Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Moslashganlikning xilma-xilligi



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Moslashganlikning xilma-xilligi. Hayvonlarning tashqi va ichki 
tuzilishi, instinktlari, xatti-harakati xayot sharoitiga moslashib borishi bilan 


31 
xarakterlanadi. Bir muhitning o‘zida har xil hayvonlar turlicha moslashgan 
bo‘ladi. Krot oyoqlari bilan yerni kovlaydi, ko‘rsichqon esa boshi va kuchli 
kurak tishlari bilan yer tagidan yo‘l ochadi. Tyulen kurak oyoqlari, delfin esa 
dum suzgich kanotlari yordamida suzadi. Har xil moslamalari borligi uchun 
o‘simliklar chetdan ham changlanadi. Hujayra shirasida konsentrlangan qand 
eritmasi borligi tufayli qarg‘atuyoq bilan ko‘k pereleskaning bahorgi nozik 
nihollari noldan past temperaturaga ham chidaydi. Daraxt va butalarning past 
bo‘yli va mayda bargli bo‘lishi, ildizlarining yuza joylashishi, bahor bilan yozda 
o‘simliklarning juda tez rivojlanishi, bularning hammasida tundrada hayot 
kechirishga moslashishning ta’siri bor. Ko‘payish intensivligining har xil 
bo‘lishi tur, uning populyasiyalari saklanishiga xizmat qiladigan muhim 
moslanishdir. Nasli ko‘plab nobud bo‘ladigan turlar (parazit chuvalchanglar, 
baliqlarning ko‘p turlari) eng ko‘p sonli nasl bersa, nasl uchun qayg‘urish 
instinkti rivojlangan turlar kam sonli nasl beradigan bo‘ladi. Kolyushka degan 
mayda baliq erkagi quradigan uyasiga atigi 120-150 dona uvildiriq tashlaydi, 
urug‘langan uvildiriq va undan chiqqan chavaq baliqlarni erkagi qo‘riqlaydi. 
Treska degan baliq esa 4 mln ga yakin uvildiriq tashlaydi, lekin naslini 
qo‘riqlamaydi.
Organizmlarda moslanishlar paydo bo‘lishi. Atrof-muhitning 
konkret sharoitiga murakkab va xilma-xil moslanishlar paydo bo‘lishini 
Darvin nazariyasi materialistik nuqtai nazardan tushuntirib beradi. Yashil 
barglarda yashaydigan biror populyasiyaga mansub qurtlar tanasining 
himoya rangi qanday paydo bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Ularning ajdodlari 
boshqa rangda va barglar bilan oziqlanmagan bo‘lishi mumkin. Qandaydir 
biror hodisa tufayli ular yashil barglar bilan oziqlanishga majbur bo‘lgan, deb 
faraz qilaylik. Doim ro‘y berib turadigan mutasiyalar tufayli bu hasharotlar 
populyasiyalarining rangi bir xil bo‘lmagan, shuning uchun juda ko‘p kurtlar 
ichida barglar orasida kamrok ko‘zga tashlanadigan och yashil tusli individlar 
ham bo‘lgan. Yashash uchun kurashda tabiiy tanlanish ta’sirida asosan och 


32 
yashil tusli individlar yashab qolgan va nasl qoldirgan. Keyingi avlodlarda bu 
prosess davom etgan, qurtlar tanasining rangi atrof-muhitning asosiy rangiga 
tobora ko‘proq moslashib borgan. Mimikriya hosil bo‘lishini ham xuddi 
shunday tushuntirish mumkin. Tanasining shakli, rangida, xatti-harakatida 
himoyalangan hayvonlarga o‘xshashlikni kuchaytiradigan kichik bir irsiy 
o‘zgarishlari bo‘lgan individlar yashab ketish va nasl qoldirish uchun foydali 
o‘zgarishlari bo‘lmagan individlarga karaganda ko‘prok imkoniyatga ega 
bo‘lgan. Foydali o‘zgarishlar yashash uchun kurashda tabiiy tanlanish ta’sirida 
avloddan-avlodga kuchayib borib, takomillashgan va himoyalangan 
hayvonlarga o‘xshashlik belgilarining to‘planishiga olib kelgan. Har bir 
moslanish va ularning butun kompleksi bir kancha avlodlardagi yashash 
uchun kurash va tanlanish prosessida irsiy o‘zgaruvchanlik asosida yuzaga 
keladi. Organizmlarning moslashganligi evolyusiyani harakatlantiruvchi 
kuchlarning mazkur yashash sharoitidagi ta’siri natijasidir. Moslanishlar 
paydo bo‘lishini tushuntirish uchun Darvin bergan izoh shu masala xususidagi 
Lamark tushunchasidan tubdan farq qiladi. Hayvonlar tanasining rangi yoki 
shaklini o‘zgartirishni «mashq qilgan» va shuning natijasida moslashib olgan, 
deb 
taxmin 
kilib 
bo‘lmaydi. 
Organizmlarning 
bir-biriga 
o‘zaro 
moslashganligini, masalan, ishchi asalarilar xartumining ular changlaydigan 
gul tuzilishiga mos bo‘lishini ham bu bilan tushuntirib bo‘lmaydi: ishchi 
asalarilar ko‘paymaydi, ona asalarilar esa garchi nasl bersa ham xartumini 
«mashq qildira olmaydi», chunki ular guldan chang yig‘maydi. Organizm 
ularda faqat foydali irsiy o‘zgarishlar paydo bo‘lishi yo‘li bilan bevosita 
moslashib oladi, degan nazariya pirovard natijada azaldan maqsadga 
muvofiqlik to‘g‘risidagi tushunchalarga borib taqaladi. Bu nazariyaning 
idealistik xarakterini Darvinning evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlar 
to‘g‘risidagi ta’limoti asosida ochib berish mumkin.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin