Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Omillarning o’zaro ta’sir etish qoidasi



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Omillarning o’zaro ta’sir etish qoidasi. Omilning hayvonlarga bo’lgan 
ijobiy yoki salbiy ta’siri uning jadallik darajasiga, shuningdek bir vaqtning 
o’zida ta’sir etayotgan boshqa omillarga ham bog’liq bo’ladi. Hayvonlar uchun 
optimal bo’lgan omil boshqa omillar ta’sirida salbiy tomonga o’zgarishi 
mumkin. Masalan, hayvonlarga yuqori haroratning namlik bilan bo’lgan ta’siri 
kuchli bo’ladi. Past haroratning ta’sir kuchi shamol bilan yanada ortadi.
Cheklovchi omillar qoidasi. Muhit omillari hayvonlar uchun qulay 
sharoitni yaratish bilan birga, ularning yashashini cheklab ham qo’yish 
mumkin. Turning ekologik spektridagi birgina omilni kritik chegaradan 
chiqishi uni nobud qiladi. Cheklovchi omillar turning arealini belgilaydi. 
Turlarning shimolga tomon siljishiga past harorat ta’sir etsa, qurg’oqchil va 
cho’l mintaqalarida esa namlik va yuqori haroratning ta’siri cheklovchi 
hisoblanadi. Sebarganing changlanishi va urug’ berishi paxmoq arilarga 
bog’liq bo’ladi. Dengiz suvi tarkibidagi fosfatlar miqdori ham cheklovchi 


30 
ahamiyatga ega. Uni me’yorida bo’lishi planktonlarning mo’lligi va 
mahsuldorligini belgilaydi. 
 
Abiotik omillar va ularga hayvonlarning moslanish xususiyatlari
Populyasiyalardagi, demak, tur ichidagi individlarning o‘zaro 
munosabati xilma-xil, murakkab va ziddiyatli bo‘ladi. Pirovard natijada ular 
populyasiya va turning saqlanib kolishiga xizmat kiladi. Butun populyasiya 
uchun foydali bo‘lgan turga xos moslanishlar ayrim individlar uchun zararli va 
ularning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, baliqchi qushlar 
bolalari juda ko‘payib ketganida ularning bir qismini yo‘qotadi, ya’ni yeb 
qo‘yadi yoki boshiga urib, yegan ozig‘ini qaytarib chiqarishga majbur etadi, 
shunda chiqarib tashlangan oziqni tezda voyaga yetgan qushlar yeb ketadi. 
Ba’zan chittaklar 1-2 ta bolasini uyasidagi to‘shamaga bosib o‘ldiradi. 
Bir populyasiya individlari bir-biri bilan bevosita to‘qnash kelmasligiga 
yordam beradigan bir qancha moslanishlar bor. Masalan, qo‘ng‘ir ayiq 
daraxtlarni tirnab o‘ziga oziq topadigan joy chegarasini belgilaydi. Bo‘ri o‘zi 
oziqlanadigan maydonni siydigi bilan belgilaydi. Chittak, qizilto‘shning 
erkaklari sayrab, o‘zi oziqlanadigan joynn ma’lum qilib turadi. Hayvonlar 
boshqalar joyining chegarasini buzishdan ehtiyot bo‘ladi. Bir turdagi 
hayvonlar populyasiyasida o‘zaro yordam va hamkorlik mavjudligini kuzatish 
mumkin: naslni birgalashib boqish, tarbiyalash va asrash shular jumlasidandir 
(masalan, asalari oilalarida, yilqilar podasida). Shunday kilib, tur ichidagi 
kurash tur individlari serpushtligining kamayishi va bir qismining nobud 
bo‘lishi bilan birga davom etib boradi. Biroq, bu - umuman olganda, turning 
yashash muxitiga, shu kurashni keltirib chiqaradigan faktorlarga ko‘proq 
moslanish tomonga qarab avlodlar davomida takomillashib borishiga yordam 
beradi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin