88
ifodalanadi. Yirtqich va mayda kemiruvchilar butun hayoti davomida
muyayan joy bilan bog’langan bo’ladi. Barqaror oilaviy guruhlardagi hududiy
munosabatlar bir muncha murakkab bo’ladi. Yo’lbarslar oilasida bir erkagi, 2-
3 ta urg’ochi va bolalaridan tashkil topadi. Ularning oilaviy hududi o’ljaning
ko’p ozligi bilan belgilanadi. 1000 gektarga 14-15 tadan tuyoqli hayvonlar
to’g’ri kelgan taqdirda yo’lbarslarning oilaviy hududi 50000 gektarni tashkil
etadi.
Ko’chmanchi hayvonlar doimiy harakatda bo’ladi, ular uchun ozuqa
zahiralarini kamayishi muammosi bo’lmaydi. Ular podalar va galalar holida
harakatlanadi. Yonma-yon harakatlanayotgan hayvonlar o’rtasida aniq masofa
saqlanadi. Bu holat baliqlar va qushlarda aniq ifodalangan, ular o’rtasidagi
aero va gidrodinamik sharoit to’liq saqlanadi. Ko’chmanchi hayvonlarning
harakat yo’nalishi bo’ylab joylashgan dam olish joylari bo’ladi, ayrim hollarda
ular qisqa muddat davomida o’troq hayot kechirishga o’tishi mumkin.
Ko’chmanchi hayvonlarning harakat kengligi sharoitga bog’liq. Masalan,
zebralar qurg’oqchilik mavsumida 400-600 km
2
kenglikda harakatlansa,
namlik etarli sharoitda 300-400 km
2
kenglikda ko’chib yurishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: