49
megaplankton (yirik hayvonlar, mas, qutb meduzasi - diametri 2 m gacha;
zuxro kamari uz. 1,5 m gacha) ajratiladi. Ko’pchilik plankton organizmlarda
suvda qalqib yurish uchun gavda nisbiy og’irligini kamaytiruvchi (havo
pufaklari, yog’ kiritmalari, g’ovak va liqildoq tana), gavda yuzasini
kengaytiruvchi (gavdaning yassi bo’lishi, turli xil o’simtalar) moslanishlar
paydo bo’lgan.
Okean fitoplanktoni umumiy massasi (550 mlrd. tonna) zooplanktonga
nisbatan 10 marta ko’proq. Fitoplankton zooplankton uchun oziq, suv
havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi.
Litoral (yun. lithoralis – qirg’oqqa tegishli) - dengiz sohilining suv bosib
turadigan suv ko’tarilish-qaytish zonasi. Mo’’tadil iqlim litoralida bir kecha-
kunduz va yil davomida xarorat, suvning sho’rlanishi ancha o’zgarib turadi.
Shu sababdan litoralda keng miqyosda moslanish xususiyatiga ega bo’lgan
evribiont turlar: suvo’tlar (asosan, fukussimonlar, diatom suvo’tlar),
qisqichbaqasimonlar (balanuslar, yonlab suzarlar), aktiniyalar, korall poliplar,
mollyuskalar (midiya, littorina va Bentos) va Bentos organizmlar yashaydi.
Qishda litoral muzlab qolishi mumkin, shuning uchun ayrim organizmlar
sublitoralga ko’chib o’tadi, boshqalari o’zining faol hayotiy xususiyatlarini
saqlab qoladi. Mo’’tadil iqlimda 1 m
2
sovuq litoralda 5-10 kg biomassa hosil
bo’ladi. Arktika yoki Antarktida ta’sirida litoralda deyarli hayot bo’lmaydi.
Chuchuk suvli ko’llarda litoral 5-7 m chuqurlikkacha hayotga eng boy zona
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: