Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning biologik usuli
Ma’lumki, hasharotlar nihoyat darajada serpusht va tez ko’payuvchi
organizmlardir. Lekin, obi-havo sharoitlari, foydali va zararli organizmlar
o’rtasida shakllangan evolyutsion munosabatlar hasharotlarni keskin ko’payib
ketishini chegaralab turadi. Garchand umumiy ko’payishga nisbatan tabiatda
«oz» miqdorda zararkunanda hasharot qolsa-da, ular qishloq ho’jaligi
ekinlariga katta zarar keltiradi. Masalan, g’o’za zararkunandalari hamda
kasalliklari ko’payganda, ularga qarshi keskin choralar ko’rilmasa,
etishtirilgan paxta hosilining 25-40%i nobud bo’ladi. Kuzatishlar shuni
ko’rsatadiki, bitta ko’sak qurti 20 ta hosil elementini 2-4 ta ko’sakni
zararlaydi. G’o’za shiralari esa paxta hosilini o’rta hisobda 1,5% gacha
kamaytirib yuborishi mumkin. Shaftoli daraxti tanasida yashaydigan shira esa
yil davomida bitta daraxtdan 50-550 kg sof qand moddasini o’zlashtiradi.
Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash uchun sarflanadigan mablag’ bir
necha yuz millionni tashkil qiladi. Ularga qarshi kurash choralarini
takomillashtirish, iqtisodiy arzon va atrof-muhit uchun xavfsiz kurash
usullarini ishlab chiqish mutaxassislar va olimlar oldida turgan muhim
vazifadir.
Keyingi yillarda zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy
vositalarning (insektitsidlarning) turlari ko’paytirilmoqda. Bu dorilar yuqori
samarali bo’lishi bilan birga, dalalardagi foydali hasharotlarni qirilishiga
sabab bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, issiq qonli hayvonlar, inson organizmiga
ta’sir etadi hamda atrof-muhitni ifloslaydi.
Hozirgi davrda zararkunandalarga qarshi biologik kurash usuliga katta
e’tibor berilmoqda. Biologik kurash usuli zararli hasharotlarni tabiiy
dushmanlari – foydali hasharotlar, hasharotxo’r qushlar, mikroorganizmlar va
boshqa hayvonlar yordamida qirishidir. Bu usul kimyoviy dorilar
qo’llanilishini keskin kamaytiradi va muxofazalanishida muhim rol o’ynaydi.
O’simliklarni zararkunanda hasharotlardan biologik yo’l bilan himoya
121
qilish yangilik emas, undan u yoki bu ko’rinishda insonlar ko’pdan beri
foydalanib kelganlar. Bu usulga oid fikrlarni rivojlanishi o’tgan asrning
o’rtalariga to’g’ri kelsa, «beminnat yordamchilardan» rejali foydalanish
asrimizning ikkinchi yarmida amalga oshdi. Hozirda bu usul qishloq
xo’jaligida juda keng qo’llanilmoqda.
Hozirgi paytda biologik kurash maydonidagi asosiy himoyachi bu
trixogrammadir. U mayda qanotli hasharot bo’lib, etuklik davrida gul nektari
bilan ovqatlanadi, asosan, tunlamlarning tuxumi ichiga o’z tuxumini qo’yib
rivojlanadi. Parazit tuxumidan chiqqan lichinka o’lja tuxumi hisobiga voyaga
etadi, g’umbakka va etuk formaga aylanadi. Bu hasharot tabiatda erkin
ko’paya oladi, lekin ularni tabiatdagi soni zararkunandalarni to’lig’icha daf
qilishiga qurbi etmaydi. Shu sababli trixogrammalarni maxsus
biolaboratoriyalarda sun’iy ko’paytirilib, dalalarga olib chiqib tarqatiladi.
Bugungi kunda O’zbekistonda bunday laboratoriyalarning soni 800 ga yaqinni
tashkil etadi.
Ko’sak qurtiga qarshi kurashda keng qo’llanilayotgan ikkinchi parazit bu
yaydoqchi gabrobrakondir. Urg’ochisi o’rta yoshdagi ko’sak qurtini tanasiga
tuxum qo’yadi, chiqqan lichinkalar o’z o’ljasi hisobiga voyaga etadi.
Yaydoqchilar o’simlik nektari bilan ovqatlanadi, shuning uchun ularning
tabiatdagi sonini orttirish yo’llaridan biri nektarga boy o’simliklarni ekishdir.
Shiningdek parazit laboratoriya sharoitida ham ko’paytirilib dalalarga
tarqatiladi.
O’rgimchakkanaga qarshi kurashda yirtqich kana – fitoseyulyus qo’l
kelmoqda. Ma’lumki, issiqxona sharoitida o’rgimchakkana 10-25 ta avlod
beradi. Bu esa, ayniqsa bodring hosiliga katta xavf tug’diradi. Kimyoviy
dorilarning qo’llanilishi iqtisodiy nomuvofiq bo’lishi bilan birga, bodring
mevasida yig’ilishi mumkin. Bunday sharoitda zarakunandalarga qarshi
kimyoviy zaharlar o’rnini bosadigan, tabiiy yordamchi – yirtqich kana
tarqatiladi. U o’rgimchakkananing etuk formalarini emas, balki tuxumlarini
ham faol qiradi. Bir dona kana 24 tagacha zararkunandani yoki 30 tagacha
tuxumini eyishi mumkin.
Kechalari chiroq yorug’iga keladigan nozik yashil hasharotlar
oltinko’zlardir.
Urg’ochilari
o’z
tuxumlarini
o’simlik
barglarining
yuqoritomonida 15-30 tagacha, ba’zan 2-3 tadan maxsus poyaga qo’yadi.
122
Lichinkalari nihoyatda harakatchan bo’ladi. Ular juda ko’plab shiralar,
qalqondorlar, o’simlik kanalari, tunlam va kichik yoshdagi qurtlar bilan
ovqatlanadi. Masalan, oltinko’z lichinkasi 1 soatda 30 ta o’rgimchakkanani va
hayoti davomida 4000 shirani yo’qota oladi. Issiqxona xo’jaliklarida bu
hasharotdan ancha keng foydalanilmoqda, keyinchalik ularni sun’iy usulda
ko’paytirish keng yo’lga qo’yilgan, u o’simlik himoyachilarining 1-
yordamchisiga aylanishi mumkin.
Keyingi paytlarda issiqxona xo’jaliklarida yirtqich gallitsa –qo’llash
yo’lga qo’yildi. Bu hasharotlar 60 turdan ortiq shiralar bilan oziqlanadi.
Ularning lichinkasi 1 kunda 65 taga qadar shirani yo’q qiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan foydali xasharotlar o’simlik himoyasida
qo’llanilayotgan biologik agentlarning ayrimlari xolos. Tabiat bizga qator
«beminnat yordamchilar»ni berganki, hozirda ulardan foydalanish yo’llari
ustida
olimlarimiz
ishlamoqdalar.
Jumladan,
bug’doyning
xavfli
zararkunandasi hasvaga qarshi yirtqich qo’ng’izlar telenominlar va fazi
pashshalar (o’z tuxumini hasvaning ko’ziga yopishtirib qo’yadi)ni qo’llash
katta naf keltirgan bo’lar edi. Shuningdek, eng foydali hasharot xonqizi
qo’ng’izlari biologik agentlar qatoriga qo’shilganicha yo’q. O’zbekiston
respublikasining o’zida 30 turdan ortiq xonqizi qo’ng’izlari uchraydi,
shulardan faqatgina 2 tasi zararkunanda xolos. Qolgan barchasi, paxta
dalalarida, bog’larda va boshqa maydonlarda shiralar, tunlamlar sonini
kamaytirib turishda katta rol o’ynaydi. Ayniqsa, sitsimnus qo’ng’izlari
laboratoriya sharoitida oson ko’payadi. Urg’ochi qo’ng’iz o’rtacha 245 ga
qadar tuxum qo’yadi. Lichinkasi 1 kunda 33-37 ta, etuk formasi 15-25 ta shira
bilan oziqlanib, lichinka voyaga etguncha qadar 300 mingdan ortiq
zararkunandani yo’q qiladi.
Foydali bo’g’imoyoqlilardan yana biri – sirfid pashshalaridir. Ko’payishi
arilarni eslatuvchi bu hasharotlar etuklik davrida gullarni shirin nektari bilan
ovqatlanadi, lichinkalari esa asosan shiralarga qiron keltiradi. Lichinkalari
kam harakat, ko’rinishi zuluklarni eslatadi (kattaligi 1 sm ga boradi). Yashil
zarg’aldoq yoki qizil rangda bo’ladi. Ular 1 kunda 200 tadan ortiq shirani yo’q
qiladi.
Biologik kurash usulining keyingi yo’nalishi bu foydali hasharotlarni
iqlimlashtirishdir. Qizil qon shirasi paraziti afelinus bunga misol bo’la oladi.
123
Bu hasharot XX asrning 20-yillarida Shimoliy Amerikadan dunyoning 40
mamlakatiga tarqatilgan. Hozirga paytda bu parazit qizil qon shirasi tarqalgan
barcha tabiiy hududlarda uchraydi. Bahorda olma daraxtlarini yosh novdalari
va tanasining yorilgan joylarida oppoq g’uborni ko’rishimiz mumkin. Bu qizil
qon shirasidir. Agar bu zarakunanda ko’payib ketsa, meva daraxtiga jiddiy
zarar etkazadi. Lekin uning koloniyalari orasida mayda hasharot afelinuslar
o’z tuxumini zararkunanda tanasiga qo’yib, ular sonini keskin kamayishiga
sabab bo’ladi. Shuning uchun ham yozning 2-yarmida oq g’uborlar qolmaydi.
Ular o’rnida nobud bo’lgan shiralar qoladi. Afelinus tabiatda qizil qon shirasi
sonini olmagan iqtisodiy zarar beradigan darajaga ko’tarilishiga yo’l
qo’ymaydi.
1939 yilda Toshkentda mevali daraxtlarva tutning havfli, karantin
zararkunandasi – komstok qurti topilgan edi. Yildan-yilga u keng maydonlarni
egallab zarar keltira boshladi. Ipakchilik xavf ostida qoldi. 1945 yilda bu
«chaqirilmagan mehmon»ga qarshi uning parazit – psevdofikus olib kelindi.
Bu kichik hasharot tezda o’z faoliyatini boshlab yubordi va 60-yillarga kelib
(komstokka) qarshi kimyoviy vositalarni qo’llashga ehtiyoj ham qolmadi.
Yirtqichkana – metaseyluyus o’rgimchakkana bilan oziqlanishga
ixtisoslashgan akarifagdir. Urg’ochisi hayoti davomida 75-80, erkagi 30 dan
ortiq o’rgimchakkana bilan oziqlanadi. Metaseyluyus iqlimlashtirilgach,
mevali bog’larda o’rgimchakkana xavfidan xalos bo’ladi.
Zararkunandalar sonini kamaytirishda hasharotxo’r qushlarning
ahamiyati ayniqsa yuqoridir. Qushlar hasharotlar kamayib ketgan dalalarni
osonlik bilan topadi va zararkunandalarni yo’q qiladi.
Ko’sak qurti ko’paygan yozning 2-yarmida paxta dalalarida ko’plab
qushlarning uchratish mumkin. Bog’larni qurtlardan xalos etishda chittaklar
katta rol o’ynaydi. Bu kush bir kunda o’z vazniga barobar hasharotlarni qiradi.
1 jufti esa 40 tagacha mevali daraxtlarni zararkunandalardan bemalol himoya
qila oladi. Bitta chug’urchuq oilasi jo’jalarini boqish uchun 8000 ga yaqin may
qo’ng’izi
va
lichinkasiga
qiron
keltirishi
mumkin.
Faqatgina
hasharotxo’rlargina emas, balki donxo’r qushlar ham (masalan, chumchuqlar)
hasharotlar bilan ovqatlanadi. Shuning uchun ham foydali qushlarni muhofaza
qilish, ularni ko’payishi uchun shart-sharoit yaratish muhim vazifalardan
sanaladi.
124
Biologik kurashning yana bir sohasi hasharotlarga qarshi mikrobiologik
preparatlarni qo’llashdir. Bu usulda zararkanandalarda kasallik qo’zg’atuvchi
bakteriyalar, viruslar va zamburug’lar foydalaniladi. Hozirda ko’sak qurtiga
qarshi entobakteriya va dendrobatsellin deb ataladigan bakterial preparatlar
qo’llanilmoqda. Bu preparatlar hasharotlarni 50 dan ortig’i samarali ta’sir
etishini aniqlagan. Masalan, ular olma kuyasi, do’lana qurti, karam kuyasi,
g’o’za va kuzgi tunlamlarga qarshi kurashda ishlatilmoqda. Bu preparatlar
odam, hayvonlar va zararsiz hasharotlar uchun zararsizdir, ulardan
hayvonlarni istalgan vegetatsiya fazasida, jumladan, gullash va hosilni olish
davrida foydalanish mumkin.
Hasharotlar tanasida 1200 dan ortiq sodda hayvonlar va yumaloq
chuvalchanglar parazitlik qilishi aniqlangan. Hozirda ularning ayrimlari
biologik agent sifatida foydalanish ustida ishlar olib borilmoqda.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, biologik usul zararkunanda
hasharotlarga qarshi qo’llanib kelinayotgan boshqa usullarni inkor etmaydi.
Faqatgina o’simliklarni himoya etish jarayonida kimyoviy, fizikaviy, mexanik,
agrotexnik va boshqa usullardagi bo’shliqlarni to’ldirishga xizmat qiladi.
Keyingi yillarda, ba’zi bir turlarni soni ortib bormoqda. Ular qatoriga tut
va anor parvonalari, termitlar, ilonbosh baliq, “mayna”, “kulrang kalamush” va
boshqalarni kiritish mumkin. Ularning barchasi har bir turni chuqur
o’rganishni,
monitoring
tizimini
ishlab
chiqishni
taqazo
etadi.
|