78
hududlar ajratib turadi. Jumladan, qora
baliqning har bir buloqdagi
populyatsiyasini quruqlik chegaralab turadi. Lekin, ayrim turlar keng
hududlarda yoppasiga tarqalish asosida populyatsiyalarni hosil qilishi
mumkin. Masalan, cho’l va chala cho’llarda yumronqoziqlarning miqdor
zichliklari doimo yuqori bo’ladi, ayrim hollarda ular yashash uchun bir
muncha noqulay joylarni ham mavsumiy – vaqtincha egallab oladi.
Yumronqoziqlar populyatsiyalari o’rtasidagi chegaralar shartli ravishda
miqdor zichliklari asosida faqlanadi.
Turning yoppasiga tarqalishiga barcha biotop va mintaqalarda ko’plab
uchraydigan etti nuqtali xonqizi qo’ng’izi ham misol bo’ladi.
Ular qishlash
oldidan ancha uzoq masofalarga migratsiya qiladi. Bunday holatda
populyatsiyalar o’rtasidagi chegaralar sust farqlanadi. Bir biotop va yaqin
hududlarda yashayotgan qo’ng’izlar uzoq mintaqalardagi vakillariga nisbatan
ko’proq aloqada bo’ladi. Ayni vaziyatda masofada, individlar o’rtasidagi
aloqani cheklab populyatsiyalararo chegarani ifodalashi mumkin.
Ba’zida bir turning o’zi aniq ifodalangan va chegaralari aniq
ifodalanmagan populyatsiyalarga ega bo’ladi. Boshoqli ekinlarning havfli
zararkunandalaridan biri hasvalar tuxumidan rivojlanib chiqqandan so’ng 2-
2,5 oy davomida jadal ovqatlanadi. Shundan so’ng
ular qishlash uchun ixota
daraxtzorlari yoki tog’ oldi o’romonzorlari tomon yuzlab, ayrim hollarda esa
minglab kilometr masofaga uchib ketadi, daraxt va butalar ostidagi shox-
shabba to’kilgan barglar orasida bahorga qadar tinim davrida bo’ladi.
Hasvalarning masofa bo’ylab uchish uzoqligi tanasiga yig’ilgan yog’ zahirasiga
bog’liq. Natijada qishlash joylarida turli hududlardan uchib kelgan qandalalar
bo’lishi mumkin. Qishlab chiqqan qandalalar bahorda shamol yo’nalishiga
monand tarqaladi va kelgan manzillariga qaytishi shart emas. Shu asosda keng
hududlar bo’ylab hasvalarning doimiy aloqasi va almashinishi ro’y beradi. Bu
holat populyatsiyalarni aniq chegaralanishiga to’sqinlik qiladi. Hasvalar
ayrim
tog’ oldi hududlarida muqim yashaydi va aniq chegaralangan
populyatsiyalarni hosil qiladi.
Populyatsiyalar o’rtasida individlar almashinuvi doimiy yoki vaqti-vaqti
bilan sodir bo’lishi mumkin. Quzg’unlar mavsumiy ko’chish davrida galadagi
yosh quzg’unlarning bir qismi shu joyning o’zida qolib muqim yashayotgan
vakillari bilan yangi juftliklarni shakllantiradi. Qo’shni
suv havzalaridagi
79
baliqlar o’rtasidagi individlar almashinuvi juda kam ro’y beradi. Bahorgi suv
toshqinlari tufayli baliqlar o’zi yashab turgan joydan ikkinchisi yashab turgan
joyga o’tishi mumkin.
Populyatsiyalar o’rtasidagi aloqalar turni yagona birlik sifatida barqaror
mavjud bo’lishini ta’minlaydi. Aksincha, populyatsiyalarni bir-biridan keskin
chegaralanishi yangi turlarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Populyatsiyalar o’rtasidagi farqlar faqat miqdoriy ko’rsatkichga
asoslanmay, ulardagi morfologik, fiziologik va fe’l-atvor belgilarini o’zida
ifodalashi mumkin. Populyatsiyalar o’rtasidagi farqlarning barchasi tabiiy
tanlanishning mahsuli sifatida yuzalanadi. Qozog’istonda dala sichqonlari tog’
daryolari va suv yo’llari bo’ylab yashashga moslashgan, uning past tekislikdagi
vakillari yopiq suv havzalarining zich qamishzor va to’g’ayzorlarida hayot
kechiradi. Tog’da tarqalgan sichqonlar kurak tishlarining o’tkirligi, dumining
kaltaligi bilan ajralib turadi. Past tekisliklardagidan
farqliroq ular qishga
ozuqa yig’adi va bir yilda 6-7 oy davomida ko’payadi. Past tekisliklarda esa
dala sichqonlari yil davomida ko’payadi, har bir urg’ochi tog’dagilarga
nisbatan 1-2 ta ko’p bola berishi mumkin.
N.P.Naumov ta’rifiga ko’ra, tur – bir-biriga bosqichma-bosqich
bo’ysinuvchi ierarxik tizimdagi populyatsiyalar majmui. Eng yuqori bosqichda
turning kenja turlari yoki geografik farqlari turadi. Kenja turlarning tarqalish
kengligi turning biologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Faol harakatlanuvchi
turlar va kenja turlarning areallari juda keng bo’lishi mumkin. Ayni
mintaqaning geografik shart-sharoitlari yaqin bo’lgan hududlarini geografik
populyatsiyalari egallaydi. Geografik populyatsiyalar, o’z navbatida, ayrim
joylarni egallovchi ekologik, biotopik, mahalliy, elementar populyatsiyalardan
tashkil topadi. Quyi bosqichga tomon populyatsiyalar o’rtasidagi
munosabatlar kuchayib, ular o’rtasida farqlar kamayib boradi. Yuqoriga
tomon populyatsiyalararo munosabatlar chegaralanib, kenja tur doirasidagi
morfologik, fiziologik farqlar va o’ziga xos fe’l-atvor belgilari barqarorlashib
boradi.
Dostları ilə paylaş: