82
organizmlarda ko’payishning dastlabki bosqichlarida - otalanishda aniqlangan
bo’ladi. Xromosomalar o’rtasidagi mutanosiblik va belgilarning almashinishi
bo’lajak avlodning morfologiyasi, fiziologiyasi va fe’l-atvorini belgilaydi.
Populyatsiyaning o’lchami. Har xil turlarning
populyatsiyalari bir-
biriga o’lchami bilan farq qiladi. Tur individlar qanchalik yirik bo’lsa,
populyatsiya areallari keng va bir muncha siyrak tarqalgan,
aksincha mayda
turlar kichik maydonda yoki yuzada zich populyatsiyalarni hosil qiladi. Ushbu
holat populyatsion tuzilmasi mavzusida batafsil ko’rib o’tilgan.
Populyatsiyaning miqdor zichligini o’zgarishida jinslar bir-biriga teng
bo’ladi. Aksariyat hollarda qaysidir jins ulushi yuqoriroq bo’ladi.
Ekologik
nuqtai nazardan populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi
ushbu populyatsiyaning mavqei bilan bog’liq. Masalan, asalarilar, termitlar va
chumolilarda erkaklari faqat otalanishda ishtirok etadi.
Shu sababdan
jamoadagi urg’ochi jinslar nisbati ko’p bo’ladi. Ko’pchilik umurtqali hayvonlar
ontogenezining dastlabki bosqichlarida erkaklari ko’proq uchraydi.
Ondatralar populyatsiyalarida yangi tug’ilgan bolalari orasidagi erkak
va urg’ochilari soni deyarli teng bo’ladi, keyinchalik esa urg’ochilar
soni bir
muncha pasayib ketadi va ular o’rtasidagi nisbat 140:100 ni tashkil etadi.
Tovuqsimonlar va o’rdaksimonlarda ham xo’rozlari ko’proq bo’ladi.
Bolalariga ozuqa topish va ularni katta qilishda erkak va urg’ochilari bir
xil ishtirok etadigan hayvonlar populyatsiyalaridagi jinslar nisbati teng
bo’ladi.
Jumladan, monogam sut emizuvchilar,
qushlar va boshqalar shular
jumlasidandir. Populyatsiyaning barqarorligida urg’ochi organizmlar soni
muhim ahamiyatga ega. Jinslar nisbatiga tashqi muhit omillari ham ta’sir
etadi. Masalan, o’rmon chumolilari tuxumidan Q20
0
S
li haroratdan past
sharoitda faqat erkaklari, yuqori haroratda esa urg’ochilari
rivojlanishi
kuzatilgan. Buning asosiy sababi tuxum yo’lidagi spermalar faqat yuqori
haroratli
sharoitda
faol
bo’lib,
tuxumni
otalantira
olishidir.
Pardaqanotlilarning otalanmagan tuxumlaridan erkaklari rivojlanadi.
Shiralarning erkak va urg’ochilari kech kuzdagina paydo bo’ladi (rivojlanadi),
ya’ni bu jarayonga harorat, kun uzunligining o’zgarishi ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: