96
kuchini ham belgilaydi. Populyatsiya miqdor zichligiga ta’sir
etuvchi asosiy
omillar – tug’ilish, o’lim va migratsiya darajasidir. Yashil olma shirasining
serpushtliligi ovqat resurslariga bog’liq.
Jumladan, bahor va dastlabki yoz
oylarida daraxtlardagi yosh, sersuv barglarning bo’lishi ko’payish darajasining
yuqori bo’lishiga sharoit yaratadi. Populyatsiyada miqdor zichlikning ortishi
ozuqa resurslarining nisbiy kamayishiga mutanosib ravishda bog’liq bo’ladi.
Muhitning abiotik omillari populyatsiya zichligiga ozuqa orqali va to’g’ridan-
to’g’ri ta’sir etadi. Jumladan, yoz oylarida haroratning ko’tarilishi va nisbiy
namlikning kamayishi bilan olma barglari qalinlashib, dag’allashadi va
shiralar
oziqlanishi uchun noqulaylik tug’diradi. Natijada shiralar namlik
nisbatan yuqoriroq bo’lgan joylar, yoki o’sayotgan olma daraxtlarining
bachkilariga uchib o’tadi va hayotni davom ettiradi.
Shiralarning qishlovchi
tuxumlariga abiotik omillar to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etishi mumkin. Masalan,
qish iliq kelgan yillari yashil olma shirasi tuxumlaridan 90-95 % sirkalar
chiqishligi kuzatilgan, aksincha, qish fasli noqulay kelganda, ushbu ko’rsatkich
65-70% dan ortmaganligi qayd etilgan. Yashil olma shirasining mavsumiy
ko’payishi kuzatilsa, aprel oyining o’rtalarida uning populyatsiya miqdor
zichligi eng yuqori darajaga etadi. Bu davrda
tur ichidagi munosabatlar
etakchi ahamiyatga ega bo’ladi va boshqaruvchi omil sifatida populyatsiyada
nimfa va qanotli shiralarning voyaga etishini tezlashtiradi.
Populyatsiya zichligini boshqarishda ozuqa resurslari cheklangan holda
ro’y beradi. Shiralardan boshqa ayrim turlarda populyatsiya zichligining
ortishini chegaralovchi mexanizmlardan biri o’zaro kimyoviy ta’sir etishdir.
Rivojlanayotgan itbaliqlar miqdor zichligi yuqorilay borishi jarayonida
yirik itbaliqlar ajratgan maxsus modda mayda individlar rivojlanishini
to’xtatib qo’yadi. Bitta etuk itbaliq 75 l suvda oziqlanayotgan barcha
itbaliqlarning o’sishini cheklab qo’yishi mumkin.
Yirik itbaliqlar voyaga etib,
quruqlikka chiqib ketgach, suvda ular ajratgan kimyoviy moddaning ta’sir
kuchi susayadi, shundan so’ng mayda itbaliqlar o’sishi davom etadi. Buning
ekologik mohiyati shundan iboratki, suv havzasidagi
barcha itbaliqlar bir
muddatda voyaga etmaydi, ularda ketma-ket rivojlanish ro’y beradi. Dastlab
etuk itbaliqlar oziq resurslarini jadal o’zlashtirish hisobiga metamorfozni tez
tugallaydi. Ulardan so’ng mayda itbaliqlar uchun qulay sharoit yaratiladi.
Ozuqa zahirasining kamayish xavfi tug’ilganda, hayvonlarda o’z bolasini
97
tutib eyish (kannibalizm hodisasi) kuzatiladi. Masalan, noqulay sharoitda
olabug’a balig’i chavaqlarini eb hayot kechiradi. Davomli ocharchilik davrida
yirik sut emizuvchilarda ham shunga o’xshash holat yuz beradi.
Yashil olma shirasi koloniyalarida qanotlilar ko’plab uchragan davrda
nimfa va qanotlilar populyatsiyaning deyarli 2G’3 qismini tashkil etadi. Shu
muddatda qanotli shiralarning migratsiyasi ro’y
beradi va populyatsiya
miqdor zichligi sekin-asta pasayib boradi. Populyatsiyada nobud bo’lgan
individlar ham kuzatiladi.
Ma’lumki, yuqori miqdor zichlikdagi populyatsiyalarda turli kasalliklar
tez tarqaladi. Foydali hasharotlar shiralar koloniyalariga aprel oxirlaridagina
uchib o’tadi. Dastlab parazit parda qanotlilar – afidiidlar faol bo’lsa,
keyinchalik shiralar miqdor zichligining boshqarilishida turli entomofaglar
(xonqizi qo’ng’izi, oltinko’z, ularning qurtlari va boshqalar) faoliyati samarali
bo’ladi. Entomofaglar yoz davomida shiralar sonini kamaytirib boshqarib
turishda muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilar asosida shuni izohlash
mumkin, ya’ni boshqaruvchi omillarning faollik darajasi populyatsiya miqdor
zichligiga bog’liq. Populyatsiya zichligi eng
yuqori darajaga etganda tur
ichidagi munosabatlar asosiy ahamiyatga ega bo’lsa, faollikning quyi darajasi
parazit va yirqich hasharotlarga bog’liq bo’ladi. Entomofaglar tabiiy tenglikni
uzoq vaqt davomida bir me’yorda ushlab turishi mumkin bo’lgan
boshqaruvchi omillardir.
Tabiatda bu omillar boshqa turlar populyatsiya zichligining
boshqarilishida ham yashil olma shirasiniki kabi ketma-ket, bosqichma-
bosqich namoyon bo’ladi.