99
kuzatiladi: a) trofik, b) topik, v) forik, g) fabrik aloqalar.
Trofik aloqalar – biotsenozdagi eng muhim munosabatlar, ya’ni bir turni
ikkinchi tur bilan yoki uning qoldig’i bilan oziqlanganda yuzalanadi.
Biotsenozdagi parazit-xo’jayin va yirtqich-o’lja munosabatlari trofik aloqalar
bir turning faoliyati natijasida ikkinchi tur uchun zarur bo’lgan oziqlanish
sharoitidagi o’zgarishlar bilan ifodalanadi.
Tabiatda bir tur ikkinchi hayvon uchun
yashash sharoitini yaratib
beradi. Ektoparazitlar, go’ngda hayot kechirayotgan hasharotlar
topik aloqalar
asosida yashaydi va rivojlanadi. Biotsenozda trofik va topik aloqalar muhim
o’rin tutadi va uning hayoti va funktsiyalanishini ta’minlovchi omillardan
sanaladi.
Forik aloqalar bu bir turni boshqa tur yordamida tarqalishida kuzatiladi.
Tabiatda o’simlik urug’lari, mayda hayvonlar boshqa
organizmlar vositasida
bir muncha uzoq masofalar bo’ylab tarqaladi. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilar,
qushlar va sut emizuvchilar tanasida, yung va patlari orasida bir mintaqadan
ikkinchisiga ko’chishi mumkin.
Fabrik aloqalari tufayli bir hayvon uya qurishi uchun ikkinchi hayvon
yoki o’simlikdan, ularning turli qoldiqlaridan foydalana oladi.
Qushlar uya
qurish uchun sut emizuvchilar yunglaridan, boshqa qushlarning patlari va
o’simlik qoldiqlaridan foydalanadi. Buloqchilar uyalari o’simlik
qoldiqlari,
yumshoqtanlilarning chig’anoqlari bo’laklaridan tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: