Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Gulpar o’simligida ekologik tokchalarning ajralish ko’rsatkichlari



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Ўқув қўлланма 2021

Gulpar o’simligida ekologik tokchalarning ajralish ko’rsatkichlari 
 
Shiraning nomi 
oziqlanish joyi 
qavat 
balandligi 
(sm da ) 
Shiralarning o’lchamlari 
x,n=20 
tanasi 
xartum-
chasi 
xartumcha 
sining
4-bo’g’imi 
Anuraphis
subterranea (Walk.) 
Dysaphis 
crataegi 
(Kalt.) 
Cavariella 
theobaldi 
(Gill. et Bragg.) 
Hyadaphis passerinii 
(del Guerc) 
Tomir bo’g’izi 
Barg qo’ltig’i 
Gul bandlari 
Gul savatchasi 
0-5 
10-15 
80-90 
100-110 
3,22x2,21 
2,31x1,29 
1,92x0,98 
1,72x0,88 
1,53 
0,80 
0,64 
0,62 
0,43 
0,13 
0,12 
0,10 
Ekotizimlarning o’zgarishi 
 
Ekotizimlarning barqarorligi nisbiy bo’lib, vaqt mobaynida o’zgarib 


114 
boradi. Bunda jamoalarning tur tarkibi, undagi munosabatlar, yashash 
sharoitlari o’zgaradi. Natijada, biotsenoz o’zining o’tmishdoshidan son va sifat 
jihatdan farqlanishi ro’y beradi. Ekotizimlarning vaqt o’tishi bilan birining 
ikkinchisi bilan almashishi hodisasi ekologik suktsessiya deb nomlanadi. 
Jamoalarda davriy-tsiklik o’zgarishlar ro’y berishi mumkin. Hayvonlar 
hayotidagi kunlik va mavsumiy o’zgarishlar jamoalarda ham o’z ifodasini 
topadi. 
Ekologik o’zgarishlar uch guruhga bo’linadi: a) degradatsion, b) allogen, 
v) avtogen o’zgarishlar. 
Degradatsion o’zgarishlar turli vaqt oralig’ida sodir bo’lishi mumkin. 
Barcha tirik organizmlarning qoldiqlari va jasadlari erga tushib 
mikroorganizmlar ta’sirida mineral qoldiqqa aylanadi. Bu jarayoning 
borishida ketma-ket bir necha geterotroflar ishtirok etadi, shuning uchun bu 
o’zgarishni geterotrof suktsessiya deb ham nomlanadi. Geterotrof o’zgarish, 
resursni to’liq o’zlashtirilishi va minerallanishi bilan xotima topadi. Masalan, 
tog’-o’rmonlari yoki daraxtzorlar tagiga tushgan barglar, shox-shabbadan 
iborat to’shamaning qalinligiga bog’liq. To’shama ostida chirish boshlangan 
bo’lsa, yuzasida bu jarayon dastlabki bosqichda bo’ladi. To’shamada bir necha 
turga mansub zamburug’lar ketma-ket yashaydi, zamburug’lar faoliyati 
tugallangan qavatda tuproq kanalari uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Ular 
o’zlashtirib parchalagan qoldiq boshqa hayvonlar yashashi uchun qulaylik 
tug’diradi. Bir yil o’tgandan so’ng to’shamaning chuqur qatlamlarida 
dumoyoqlilar, kanalar, chuvalchanglar va boshqa umurtqasizlar ko’plab 
ko’payadi. Shu ketma-ketlikda davom etgan suktsessiya jarayoni yillar 
davomida ro’y beradi. Suktsessiya jarayonida hosil bo’lgan organik va mineral 
moddalar tuproq bilan aralashib, uning unumdorligini oshiradi. 
Organizmlarning qoldiqlari (chiqindilari, jasadlari, barg va boshqalar) erga 
tushib jadal degradatsiyalanmaydi, aksincha yangi yashash joyini vujudga 
keltiradi. Qoldiqlarni turli o’troq organizmlar egallab olib yashay boshlaydi. 
Ma’lum muddat o’tgandan so’ngina shu joyda boshqa yo’nalishdagi 
o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.
Avtogen o’zgarishlar biologik jarayonlarning mahsuli bo’lsa, allogen 
suktsessiyalar tashqi geofizik va kimyoviy sharoitlarni o’zgarishi natijasida 
ro’y beradi.


115 
Allogen o’zgarishlar natijasida, jumladan, suv havzalarning quyi 
oqimlarni loyqa bilan to’lishi, botqoqliklarni qurib borishi bilan ular o’rnida 
o’simliklar qoplami shakllanadi. Daraxt va butalar uchun qulay sharoit 
yaratiladi. Allogen o’zgarishlar abiotik omillar (loyqa, ta’siri va boshqalar)ga 
bog’liq amalga oshadi. 
Jamoalarning asta-sekin o’zgarishlari natijasida bir jamoa ikkinchisi 
bilan almashinadi. Bunday o’zgarishlarning sababi jamoaga uzoq vaqt 
davomida tashqaridan ma’lum yo’nalishidagi omilning ta’siri natijasidir. 
Ekotizimlardagi bunday almashinish avtogen o’zgarish deb ataladi. Avtogen 
suktsessiya birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Suktsessiya o’simlik va 
hayvonlardan butunlay holi bo’lgan joylardan boshlansa, birlamchi 
o’zgarishlar kelib chiqdi. Muhit sharoitlarining o’zgarishi bilan bir jamoaning 
ikkinchisi bilan almashinishi ikkilamchi suktsessiya hisoblanadi. 
Jamoaning birlamchi shakllanishi qurib qolgan ko’l va dengiz o’rnida, 
qumli yotqiziqlarida, yalang’och qoyalar va qoyatoshlarda, tosh-shag’alli 
joylarda kuzatiladi. Bu joylarda dastlabki, tasodifiy kelib qolgan urug’lardan 
ungan o’simliklar yashaydi, keyinchalik hayoti o’simliklar bilan bog’liq 
hayvonlar jamlanadi. Umuman, birlamchi suktsessiyada dastlabki bosqich, 
guruhlanish va jamoaning barqaror shakllanish davrlari kuzatiladi. 
Jamoalardagi ikkilamchi suktsessiyalar tashqi muhitning, yashash sharoitining 
asta-sekin yoki keskin o’zgarishlari natijasida sodir bo’ladi.
Iqlim, tuproq, tirik organizmlar va antropogen omil jamoalarga ta’sir 
etishi 
mumkin. 
Masalan, 
yangi 
erlarning 
o’zlashtirilishi 
bilan 
agrotsenozlarning shakllanishi ikkilamchi suktsessiya natijasida hisoblanadi. 
Tabiatdagi turli falokatlar va halokatlar (er silkinishlari, vulqonlar harakati, 
to’fonlar, yog’inlar va boshqalar) natijasida jamoalarning almashinishi
turlarning nobud bo’lishi va keyinchalik asta-sekin tiklanishi kuzatiladi. 
Jamoadagi o’zaro tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarning 
uyg’unligi davri klimaks deb nomlanadi. Jamoaning klimaks davri nisbiy bo’lib, 
jamoadagi tashqi ichki omillar ta’sirida buzilishi mumkin. 


116 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin