106
ekotizim tabiatning asosiy birligi sifatida uning hajmi chegaralangan emas va
turli darajadagi kenglikni egallashi mumkin. Ekotizmlar kontseptsiyasi bilan
bir davrda biogeotsenozlar haqidagi ta’limot ham yuzaga keldi. Bu ta’limot
asoschisi akademik V.N.Sukachev (1942) edi. Ekotizim turli darajadagi kenglik
bo’ylab moddalar
aylanashini inobatga olsa, biogeotsenoz alohida olingan
muayyan o’simlik qoplamiga, fitotsenozga xos tushuncha.
Biogeotsenologiya geobotanikaning bir tarmog’i sifatida shakllanib, u
ma’lum sharoitda fitotsenozda tuproq,
hayvonlar, mikroorganizmlar va
boshqa omillar bilan birligini tadqiq etadi.
Ekotizim va biogeotsenoz kontseptsiyalari biri-birini to’ldiradi va biri
ikkinchisi uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Ekotizimlar biogeotsenozga
nisbatan kenroq tushuncha hisoblanadi.
Ekotizimda anorganik moddalar zahirasi
va uch xil ekologik guruhga
mansub organizmlar bo’ladi. Birinchi guruhga yashil o’simliklar kiradi va
produtsentlar deb nomlanadi. Produtsentlar barcha biotsenozlarning asosini
tashkil etib, quyosh energiyasini bog’langan kimyoviy energiyaga aylantiradi,
energiyaning bir qismi zahirada saqlanadi. Produtsentlarning ayni shu qismi
ikkinchi guruh organizmlar –
konsumentlar tomonidan o’zlashtiriladi.
Hayvonlar o’simliklar tomonidan g’amlangan organik moddaning
iste’molchilaridir. Ozuqa zanjiridagi o’rniga qarab, turli tartibli konsumentlar
guruhi farqlanadi. Ikkinchi tartibli konsumentlar guruhiga o’txo’r
hayvonlar
bilan oziqlanuvchi yirtqichlar kiradi. Yirtqichlar tanasida parazitlik bilan
hayot kechiruvchi sodda hayvonlar, chuvalchanglar va boshqalar uchinchi
tartibli konsumentlar hisoblanadi.
O’simlik
va hayvonlarning qoldiqlari, jasadlar o’zida energiya saqlaydi.
Nobud
bo’lgan
o’simlik
va
hayvonlarning
organik
qoldiqlari
mikroorganizmlar, ya’ni saprofit holda yashovchi bakteriyalar va
zamburug’lar ta’sirida parchalanadi. Bu guruhga mansub organizmlar
redutsentlar deb ataladi. Produtsentlar va konsumentlar qoldiqlari
redutsentlar yordamida parchalanib produtsentlar o’zlashtira
oladigan
darajaga keladi. Ayni ekologik guruhlar o’rtasida mustahkam ozuqa zanjiri
vujudga kelib, ular bo’ylab moddalar aylanishi amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: