Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 
2-BO’LIM. AUTOEKOLOGIYA.
HAYVONLARNING YASHASH MUHITLARI VA ADAPTATSIYALAR. 
Hayvonlarning yashash muhitlari hilma-xil bo’lib, undagi shart-
sharoitlar o’ziga xos va o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Barcha 
mavjudotlar kabi hayvonlar ham nafaqat o’zaro, balki muhit omillari bilan 
doimiy mustahkam aloqada bo’ladi. Hayvonlar hayoti davomida muhitning 
o’zgaruvchan sharoitlariga doimo moslashib boradi, va o’zining hayotiy 
jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Hayvonlar shart-sharoitlari bilan keskin farqlanadigan to’rt xil yashash 
muhitida tarqalgan. Ular dastlab suvda, keyinchalik quruqlik va havoda 
yashashga moslashgan, sekin asta tuproqni ham egallagan, ma’lum bir 
guruhlari esa, organizm tanasida parazitlikka yoki simbiotik hayot kechirishga 
ixtisoslashgan.
Hayvonlarning muhit omillariga moslanishi ularning adaptatsiyasi deb 
nomlanadi. Adaptatsiya tiriklik uchun xos bo’lgan murakkab xususiyatlardan 
biri. Uning mahsuli sifatida hayvonlarning yashovchanligi ko’payishi va 
rivojlanishlari turli darajada yuzalanadi. Adaptatsiya hujayra darajasidan 
boshlab, hayvonlarning fe’l-atvorida, jamoalar, ekosistemalarning shakllanishi 
va barqarorligida o’z ifodasini topadi. Evolyutsiya jarayonida organizmlar 
adaptatsiya xususiyatlari yuzalanibgina qolmay, balki u o’zgarib ham boradi. 
Organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning bir qismi yoki xususiyati 
ekologik omillar deb nomlanadi. Ekologik omillar turlicha bo’lishi va ular 
organizmlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Ularga, 
1. Abiotik 
2. Biotik 
3. Antropogen omillarni kiritish mumkin. 
Abiotik omillarga yorug’lik, harorat, namlik, iqlim joyining rel’efi, 
tuproqning mexanik, kimyoviy va fizik xossalari, radioaktiv nurlanish, bosim, 
suvning sho’rlanganligi, shamol va oqim kiradi. Bularning barchasi 
hayvonlarga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita ta’sir etadi.
Biotik omillar barcha mavjudotlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar 
va o’zaro aloqalarning majmuidir (mutualizm, parazitizm, kommensalizm va 


26 
boshq.). Har bir oranizmga boshqa mavjudotlar bevosita va bilvosita o’z 
ta’sirini o’tkazadi. Organizmlar o’rtasidagi biotik munosabatlar biotsenoz va 
populyatsiyalarning barqarorligini ta’minlovchi eng asosiy omil hisoblanadi. 
Antropogen omil – inson faoliyatining barcha yo’nalishidagi ko’rinishi. 
Insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida tabiatga o’zining ijobiy yoki 
salbiy ta’sirini o’tkazib kelgan. Bu jarayon keyingi yuz yillikda kuchayib borib, 
tabiatning butunlay o’zgarishiga sabab bo’ldi. Hozirgi kunda zamin tabiati, 
o’simlik va hayvonot dunyosining taqdiri kishilik jamiyati – antropik omil 
faoliyatiga bog’lanib qolgan.
Alohida olingan omilning har biri turli hayvonlarga o’ziga xos ta’sir 
ko’rsatadi. Masalan, kuchli shamol ochiqlikda yashovchi yirik hayvonlarga 
noqulaylik tug’dirsa-da, lekin uning kuchi uyalarida yashirinib yotgan mayda 
jonivorlar uchun umuman sezilarsiz bo’lishi mumkin. 
Qator omillar uzoq davr mobaynida o’zgarmaslik xususiyatiga ega. 
Jumladan, erning tortishish kuchi, quyosh, dengiz va okeanlarning tuz tarkibi, 
atmosfera xossasi turlarning uzoq muddatli tarixiy-evolyutsion jarayonida 
ham nisbatan doimiylik xususiyatini saqlab qolgan. Harorat, namlik, yorug’lik 
kuchi, yong’inlar, shamol kabi omillar esa vaqt va fazoda o’zgarishda bo’ladi. 
Har bir omilning o’zgaruvchanlik darajasi hayvonlarning yashash muhitiga 
bog’liq. Masalan; harorat kuchi quruqlikda o’zgarib tursada, okean va 
dengizlar tubi, g’orlarda deyarli o’zgarmaydi. Parazitlar uchun xo’jayin 
organizmi kafolatli ozuqa manba hisoblansa, yirtqichlar hayoti, aksariyat 
hollarda miqdor zichligiga bog’liq bo’ladi. Muhit sutkalik, mavsumiy ob-
havoning o’zgaruvchanligi, shuningdek, tabiiy ofatlar – bo’ron, er silkinishlari 
va siljishlari, suv toshqinlari natijasida muhit omillari kutilmagan holda 
tartibsiz o’zgaradi. 
Muhit omillari ma’lum vaqt davomida, ba’zida uzoq davr mobaynida 
ma’lum yo’nalishdagi o’zgarishda bo’ladi. Jumladan, keyingi yillarda atmosfera 
tarkibidagi karbonat angidrid ulushi ortib bormoqda, natijada Er yuzasining 
harorati 100 yil ichida 0,5-1
0
C ga ortdi. Ushbu holat shu zaylda davom etsa, XX 
asrga kelib, bu ko’rsatkich yana 1,5-4,5
0
S ga ko’tarilishi mumkin. Muhit 
omillari hayvonlarga qo’zg’atuvchi, chegaralovchi, muvofiqlashtiruvchi va 
ogohlantiruvchi kuch sifatida o’z ta’sirini o’tkazadi. Muhit natijasida hayvonlar 
organizmida borayotgan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar sharoitga mos 


27 
ravishda 
o’zgarib 
bir 
maromda 
mutanosiblashadi. 
Omillarning 
chegaralovchanlik kuchi ayni sharoitda hayvonlar yashashi uchun noqulay 
vaziyatni yuzaga keltiradi. Hayvonlardagi anatomik va morfologik 
moslanishlar muhit omillarining muvofiqlashtiruvchi modifikatsiyalovchi 
ta’sirining mahsulidir. U yoki bu omil signal sifatida boshqa omillarning 
o’zgarishidan darak beradi, ogohlantiradi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin