Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Namlikning hayvonlarga ta’siri



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Namlikning hayvonlarga ta’siri. Namlik hayvonlarning umriga
rivojlanishiga serpushtligiga, fe’l-atvoriga: geografik tarqalishi va yashash 
joylarini tanlashiga, shuningdek populyatsiya miqdor zichligiga ta’sir 
ko’rsatadi. 
Hayvonlar umrining uzunligi va rivojlanishi namlikka bog’liq bo’ladi. 
Jumladan, cho’l hayvonlari uzoq muddatli suvsizlikka chiday oladi, lekin 
baqalar nisbiy namlik past sharoitda tezda nobud bo’lib ketadi. Namlik etarli 


40 
bo’lganda uy pashshasining rivojlanishi jadal ketsada, lekin namlik kamayishi 
bilan bu jarayon sekinlashib boradi va butunlay to’xtashi mumkin. 
Namlik va hasharotlar serpushtligi o’rtasida ma’lum bog’liqlik mavjud. 
Masalan, Panolis flammea kapalagining 80% urg’ochilari yuqori namlik 
sharoitida qo’shila olmaydi, namlikning ko’tarilishi kapalak serpushtligini 
susaytiradi.
Namlikning o’zgarishi hayvonlarning fe’l-atvorida ham o’z ifodasini 
topadi. Jumladan, qon so’ruvchi chivinlar havoning nisbiy namligi 40% dan 
past sharoitda issiqqonli hayvonlarga “hujum” qilmaydi va qon so’rishdan 
to’xtaydi. Chiriyotgan to’nkadagi namlik ko’tarilgan taqdirda, unda 
oziqlanayotgan ksillofag qo’ng’izlar jadallik bilan to’nkani tark etadi va boshqa 
qulay yashash joyiga “qochadi”. 
Hayvonlarning geografik tarqalishi va yashash joylarini tanlashi boshqa 
omillar bilan birga namlikka ham bevosita bog’liq bo’ladi. Jumladan, 
hayvonlarning vertikal mintaqaviy taqsimlanishi va yashash joylarini 
tanlashda ushbu holat asosiy ahamiyatga ega.
Namlik va harorat birgalikda hayvonlarning populyatsiya miqdor 
zichligiga sezilarli ta’sir etadi. Bahor va dastlabki yoz oylarida nisbiy namlik 
yuqori bo’ladi, bu esa hasharotlarni ko’plab ko’payishiga imkoniyat yaratadi 
va ularning miqdor zichligi yuqori darajaga ko’tariladi. Yozning ikkinchi 
yarmida quruq va issiq havo hasharotlar populyatsiya miqdor zichligini 
keskin pasayishiga olib keladi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin