107
Biogeotsenozlar mahsuldorligi
Biotsenozlar hayoti doimiy energiya oqimi va unda yig’ilayotgan organik
modda miqdoriga bog’liq bo’ladi. Biogeotsenozda
jamlanayotgan organik
massa mahsuldorlikni ifodalaydi. Biogeotsenozlarda birlamchi va ikkilamchi
mahsuldorlik farqlanadi. Produtsentlar karbonat angidrid,
suv va quyosh
energiyasi hisobiga
birlamchi mahsuldorlikni (BM)
sintezlaydi, konsumentlar
va redutsentlar mahsuli
ikkilamchi (IM) hisoblanadi. O’simliklarni vaqt
birligida
sintezlagan organik massasi yalpi birlamchi mahsuldorlikni (YaBM)
tashkil etadi. Yalpi birlamchi mahsuldorlikning bir qismi o’simlikning nafas
olishi uchun sarf bo’ladi. Masalan, tropik o’rmonlarda
yalpi birlamchi
mahsuldorlikning 40-70% o’simliklarning nafas olishiga sarf etiladi. Yalpi
birlamchi mahsuldorlikning o’simliklar o’z hayotiy jarayonlari uchun sarf
etilganidan qolgan qismi
sof birlamchi mahsuldorlik (SBM) deb ataladi.
Sof holdagi birlamchi mahsuldorlik konsument
va redutsentlar uchun
energiya zahirasi hisoblanadi. Konsumentlar tomonidan ikkilamchi
mahsuldorlik to’planadi. Quruqlikning yillik birlamchi mahsuldorligi 110-120
mlrd t quruqlik massasini tashkil etadi. Dengizlardagi bu ko’rsatkich 50-60
mlrd. t ni tashkil etadi. Okeanlar er sharining 2G’3 qismini tashkil etsada, er
yuzasidagi mahsuldorlikni 1G’3 qismini beradi. Er sharining asosiy qismidagi
mahsuldorlik 1m
2
ga 400 g ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich quruqlikning 30%
va okeanlarning 90% ga to’g’ri keladi.
Ochiq okeanlar quruqlikning cho’l mintaqalari bilan bir xil hisoblanadi
va ulardagi mahsuldorlik o’ta past bo’ladi.
Aksincha, botqoqliklar, qirg’oq
mintaqalari, ishlov beriladigan erlar mahsuldorligi yuqori bo’ladi. O’rmon
biomlarida ninabargli o’rmonlardan tropik o’rmonlarga tomon mahsuldorlik
ortib boradi. Bu holat yorug’lik, namlik, harorat va boshqa omillarga bog’liq
holda izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: