Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 
15-rasm. Shimol bug’ulari 
Podaning biologik ahamiyati shundan iboratki, poda boshining tajribasi, 
tadbirkorligi va quvvati guruh hayotida etakchi ahamiyatga ega bo’ladi. Ular 
podani dushmandan himoya qiladi, uni etaklaydi, ovqatlanish va dam olishni 
ta’minlaydi, bolalarni tartibga soladi, janjallarni bartaraf etadi.
Populyatsiyalar sur’ati 
Tabiatdagi barcha populyatsiyalar yirik omillari cheklanmagan taqdirda 
cheksiz ko’payishi mumkin va bu holat turning biotik potentsialiga bog’liq. 
Biotik potentsial tushunchasi ekologiyaga R.Cheplin tomonidan 1928 yilda 
kiritilgan. Bu ko’rsatkich urg’ochi organizmning hayot davomida yoki 
muayyan vaqt birligida nasl bera olish imkoniyatidir. Barcha turlarning biotik 
potentsiali bir xil darajada emas. Masalan, ayrim hayvonlar yillik hayoti 
davomida 10-15 marta bola berish mumkin. Asalarining biotik potentsiali 40-
50 mingga etadi. Ayrim hayvonlarning biotik potentsiali aslida bundan ham 
yuqori, lekin ularning nasli embrional taraqqiyoti dastlabki bosqichlaridayoq 
ko’proq nobud bo’ladi. Populyatsiya miqdor zichligining o’zgarishi qator 


93 
omillarga bog’liq. Jumladan, populyatsiya sur’atini tug’ilish, o’lim, 
emmigratsiya va immigratsiya kabilar belgilaydi. Populyatsiyadagi tug’ilish 
darajasidagi muayyan vaqt davomida dunyoga kelgan individlar soni bilan 
ifodalanadi. Tug’ilish darajasi populyatsiyadagi jinsiy etuk individlar soni va 
jinslar nisbati birinchi navbatda ta’sir etadi. Shuningdek, u turning nasl berish 
tezligiga bog’liq. Hasharotlarda yil davomida berayotgan avlodlar soniga 
muvofiq mono va polivolt turlar farqlanadi. Monovolt hasharotlar mavsum 
davomida bir marta avlod beradi (masalan, may qo’ng’izi). Polivoltlar esa shu 
muddatda bir necha marta ko’payadi. Masalan, yashil olma shirasi bahorda 
kech kuzga qadar 13-15 avlod berishi mumkin. G’o’za tunlami avlodlari soni 
3-4 taga etadi. Hayvonlar hayoti davomida bir marta yoki ko’p marta 
ko’payishi mumkin. Shunga muvofiq mono va politiklik turlar farqlanadi. 
Monotiklik hayvonlarning jinsiy voyaga etgan davri juda qisqa bo’ladi. 
Bahorilar, kunliklar, etuklik davrida 2-3 soatdan bir necha kunga qadar 
yashaydi, uchib suvga tuxum qo’ygach, nobud bo’ladi. Politsiklik turlar hayoti 
davomida bir necha bor ko’payadi. Umurtqalilar, umurtqasizlardan 
qisqichbaqasimonlar politsiklik hayvonlardir. Hindiston fillari 8-12 yoshida 
jinsiy voyaga etadi va 60-70 yillik umrining har 4 yilida bir yoki ikki marta 
bola beradi. Hatto, shu holatda ham bu hayvonlarning populyatsiya zichligi bir 
me’yorida saqlanadi. 
Tug’ilish darajasiga organizmlarning umri davomida nasl bera olish 
davri sezilarli ta’sir etadi. Masalan, meva pashshalarining nasl berish davri 
umrining 65% ni tashkil etadi. Ayrim chigirtkalar hayotining 15%, kunliklar 
0,5-1% davrida avlod beradi. 
Tug’ilish darajasini ifodalashda turning serpushtligi ham alohida o’rin 
tutadi. Surpushtlik darajasi har bir turning mavjudligini ta’minlovchi tarixiy 
evolyutsion moslanishdir. Muhit omillarining o’zgarishiga chidamsiz bo’lgan 
turlarning serpushtligi doimo yuqori bo’ladi, ular qisqa muddatli qulay 
sharoitda ko’plab nasl qoldirishga ulguradi, lekin qoldirgan avlodning 
ko’pchiligi rivojlanish davrining dastlabki bosqichlaridayoq qirilib ketadi. 
Foydali hasharotlarga nisbatan fitofaglarning serpushtlilik darajasi doimo 
yuqori bo’ladi. Masalan, kuzgi tunlam kapalagi 2000 dan ortiq, etti nuqtali 
xonqizi qo’ng’izi esa 700 ga yaqin tuxum qo’yishi aniqlangan. Qulay ekologik 
sharoitda yashaydigan turlarning serpushtliligi ancha past bo’ladi. Tropik 


94 
turlarga qaraganda, mo’’tadil mintaqalarda urg’ochi hayvonlarning 
serpushtliligi shu asosda izohlanadi. 
Populyatsiyadagi o’lim muayyan vaqt birligida nobud bo’lgan individlar 
soni bilan belgilanadi. Muhitning noqulay sharoitlari, yirtqichlar, parazitlar, 
kasallik va boshqa omillar individlar o’limiga sabab bo’ladi. Bir avlodga 
mansub individlarning to’liq yoshini yashagandan so’ng qisqa vaqt davomida 
nobud bo’lishi ekologiyada ideal holat sifatida qabul qilingan. Ushbu holatni 
egri chiziq sifatida ifodalanganda, u dastlab gorizontal o’qqa nisbatan parallel 
ketib, keyin pastga tomon keskin egiladi. Uni kuchli qabariq hayotchanlik 
chizig’i deyiladi. Tabiatda bunday hayotchanlik kam uchraydi, faqatgina ayrim 
qo’ng’izlarda, bolalarning yashovchanligi juda yuqori bo’lgan sut 
emizuvchilarda kuzatilishi mumkin. Laboratoriya sharoitida saqlanadigan 
meva pashshalarining hayotchanligi ancha yuqori va shu holatga yaqin 
bo’ladi.
Tabiatda ayrim hayvonlar hayotining dastlabki davrida ko’plab nobud 
bo’ladi. Ular uchun hayotchanlik egri chizig’i xos. Ushbu holatda 
hayotchanlikning egri chizig’i rivojlanishning dastlabki bosqichlaridayoq 
gorizontal o’q bo’yicha pasayib, so’ng vertikal yo’nalishda davom etadi. 
Baliqlarning uvildiriqlari nihoyatda mo’l bo’lib, ayrim hollarda suv yuzasini 
butunlay qoplab oladi. Uvildiriqlarning ko’pchiligi yirtqichlarga em bo’ladi 
yoki rivojlanmaydi. Tirik qolgan uvildiriqlardan voyaga etgan chavaqlarning 
taqdiri ham deyarli shunday kechadi. Oxir oqibatda, juda oz sondagi 
baliqlargina yashab qoladi. Ko’pchilik umurtqasizlar, amfibiyalar, qushlar va 
mayda kemiruvchilarning hayotchanligida shu holat kuzatiladi. Qadimgi 
odamlar – arxontroplar qoldiq suyaklarining deyarli yarmini 5 yoshdan 18 
yoshgacha bo’lganlari tashkil etadi. Tabiatda hayotchanlikning uchinchi 
ko’rinishi, ya’ni oraliq hayotchanlik egri chizig’i ham uchraydi. Bunda 
organizmlarning miqdori, ularning hayoti davomida bir tekisda pasayib 
boradi. Bu holat akvariumda saqlanayotgan gidralarda qayd etilgan.


95 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin