29
Muhit omillari ta’siriga tur individlari javob reaktsiyalarining
o’zgaruvchanligi va xilma-xilligi qoidasi. Tur
individlarining muhit
omillariga optimal va pessimal chegaralari o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Bu
farqlar individlarning nasliy, jinsiy, yosh, fiziologik
xususiyatlari bilan
bog’liq bo’lishi mumkin. Don mahsulotlari zararkunandasi – parvona kapalagi
qurti uchun minimal kritik harorat – 7
0
S, etuklari uchun – 10
0
S
da qurtlar
nobud bo’lsa-da, lekin zararkunandaning kapalaklari
va tuxumlari omon
qoladi.
Ko’sak qurtiga qarshi qo’llanilgan kimyoviy zaharlar g’o’za tunlami
kapalagining tuxumlariga deyarli ta’sir etmaydi.
Har bir omilga hayvonlarning nisbiy mustaqil moslanish qoidasi.
Muhitning xar bir omiliga nisbatan hayvonlarning ekologik valentligi o’ziga
xos bo’ladi. Biror omilga chidamli bo’lgan hayvon boshqa omillarga ham bir xil
darajada bardoshli bo’lmasligi mumkin. Masalan, cho’l va tog’ oldi
mintaqalarida uchrovchi hasharotlar quruq va issiq iqlimga moslashgan, ular
yuqori namlik sharoitida yashay olmaydi.
Turlar ekologik spektrining o’ziga xosligi qoidasi. Tashqi muhitning
barcha omillariga nisbatan bo’lgan talabi – ekologik spektri o’ziga xos bo’lib,
hatto bir xil sharoitda yashaydigan turlarning “ekologik spektri”
bir-biridan
farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: