma’lum bo’ladiki, t qisqa vaqtda populyatsiyadagi ko’paygan 
individlar soni r – t ga teng bo’ladi. Demak, bu vaqtda populyatsiyaning yosh 
tarkibi o’zgarmaydi. Lekin bu holat chegaralangan vaqtdagina haqiqatga yaqin 
bo’ladi, vaqt o’zgarishi bilan populyatsiyadagi tug’ilish va o’limning nisbati 
o’zgaradi, natijada ayni populyatsiyaning yosh, jinsiy tuzilmasida o’zgarish 
ro’y beradi.
Matematik modellar echimi asosida olingan nazariy ma’lumotlar amalda 
qiyosiy tahlil etiladi va nazariy hamda amaliy natijalar o’rtasidagi tafovut 
aniqlanadi. Matematik modellash ekologik o’zgarish va hodisalarni aniq tahlil 
etish, keyingi tadqiqotlar yo’nalishlarini aniqlashda etakchi omil sifatida katta 
ahamiyatga ega. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin