Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 
18-rasm. Biomassaning kamayib borish ekologik piramidasi 
Ғўза 
Зараркунанда 
ҳашаротлар 
Фойдали 
ҳашаротлар 
Ҳайвон 
жасади
Ҳашаротлар 
қуртлари
Бақалар
Илонлар 


110 
Piramidalar sonlarda, biomassa va mahsulot birligida ifodalanadi. 
Quruqlik ekotizmlarida biomassa piramidalar qoidasi qo’llaniladi. Barcha 
ekotizimlarda birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikning nisbatlari, ya’ni 
mahsulotlar piramidalari ifodasi kuzatiladi. Tabiatda istisno tariqasida 
piramidalar qoidasidan biroz cheklanishlar ham kuzatiladi. Jumladan, quruq 
yog’ochlikda oziqlanayotgan qurtlarning miqdor zichligi o’simliknikiga 
nisbatan yuqori bo’ladi. Aksincha, qisqa muddatli hayot tsikliga va yuqori 
mahsuldorlikka ega bo’lmagan suv o’tlari, bir muncha uzoq umr ko’ruvchi 
mahsuldor zooplanktonlar biomassasini bir me’yorda ushlab turishi mumkin. 
Jamoadagi energiya oqimi birlamchi mahsuldorlikni umurtqasiz 
fitofaglar yoki o’txo’r hayvonlar o’zlashtirishidan boshlanadi. Energiyaning bir 
qismi ularning nafas olishi uchun sarf bo’ladi. Ular bilan oziqlangan 
yirtqichlarning qoldiqlari va jasadi zamburug’lar tomonidan o’zlashtiriladi, bir 
qismi tuproq kanalari faoliyati nitijasida parchalanadi. Har bir bosqichda 
o’zlashtirib ulgurmagan qoldiq energiya manbai sifatida zahiralanadi. Ozuqa 
zanjirining har bir bosqichida sarflanayotgan quyosh energiyasi ketma-ket 
taqsimlanib boradi. Metabolitik jarayon mahsuli bo’lgan organik qoldiq 
produtsentlar tomonidan qaytadan o’zlashtiriladigan holatga o’tadi. 
Jamoalarda energiya va moddalar oqimi jarayonida redutsentlar asosiy 
ahamiyatga ega. Fotosintez natijasida suv va karbonat angidrid bog’langan 
holga o’tadi va undagi kimyoviy elementlar turli organik birikmalarning 
muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Shunday qilib, ular boshqa organizmlar 
o’zlashtira olishi mumkin bo’lgan holga o’tadi. Konsumentlarning metabolitik 
mahsuloti sifatida karbonat angidrid yana atmosferaga qaytadi. 
Konsumentlardan ajralayotgan energiya ularning tana haroratini bir me’yorda 
ushlab turish imkoniyatini beradi. Ortiqcha energiya issiqlik va yorug’lik 
holda atmosferaga singib ketadi. Atmosfera tarkibidagi kabonat angidrid va 
boshqa biogen elementlar (azot, fosfor, oltingugurt va boshqalar) o’simlik 
tomonidan qaytadan o’zlashtiriladi. Shundan so’ng energiya oqimining yangi 
tsikli boshlanadi. 
Energiya quyosh radiatsiyasi sifatida erga etib keladi va o’simliklar 
tomonidan bog’langan energiyaga aylantiriladi. Ozuqa zanjiri bo’ylab 
bog’langan kimyoviy energiyaning sarfi ro’y beradi, sarflanmagan energiya 
samarasiz issiqlik sifatida yo’qotiladi. Organik qoldiq esa, ta’kidlanganidek, 


111 
redutsentlar faoliyati natijasida parchalanib boshqa ko’rinishga o’tadi. 
Quyoshdan kelayotgan energiya hisobiga erdagi hayot mavjud bo’ladi. 
Kimyoviy elementlar turli moddalar tarkibiga kirib, bog’langan holda o’simlik 
va hayvonlar tomonidan o’zlashtiriladi. Umuman, biogeotsenoz va ekotizmlar 
hamda ularning muhim tarkibiy asosini tashkil etuvchi jamoalarni Klimentes 
talqiniga ko’ra «yuqori organizm» darajasidagi birlik sifatida qarash mumkin.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin