Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Energiya oqimi 
Ekotizimlarning funktsiyalanishi uchun energiya fotosintez jarayoni 
hisobiga yig’iladi. Ekotizimlarni mustaqil organik massani yig’ishi avtoxton 
jarayon deb nomlanadi. Ekotizimlarga organik massa tashqaridan loyqa bilan, 
oqim orqali va shamol vositasida kelishi mumkin. Bu holat alloxton jarayon 
nomini olgan. Avtotroflar va geterotroflar o’rtasida shakllangan ekologik va 


108 
evolyutsion bog’liqlik tufayli tabiatda biogen moddalar uzluksiz aylanib 
turadi. Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik 
energiyalariga aylantiradi. Mazkur jarayonni har bir bosqichida energiya sarfi 
kuzatiladi, quyi bosqichda issiqlikka aylanib tarqab ketadi. O’simliklar 
tomonidan hosil qilib jamlangan energiya biogeotsenozlarning ozuqa zanjiri 
bo’lib taqsimlanib boradi, ya’ni 4-6 bo’g’indan tashkil topgan ozuqa zanjiridagi 
organizmlar ketma-ketlikda bir-biri bilan oziqlanishidan tashqari, noqulay 
sharoitda boshqa ozuqa zanjiri tarkibidagi organizmlar bilan ham oziqlanishi 
mumkin. Bir qancha ozuqa zanjirlari o’zaro bog’lanib, bog’lanish to’rini hosil 
qiladi. 
Konsumentlar o’rtasidagi modda va energiyaning o’zgarishi 
kuzatilganda ma’lum bo’ladi-ki, ular qabul qilgan ozuqa to’lig’icha xazm 
bo’lmaydi. Ozuqaning xazm bo’lmagan qismi ahlat bilan tashqariga chiqarib 
tashlanadi. Chiqindilar ozuqa zanjiridagi boshqa organizmlar uchun energiya 
manbai hisoblanadi.
Ozuqa o’zlashtirish ko’rsatkichi uning tarkibi va hayvonlarning ovqat 
xazm qilish tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, saprofaglar ozuqani 10-12% ni, 
yirtqichlar – 75% ini o’zlashtira oladi. Energiyaning asosiy qismi 
organizmning hayotiy jarayonlari uchun sarf bo’ladi, ma’lum qismi 
dissimilyatsiya mahsulotlarini tashqariga chiqarib tashlash uchun sarf bo’ladi. 
Organizmdagi metabolitik jarayonlarni ta’minlash uchun sarflanadigan 
energiya nafas olish energiya sarfi deb nomlanadi. Chunki organizmdan 
ajralayotgan karbonat angidrid miqdori asosida undagi energiya sarfini 
ifodalash mumkin. O’zlashtirilgan ozuqaning oz qismi organizmning o’sishi, 
zaxiraga energiyani to’plash va umumiy og’irligini oshirishga ketadi. Turli 
tartibli konsumentlardan yoki bir trofik darajadan ikkinchisiga o’tayotganda 
energiya va mahsulotlar kamayib boradi. Har bir trofik darajaning 
mahsuldorligi avvalgi daraja mahsuldorligi bilan chegaralanadi. 
Trofik darajalari qolgan mahsulot va energiya zahiralari o’lik organik 
qoldiq bilan birga biotsenozning umumiy energiya va mahsulotlar zaxirasini 
tashkil etadi. 
Ikki xil ozuqa zanjiri farqlanadi:
a) sarflanish zanjiri; 
b) parchalanish zanjiri. 


109 
Trofik zanjirlar avtotroflardan boshlansa, sarflanish zanjiri deyiladi. 
Agar ozuqa zanjiri o’simlik qodiqlari, hayvonlar jasadi va 
chiqindilaridan boshlansa, parchalanish (detrit) zanjiri deb ataladi. 
Ikkilamchi mahsuldorlik yangi biomassa hosil bo’lish jarayoni tezligini 
ifodalaydi. O’simliklardan farqliroq, hayvonlar oddiy molekulalardan 
murakkab mikromolekulalarni sintezlay olish imkoniyatiga ega emas. Ular 
uchun energiya manbai o’simliklar yoki boshqa geterotroflar hisoblanadi. 
Birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik o’rtasida bog’liqlik bo’lishi bilan birga, 
ma’lum mutanosiblik zarur. Masalan, ko’l zooplanktonlarning biomassasi 
fitoplanktonlar biomassasiga bog’liq, cho’l hayvonlarining mahsuldorligi o’t-
o’lanlar mahsuldorligi bilan belgilanadi. 
Trofik tuzilmada produtsentlar biomassasi konsumentlarnikidan doimo 
yuqori bo’ladi. Mahsuldorlik piramidalar shaklida ifodalanganda, keng asosni 
produtsentlar va keyingi darajalarni konsumentlar va redutsentlar tashkil 
etadi. Shunday qilib tabiatda ekologik piramida hosil bo’ladi. 
Ekologik piramida ilk marta Ch.Elton (1927) tomonidan tuzilib sonlar 
piramidasi deb atalgan.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin