Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Namlik. Suv – tiriklikning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi. 
Hayvonlar tsitoplazmasining 70-90%, qo’ng’izlar va kapalaklar lichinkalari 
og’irligining 50% va ayrim meduzalar tanasining 90% ini suv tashkil etadi. 
Biokimyoviy jarayonlarning borishida suv muhit vazifasini bajaradi. Shuning 
uchun ham namlikning me’yorida saqlanishi barcha organizmlar uchun 
birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
Sovuq harorat, qor qoplami, namlik bilan birga yorug’likning jadalligi, 
ayniqsa ultrabinafsha nurlar hayvonlar rangiga jiddiy ta’sir etadi. To’q rang 


36 
hayvonlarni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, boshqa nurlarni o’ziga 
yig’ib tana haroratini me’yorida saqlanishiga yordam beradi. 
Namlikka bo’lgan ehtiyoji va yashash joylari bo’ylab taqsimlanishiga 
muvofiq hayvonlar quyidagi ekologik guruhlarga ajraladi: 
Gidrofillar – hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga gidrobiontlar 
kiradi. 
Gigrofillar – yashash joylaridagi, havodagi nisbiy namlik yuqori yoki shu 
darajaga yaqin bo’lgan sharoitda uchraydigan hayvonlar guruhi. Bu guruhga 
qator amfibiyalar, ko’pchilik qorin oyoqli mollyuskalar, yomg’ir 
chuvalchanglari, tuproq faunasining asosiy vakillari, g’orlarda yashovchi 
hayvonlar va baliqlar mansub. 
Mezofillar – o’rtacha namlik sharoitida yashovchi hayvonlar. Ular 
mo’’tadil va o’rta tog’ mintaqalarida, madaniy landshaftlarda yashaydi. 
Mezofillar namlikni mavsumiy o’zgarishlariga birmuncha bardoshli bo’ladi. 
Kserofillar – qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar. 
Cho’l, chala cho’l va tog’oldi hududlarda uchraydigan ko’pchilik hasharotlar va 
sut emizuvchilar mazkur ekologik guruh vakillaridir. Kserofillarning barchasi 
quruq va qurg’oqchil iqlim sharoitlariga keng ma’noda adaptatsiyalangan. 
Masalan, Helix desertorum shilliqurti noqulay sharoitda yozgi tinim davriga 
o’tadi va uning “yozgi uyqusi” 4 yilga qadar davom etishi mumkin. 
Toshbaqalarda yozgi va qishki uyqu mavjud bo’lib, 6-7 oy uxlaydi. 
Hayvonlar suvga bo’lgan talabini 4 xil yo’l bilan qondiradi. 
1. Bevosita suvni ichish orqali. Ayrim reptiliyalar, sutemizuvchilar va 
qushlar suvni ko’plab istemol qiladi. Ayrim qushlar, tuyoqlilar, yirtqichlar, 
ko’rshapalaklar uzoq muddatli suvsizlikka chiday olmaydi va suv topish 
maqsadida uzoq masofalar bo’ylab uchib harakatda bo’ladilar. Qaldirg’och va 
jarqaldirg’ochlar suv havzasi bo’ylab uchib o’tadi va pastlab suvni qabul qiladi. 
Tuyalar 2-3 haftagacha suvsiz yura oladi, lekin bir suv ichganda 200 l gacha 
suv ichishi mumkin. 
2. Ovqat orqali. Cho’l mintaqalarida yashovchi ko’pchilik hayvonlar 
(kemiruvchilar, antilopalar va boshqalar) hech qachon suv ichmaydi, ular 
uchun iste’mol qilinayotgan ozuqa suv manbai hisoblanadi (metabolitik suv 
deyiladi). Gul sharbati, qon bilan oziqlanuvchi hasharotlar ovqat bilan hatto 
ehtiyojidan ortiq suvni oladi. 


37 
3. Teri orqali suvni qabul qilish. Amfibiyalar, ayrim hasharotlar va 
kanalar namlikni butun tanasi bo’ylab qabul qiladi. Kolorado qo’ng’izi, 
taxtakana havodagi nisbiy namlik minimal darajada bo’lgan sharoitda ham 
suvga bo’lgan ehtiyojini tanasi bo’ylab suvning adsorbtsiyalanishi ularning 
hayotida muhim ekologik ahamiyatga ega. 
4. Metabolitik suv hisobiga yashash. Ya’ni organizmlardagi yog’lar, 
oqsillar, 
karbon 
suvlarning 
parchalanishidan 
ajralgan 
suvning 
assimilyatsiyalanishi. Qurg’oqchil iqlim sharoitida yashaydigan kemiruvchilar 
turli hasharotlar va tuyalar suvni shu usul bilan o’zlashtiradi. Qulay sharoitda 
cho’ldagi sut emizuvchilar va qushlarning tanasida yog’ ko’plab to’planadi, 
noqulay mavsum boshlanganda esa, u sarflanadi. Yog’lar hayvonlar uchun 
nafaqat energiya manbai, balki suvga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi omil 
vazifasini ham bajaradi, chunki yog’ oksidlanib parchalanganda ko’p suv 
ajraladi. Don, un, yog’och bilan oziqlanuvchi hasharotlar hayoti ham 
metabolitik suvga bog’liq.
Namlik teri orqali, nafas olish jarayonida, siydik, ter va ekskrementlar 
bilan transpiratsiyalanishi va bug’lanish mumkin. Namlikni yo’qotishga 
nisbatan hayvonlardagi moslanishlar xilma-xil bo’lsada, ularni 3 guruhga 
ajratish mumkin. 
1. Suv sarfining kamayishi hayvonlardagi morfologik va fiziologik 
moslanishlar bilan bog’liq. Qurg’oqchil sharoitda yashaydigan hayvonlarning 
tanasi namlikni saqlashga yordam beradigan chig’anoqlar, tangachalar bilan 
qoplangan yoki himoya kosachasi bo’ladi, mollyuskalar esa chig’anoqlar bilan 
himoyalangan, cho’l hasharotlari tanasi qalin xitindan iborat. Lekin cho’lda 
yashovchi hayvonlarning barchasida ham shu singari morfologik moslanish 
kuzatilmaydi. Masalan, tekis oyoqli qisqichbaqasimonlarning vakili sanalgan 
“eshakqurt” quruqlikda yashaydi, tanasi yupqa-nozik xitin bilan 
himoyalangan. Ular Qoraqum va Qizilqum cho’llaridan tortib adir zonalarni 
ham egallagan. 
Evolyutsiya jarayonida ichki nafas olish organlarining shakllanishi 
hayvonlarga suv sarfini birmuncha kamayishiga sabab bo’lgan. Quruqlik 
hayvonlarida jabralarni yo’qligi va hasharotlarda, ko’poyoqlilar va 
o’rgimchaksimonlar nafas olish organlari sifatida traxeyalar tizimini paydo 
bo’lganligi, mollyuskalarda “o’pkalar”, amfibiyalarda o’pka va teri orqali nafas 


38 
olish, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilarda haqiqiy o’pkalarning taraqqiy 
etganligi unga misol bo’ladi. 
Siydik va ter hisobiga suv sarfini kamaytirishda organizmlardagi azot 
almashinuvini muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Oqsillar 
parchalanishi bilan ajralib chiqqan ammiakning juda kam miqdori ham 
organizm uchun zaharli ta’sirini ko’rsatadi. Uni zararlantirish uchun esa 
yuqori hajmdagi suv sarfi talab etiladi. Hayvonlardagi o’ziga xos moslanishlar 
ayni holatni oldini olishga xizmat qiladi. Jumladan, yuqori kontsentratsiyadagi 
siydikni ajratish ko’pchilik hayvonlardagi namlikni me’yorida ushlab turishiga 
nisbatan adaptatsiyalanish usullaridan biri. Masalan, reptiliyalar, hasharotlar 
va quruqlik mollyuskalarining ayrimlari quruq uratlarni ajratadi. Namlik 
etarli bo’lgan sharoitda yashaydigan hayvonlar siydigi tarkibidagi 
ammiakning umumiy ulushi sezilarli bo’ladi. Hasharotlar (shiralar) ozuqasi 
tarkibidagi suvning mo’lligi ular ajratayotgan suyuqlikda ammiak miqdorining 
yuqoriligi sabab bo’lgan. Sut emizuvchilar siydigida nisbatan zararsiz 
mochevina bo’ladi. U dissimilyatsiya mahsuloti sifatida qon zardobida va tana 
bo’shlig’ida yig’ilib, nisbatan yuqori kontsentratsiyada ajralib chiqadi. Siydik 
bilan birga zararli tuzlar ham chiqarib tashlanadi. Siydik va qon zardobi 
kontsentratsiyalari o’rtasidagi mutanosiblik suvni tejalish darajasini ham 
ifodalaydi. Masalan, siydikning plazmaga nisbatan kontsentratsiyasi 
odamlarda 4,2 marta ortiq, qo’ylarda bu ko’rsatkich 7,6 ga, tuyalarda – 8 ga va 
qo’shoyoqlarda esa 14 ga teng. 
Cho’lda yashovchi tangachali sudralib yuruvchilar, toshbaqalar va
qushlar, hasharotlar suvda yomon eriydigan siydik kislotasini ajratadi, 
o’rgimchaklar esa, guaninni chiqarib tashlaydi. Guanin va siydik kislotalari 
bilan eng minimal darajadagi suv ajraladi. Kemiruvchilar va antilopalarning 
tanasidagi kam miqdordagi ter bezlari, quruq najas ulardagi suv sarfi bir 
muncha past darajada ekanligidan dalolat beradi. 
Namlikni yo’qotish chegarasi barcha organizmlarda bir xil darajada 
emas. Masalan, odamlar tanasidagi vaznga nisbatan 22% gacha suvni 
yo’qotish mumkin, lekin undan ortiqcha yo’qotganda odam halok bo’lishi 
mumkin. Bu chegara tuyalarda 27% ni tashkil etsa, qo’ylarda 23% va itlarda 
17% ga to’g’ri keladi. 
Suvning tejalishida organizmlardagi qator fiziologik moslanishlar ham 


39 
muhim rol o’ynaydi. Jumladan, ayrim hayvonlarning ovqat qoldiqlari va najasi 
bilan chiqayotgan suv ichaklarda yana so’riladi, tashqariga bir muncha quruq 
holdagi najas chiqarib tashlanadi. Shuning uchun ham hayvonlarda namlikni 
iqtisod qilinish darajasi chiqindi tarkibidagi namlik me’yori bilan ham 
o’lchanadi. Masalan, yaylovdagi qoramol tezagining 100 g og’irligiga 566 g suv 
to’g’ri keladi, tuyalarda bu ko’rsatkich 109 g ni, suvsiz sharoitda esa 76 g ni 
tashkil qiladi. 
Nisbiy namlik past sharoitda yashovchi hasharotlarning ayirish tizimlari 
– malpigi naylarining oxirgi yo’g’on ichakning orqa devoriga tutashgan bo’lib, 
undagi suv so’rilishi orqali organizm ehtiyoji uchun qayta sarflanadi, ya’ni 
reabsorbtsiyalanadi. Namlik etarli bo’lgan sharoitda hayot kechiruvchi va 
suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi hasharotlarda esa reabsorbtsiya hodisasi 
kuzatilmaydi. Ular siydik orqali tashqariga har xil tuzlar va mochevina 
chiqaradi. Bu mazkur hasharotlarning ayirish tizimi bilan bog’lanmagan. 
2. Metabolitik suvni o’zlashtirish quruq yoki namligi kam bo’lgan ozuqa 
bilan oziqlanib hayot kechiruvchi hayvonlarda kuzatiladi. Kunduz kunlari 
uyalarida jon saqlaydigan mayda kemiruvchilar faqat yuqori haroratdagina 
himoyalanmay, namlikni ortiqcha sarfini ham oldini oladi. Bu muddatda 
namlikka bo’lgan ehtiyoj metabolitik suv hisobidan qoplanadi. Afrika 
cho’llarida yashovchi chumolilarning lichinkalari tanasidagi yog’lar 
oksidlanishi natijasida ajralgan suv hisobiga yashaydi. Bundan tashqari 
ularning gemolimfalari tarkibidagi oqsillar yuqori osmotik bosimni 
ta’minlaydi, bu esa namlikning bug’lanishini sekinlashtiradi. 
3. Ekologik va etologik adaptatsiyalar xilma-xil bo’lib, keng tarqalgan 
moslanishlardan biri cho’l hayvonlarining tungi tarzi yoki qulay yashash 
joylarini topish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi va boshqalar 
misol bo’ladi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin