Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 
6-rasm. Tuproq mezofaunasi 
Mezofaunaning yirikroq vakillari tanasi qattiq xitin qobig’i yoki 
tangachalar bilan himoyalangan bo’lib, noqulay sharoitdan saqlaydi. Mikro va 
mezofauna vakillari tuproqning muzlashiga bardoshli bo’ladi.
Tana o’lchami 2-20 mm bo’lgan hayvonlar makrofauna ekologik 
guruhini tashkil etadi. Hasharotlar lichinkalari, ko’poyoqlilar, yomg’ir 
chuvalchanglari uchun tuproq zich muhit bo’lib, ularning harakatlanishiga 
mexanik jihatdan qarshilik qiladi. Shuning uchun ular tuproqning surib yoki 
o’ziga yo’l ochib harakatlanadi. Ular tanasining ko’ndalang kesimi nisbatan 
kichik, oson egilish va bukilish xususiyatiga ega. Tuproq zarrachalarini 
bunday hayvonlar tanasining bosimi yordamida surib qo’yishi mumkin. Bosh 
va dum qismlari suyrilashgan, tanasi orqali cho’zilish xususiyatiga ega. 
Makrofauna vakillari maxsus nafas olish organlari orqali yoki butun tanasi 
bo’ylab nafas oladi. Noqulay sharoitda va qish mavsumida ular tuproqning 
chuqur qatlamlariga yig’ilib himoyalanadi. 


60 
 
7-rasm. Tuproq makrofaunasi
 
Tuproqni kavlab hayot kechirishga ixtisoslashgan ko’rsichqonlar, 
krotsimon ko’rsichqonlar, krotlar, so’qir sichqonlar, tillarang krotlar, xaltali 
krotlar va boshqalar megafaunaning vakillari hisoblanadi. Ularning butun 
hayoti er ostida o’tadi. Gavdasining tuzilishi ham er ostida hayot kechirishga, 
er qazib, er osti yo’llarini yasashga moslashgan. Barchasining gavdasi 
o’qloqsimon, bo’yinlari kalta muloyim junlari kalta va qalin bo’lib, tuproq va 
namni o’tkazmaydi. Oyoqlari qisqa va kuraksimon shaklda bo’lib, erni 
kavlashga yaxshi moslashgan. Ko’zlari rivojlanmagan kichik o’lchamda, 
osilgan qovoqlari ularni ustidan yopib turadi. Megofaunaning boshqa 
vakillaridan farqliroq ko’r sichqonlar kurak tishlari yordamida erni kavlab 
murakkab, er osti yo’llarini yasaydi.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin