100
biotsenozlar –
agrotsenozlar deb nomlanadi. Agrotsenozlardagi
turlar xilma-
xilligi, miqdoriy ko’rsatkichlari uning tarixiga, yoshiga ham bog’liq. Yangi
shakllanayotgan yosh biotsenozlarda kam sondagi turlar uchraydi, vaqt o’tishi
bilan undagi turlarning sifat va miqdor tarkibi borqarorlashib boradi. Shuni
e’tiborga olish zarurki, eng sodda biotsenozda ham kamida bir necha o’n tur
uchraydi. Bitsenozdagi turlar xilma-xilligini ortishida o’simliklar
dunyosi
asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Odatda qalin qoplamli hayvonlar va
mikroorganizmlar uchun xilma-xil yashash joylarini shakllanishiga olib keladi.
Yashash sharoitlarining xilma-xilligi biotsenozning turlarga boy
bo’lishligini ta’minlaydi. Biotsenozda har bir organizm qulay sharoit topishi
bilan birga, u bilan trofik va topik aloqada bo’lgan
boshqa organizmlarning
yashashi uchun zarur bo’lgan sharoitni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Biotsenozdagi turlar soni va xilma-xilligini o’rganishda dastlab ularning
ro’yxati tuziladi va qiyosiy tahlil etiladi. Lekin bu holat taksonomik jihatdan
bir muncha noqulaylikka sabab bo’ladi. Ma’lum hududni egallovchi
biotsenozni to’lig’icha tadqiq etish ancha mushkul ish,
shuning uchun uning
turli joylaridan namunalar olish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki,
olinayotgan namunalarga, eng avvalo, mazkur biotsenozda eng ko’p tarqalgan
turlar to’g’ri keladi. Undagi barcha turlar haqida ma’lumot to’liq bo’lish uchun
namunalar soni ko’p bo’lishi zarur. Lekin namunalar soni ma’lum darajada
cheklangan bo’lishi kerak. Masalan, biotsenozda 5 turga mansub 100 individ
yashasa, ulardan 96 tasi bir turga qolgan 4 tasi alohida turlarga mansub
bo’lishi mumkin. Bu holda mazkur biotsenoz bir turdangina iborat bo’lganday
tasavvur etiladi. Aksincha holat ham bo’lishi mumkin, ya’ni har bir tur 20
tadan individga ega bo’lib, jami 100 donadan tashkil etishi mumkin,
bunday
holatga biotsenoz boshqacharoq e’tirof etiladi. Ayni yo’nalishdagi
qiyinchiliklarning oldini olish uchun xilma-xil ko’rsatkichdan faydalaniladi.
Biotsenozdagi turlar xilma-xilligi Simpson va Shennot ko’rsatkichlari asosida
tahlil etiladi.
Simpson ko’rsatkichi quydagi formula asosida ifodalanadi:
1 (D)=S∑Pi2I=1 bunda, 1-turning ayni jamoadagi ulushi Pi bo’lsa, S
mazkur jamoadagi barcha turlar sonini ifodalaydi.
Shennon ko’rsatkichi quydagicha ifodalanadi: H=-∑Pi2log2Pi
Ushbu tenglamada ∑ - summa, Pi har bir turning mazkur biotsenozdagi
101
ulushi (miqdori yoki zichligi massasi), log2Pi esa Pi qiymatining ikkilama
logarifmi.
Son jihatdan ko’p bo’lgan va ko’zga yaqqol tashlanadigan tur ayni
biotsenozda dominant (hukmron)lik qiladi va uni
dominant tur deb
nomlanadi. U bitsenozning yadrosini tashkil etadi.
Dominant turlarning
barchasi ham biotsenozga o’z ta’sirini bir xil darajada o’tkazmaydi. Ularni
orasida maxsus muhitni hosil qiluvchi turlar – edifikatorlar ajralib taradi.
Edifikatorlar biotsenozning «quruvchi» lari bo’lib uning xususiyatlarini
belgilab beradi.
Biotsenozdagi har bir turning o’rnini aniqlashda uning mo’lligi e’tiborga
olinadi. Bu ko’rsatkich odatda muayyan hududga nisbatan ifodalanadi.
Masalan, tarqalish darajasini belgilaydi. Tarqalish darajasi biotsenozda
turlarning uchrash chastotasini ifoda etadi. U umumiy namuna maydonchalar
sonini tur uchragan maydonchalar soniga qiyoslash asosida aniqlanadi.
Dominantlik darajasi ma’lum
bir tur miqdor zichligining, ushbu guruhdagi
umumiy zichlikka bo’lgan nisbatini bildiradi. Masalan, ma’lum hududda
uchrovchi 2000 ta qushning 80 tasini maynalar tashkil etsa, uning
dominantlik darajasi 40% ni tashkil etadi. Shunday qilib, biotsenozlarning
sifat va miqdor ko’rsatkichlarini tahlil etish asosida uning o’ziga xos
xususiyatlari va barqarorligi haqida ma’lum xulosaga kelish mumkin.
Biotsenozdagi topik aloqalar zamirida konsortsiyalar tashkillanadi.
Dostları ilə paylaş: