73
Hayvonlarning yashash muhitiga moslanish usullaridan biri morfologik
adaptatsiyadir. Hayvonlarning tashqi muhit omillariga
morfologik moslanish
bilan namoyon etadigan yashash tarzi hayotiy shakllar deyiladi.
Hayvonlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida
yashab turgan muhitga mos
ravishda morfologik va ekologik moslanish xususiyatlari shakllangan. Rus
ekologi D.N.Kashkarov birinchilardan bo’lib zooekologiyada hayotiy shakllarni
ilk marta tasnifladi. Olimning ta’kidlashicha, hayvonlarning hayotiy shakllarini
tasniflashda tashqi muhitning umumiy
xususiyatlaridan tashqari,
ayni shu
sharoitdagi
harakatlanish imkoniyatlari, ozuqaning
harakteri va boshqalar
inobatga olinishi lozim. D.N.Kashkarovning tasnifiga ko’ra,
hayvonlarning
hayotiy shakllari quyida berilgan.
Hayvonlarning hayotiy shakllari tasnifi
Hayvonlarning iqlimga bo’lgan munosabati bo’yicha:
I. Covuq qonli hayvonlar
Yil davomida faol hayvonlar
Yilning ma’lum davrida faol hayvonlar
A) yozgi uyquga ketadiganlar
B) qishki uyquga ketadiganlar
II. Issiqqonli hayvonlar
A. O’troq hayot kechiruvchilar
1. Yil davomida faol hayvonlar
2. Yilning ma’lum davrida faol hayvonlar
a) yozgi uyquga ketadiganlar
b) qishki uyquga ketadiganlar
B. Mavsumiy hayot kechiruvchilar
1. Uya quruvchilar
2. Qishki faol hayvonlar
3. Yozgi faol hayvonlar
4. Ko’chib yuruvchilar
74
Hayvonlarning harakatlanishiga moslanish bo’yicha:
I. Suzuvchi hayvonlar
A) nektonlar
B) planktonlar
V) bentoslar
II. Suvda va quruqlikda yashovchilar
A) sho’ng’ib yuruvchilar
B) sho’ng’imaydiganlar va boshqalar
V) faqat suvdan ovqat topadiganlar
Dostları ilə paylaş: