15
va ahamiyatini talqin etishga imkon berdi. Ushbu yo’nalishda olib borilgan
izlanishlarning samarasi sifatida “ekologik tokchalar” kontseptsiyasi yaratildi
(J.Grinnel, Ch.T. Elton, R. Makartur, D.Xatchinson, G.F.Gauze).
Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlanishida
M.S.Gilyarov, S.S.Shvartslarning qo’shgan hissasi katta bo’ldi.
40-yillarda tabiiy ekotizmlarni o’rganishda yangi, o’ziga xos yo’nalish
shakllandi. Ingliz ekologi A.Tensli (1935) ekotizim tushunchasini fanga kiritdi,
V.N.Sukachev (1942) esa biogeotsenoz haqidagi ta’limotni asosladi.
50-yillarning boshlarida G.Odum, Yu.Odum, R.Uitekker, R.Margalef va
boshqa olimlar biologik mahsuldorligining nazariy asoslarini yaratdilar.
Ekotizmlar va biogeotsenozlarni o’rganish borasidagi tadqiqotlarning
kengayishi XX asrda biosfera haqidagi ta’limotni vujudga kelishi uchun asos
bo’ldi. Bu o’rinda rus olimi V.I.Vernadskiyning xizmatlari beqiyosligi bilan
ajralib turadi.
Hozirgi davrda ekologiya eng jadal rivojlanayotgan fanlardan biri, zero,
u tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning nazariy asosi
sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: