89
Populyatsiyada
individlar
o’rtasidagi
munosabatlarning
murakkablashuvi, ularning jinsiy moyilligi, ota-onalar bilan yangi avlod
o’rtasidagi bog’lanishlar natijasida hayvonlarning
birgalikda yashash
shakllaridan biri yuzaga keladi. Ota-onalar jufti qisqa yoki uzoq muddatli, ba’zi
turlarda esa umrining oxiriga qadar bo’ladi. Tovuqsimonlar ko’pchiligi
poligam qushlar bo’lib, barqaror oila hosil qilmaydi. Yovvoyi va suqur
o’rdaklarning oilalari saxar uchish paytida shakllanadi va makiyonlari tuxum
qo’ygunga qadar davom etadi, shundan so’ng xo’rozlari oilani tark etadi.
Oqqushlar, turnalar va kaptarlarning oilalari ko’p yillar davomida saqlanib
qoladi. Oilaning shakllanishi tur ichidagi qarama-qarshi munosabatlarning
mahsuli sifatida yuzaga keladi. O’rgimchaklarning erkaklari qishlashi oldidan
o’ziga
xos harakatlar qilib, urg’ochisini “mahliyo” etadi. Qushlar chiroyli
ovozlar chiqarib sayraydi, ba’zilari rang-barang patlarini namoyish etadi. Sut
emizuvchilarning erkaklari o’rtasida o’zaro kuchli kurash boradi.
Hayvonlardagi bu xatti-harakatlarning barchasi jinsiy tanlanish jarayonini
muvofiqlashtirib, ikkala jins o’rtasidagi munosabatga tayyorgarlikni
ta’minlaydi.
Koloniyalar (jamoalar) muhim o’troq yashovchi hayvonlarning o’ziga
xos yig’inidir. Koloniyalar vaqtincha yoki doimiy bo’lishi mumkin. Ayrim
hollarda ko’payish oldidan koloniyalar shakllanadi. Koloniyani tashkil etuvchi
individlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar nihoyatda xilma-xildir.
Koloniyalar alohida hududdagi ayrim individlarning xemotaksis asosida
oddiy yig’inidan boshlab, har biri alohida vazifani
bajarishga ixtisoslashgan
yagona organizm darajasida bo’lishi mumkin. Sifonoforalar va gidromeduzalar
koloniyalaridagi har bir individ o’ziga xos vazifani bajaradi. Chag’alaylar,
kayralar va g’ozlar koloniyalari ancha murakkab bo’lib, ayrim xatti-
harakatlarni ular o’zaro kelishib amalga oshiradilar, bu esa alohida olingan
har bir individning xavfsizligini ta’minlaydi. “Qushlar bozori”dagi barcha
parrandalar dushmandan saqlanish uchun zarur bo’lgan
ogohlantiruvchi
signal asosida yoppasiga harakat qilib, oq tulki, burgut kabi yirik yirtqichlar
hujumini ham bartaraf etadilar. Qushlar koloniyalari egallagan hududda har
bir individning xususiy joyi aniq bo’ladi. Masalan, baliqchi qushlarning uyalari
orasidagi masofa 3-5 metr atrofida bo’ladi.
Sut emizuvchilardan sug’urlar, viskachalar,
dumsiz sichqonlar,
90
olasichqonlar, qumsichqonlar kolonial holda hayot kechiradi. Sut
emizuvchilar orasida koloniya bo’lib hayot kechirish oilaviy guruhning
kengayishi hisobiga kelib chiqadi va dastlabki oila bilan bog’lanishni saqlab
qoladi.
Hasharotlar (termitlar, chumolilar, arilar) jamoalarida murakkab
munosabatlar
kuzatiladi, ularning asosida ham oilalarning kengayib ajralib
chiqishi yotadi. Ularning koloniyalarida ko’payish, himoyalanish, bolalari va
o’zlarini boqish, qurilish ishlari kabi vazifalar bir muncha oson amalga oshadi.
Mehnat taqsimoti ayrim individlarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan
holda yoki ularni alohida vazifalarini bajarishga ixtisoslanishi asosida bo’ladi.
Koloniyadagi har bir harakat a’zolari o’rtasidagi
mustahkam aloqa asosida
amalgan oshadi.
Chumolilarning koloniyalari bir yoki bir necha uyalarida joylashadi,
uyalar o’rtasida bog’lovchi yo’lakchalar bo’ladi. Chumolilar birgalikda
yashashida turli xildagi signallar tizimidan muntazam foydalanadi.
To’dalar yoki
galalar hayvonlarning mavsumiy yig’inlaridir. Ayrim
guruh hayvonlar biron bir biologik foydali xatti-harakatlarini amalga oshirishi
uchun kunning ma’lum bir vaqtida yoki mavsumning bir davrida galalar hosil
qiladi. To’dalar yoki galalar hayvonlarning dushmandan himoyalanish, o’ljani
ta’qib qilish va ushlash hamda mintaqaviy harakatlarni engillashtiradi. To’da
bo’lib yashash baliqlar, qushlar, sut emizuvchilardan itsimonlarda uchraydi.
To’dada sherigiga ta’sir qilish, o’rnak olish va mo’ljal olish ko’p uchraydi.
Harakatlarning muvofiqlashtirilishiga ko’ra to’dalar 2
guruhga
ajratiladi: alohida a’zolari ustunlik qilmaydigan va boshliq (lider)ga ega
bo’lgan to’dalar.
Dostları ilə paylaş: