Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Populyatsiyaning yosh tuzilmasi



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Organizmlarning tug’ilish va o’lim 
(nobud bo’lish) o’rtasidagi mutanosiblik jinslar o’rtasidagi nisbat bo’lib, 
populyatsiyaning ko’payishi – reproduktsiya imkoniyatini belgilaydi.


83 
Hayvonlar hayotida 3 davr farqlanadi. Jinsiy voyaga etmagan (yosh 
bolalik), jinsiy etuklik va qarilik davrlari. Har xil turda bu ko’rsatkich turli xil 
bo’lishi mumkin. Ko’pchilik hayvonlarda birinchi davr ancha uzoq bo’ladi. 
Masalan, kunliklarning lichinkalari 1-3 yil umr ko’radi, imago davrida 2-3 soat, 
ba’zan bir necha kun yashaydi xolos. Shuningdek, bahorilar voyaga etgan 
davrida oziqlanmaydi, bir necha lichinkasi esa suvda 1-3 yil hayot kechiradi. 
Amerika tsikadasining lichinkalik davri 17 yil davom etadi.
Yosh piramidalari 3 turga bo’linadi. Keng asosga ega bo’lgan yosh 
piramidalar jadal ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlarda kuzatiladi. 
Ularning populyatsiyalarida bolalari soni doimo yuqori bo’ladi. O’rtacha 
asosga ega bo’lgan yosh piramidalar me’yorida ko’payadigan hayvonlar 
populyatsiyalariga xos. Tor asosga ega bo’lgan yosh piramidalar xos bo’lgan 
populyatsiyalardagi tug’ilish ancha past darajada, qarilarning soni ortiq 
bo’ladi.
Hayvonlar populyatsiyalarining yosh tuzilmasiga antropogen omil ham 
ta’sir etishi mumkin. Jumladan, ov qilinadigan hayvonlarning yosh nisbatlari 
imagolarning xo’jalik faoliyati natijasida o’zgarishi kuzatiladi. Masalan, eng 
ko’p ovlanadigan baliqlardan seldsimonlarning 5-6 yoshdagilarigina to’rga 
tushadi. Yoshlari to’r teshiklaridan bemalol o’tib ketadi. 
Turning ko’payish xususiyatlariga bog’liq holda populyatsiya bir 
bo’g’inga yoki bir necha bo’g’inga mansub individlardan tashkil topadi. 
Bahorda chigirtkalarning qishlab chiqqan tuxumlaridan birinchi yoshdagi 
lichinkalar paydo bo’ladi. Mikroiqlimga bog’liq holda lichinkalarning 
tuxumdan rivojlanishi bir tekis ketmasligi mumkin, lekin ma’lum davr 
oralig’ida ularning barchasi tuxumdan chiqib ulguradi. Bu davrda mazkur 
populyatsiya faqat birinchi yoshdagi lichinkalardan iborat bo’ladi. Keyingi 2-3 
hafta davomida individlarning rivojlanishidagi mutanosiblikning buzilishi 
sababli populyatsiyada turli yoshdagi lichinkalar uchraydi. Yoz oxirida esa 
barcha lichinkalar voyaga etib ulguradi va populyatsiya to’lig’icha jinsiy etuk 
individlardan tashkil topadi. Ayrim hayvonlarning populyatsiyalari tarkibida 
turli bo’g’inga mansub individlar uchraydi. Bu kabi hayvonlar 2 guruhga 
ajratiladi: hayoti davomida bir marta va ko’p marta ko’payadiganlar. 
May qo’ng’izining urg’ochilari tuxum qo’ygandan so’ng tez nobud 
bo’ladi. Uning lichinkalari 3 yil hayot kechirib, keyin g’umbakka aylanadi va 


84 
undan etuk hasharot chiqadi. May qo’ng’izining populyatsiyasida bir davrning 
o’zida 4 yoshga mansub individlar uchraydi. Har yili oxirgi yoshdagilari 
voyaga etib hayotini tugallaydi, yangi bo’g’in individlari paydo bo’ladi.
Ko’payishi may qo’ng’iziga o’xshash hayvonlarning bir necha avlodi 
mavsum davomida almashishi mumkin. Masalan, g’o’za tunlami g’umbak 
holda qishlaydi va mavsum davomida 3-4 avlod beradi. Ularning 
populyatsiyalarida, ayrim hollarda ikki yoki uch bo’g’inga mansub individlar 
uchrashi mumkin. 
Hayoti bir necha marta ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlar 
populyatsiyalarining yosh tuzilmalari ancha murakkab bo’ladi. Jinsiy voyaga 
etgan davri qisqa bo’lgan hayvonlarning populyatsiyalaridagi yosh nisbatlari 
barqaror bo’lmaydi. Dala sichqonlari populyatsiyalarining yosh tuzilmasi 
mavsum davomida murakkablashib boradi. Bahorda populyatsiya o’tgan yilda 
tuzilgan individlardan tashkil topadi. Keyin ularga birinchi va ikkinchi bo’g’in 
vakillari qo’shiladi, 3 va 4-bo’g’in dunyoga kelayotgan davrda dastlabki ikki 
bo’g’inga mansub sichqonlar voyaga etib bola beradi. Kuzga borib 
populyatsiyani bahorda tashkil etgan etuk sichqonlar nobud bo’ladi va 
populyatsiya turli yoshga mansub individlardan iborat bo’ladi. 
Uzoq umr ko’ruvchi hayvonlar populyatsiyalaridagi yosh nisbati 
barqaror bo’ladi. Jumladan, Hindiston fillari 60-70 yil umr ko’radi, 8-12 
yoshida jinsiy voyaga etadi. Urg’ochi fil 4 yilda bir marta bir yoki ikkitadan 
bola tug’adi. Ularning populyatsiyalaridagi voyaga etgan individlar soni 80%, 
bolalari soni esa 20% ni tashkil etadi. Populyatsiyadagi bu holat deyarli 
barqaror holda saqlanadi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin