Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

10-rasm. Laylaklardagi uya kommensalizmi 
Tabiatda uya kommensalizmi ko’proq kuzatiladi. Laylaklarning ko’p 
yillik uyalari shox-shabbalari oralarida chumchuqlar ham bola ochadi, sut 
emizuvchilar uyalarida – oqqanotlilar, kanalar, bitlar, burgalar kabi ko’plab 
bo’g’imoyoqlilar yashaydi. Kommensalizm turlarning yanada yaqinroq 
bog’lanishiga imkon beruvchi biotik munosabatdir. 
Organizmlar o’rtasidagi o’zaro munosabat – mutualizm tabiatda keng 
tarqalgan. Bu aloqa vaqtli yoki doimiy bo’lishi mumkin. Doimiy foydali o’zaro 
munosabatni simbioz deb yuritiladi.
Инсонлар ҳаётида бир қанча жониворлар уларга доимо ҳамрох 
бўлиб, уларнинг хизматини қилиб келади. Эҳтимол, миллион-миллион 
йилар яшаган одамлардан бири ўрмондан қандайдир бўри боласини 
топиб олиб уни капасида ўзидан ошган овқатлик билан боқиб, 
тарбиялаб катта қилган. Кейинчалик бу бўри боласи эгасига жуда 


65 
меҳрибон бўлиб уни қўриқлаш, ҳайвонларни ҳам турли йиртқичлардан 
ҳимоя қилиш, капа қўриқлаш каби хизматларни қила бошлаган. Шундай 
қилиб минглаб йиллар оша инсон ўзга бўрилардан ҳосил бўлган энг 
яқин дўсти ит билан бирга яшашга ўтган. Ит одамга бошқа турли ёввойи 
ҳайвонларни ҳам хонакилаштиришга ёрдам берган. 
Одам ит мисолида ўзга дўстлар топиб олганидек, табиатда жуда 
кўп ҳайвон ва ўсимликлар ҳам ўзларига мос бўлган шундай 
ёрдамчиларни топиб олган. Аниқланишича, одам пайдо бўлмасдан анча 
олдинги даврларда турли ҳайвонлар ўзларига шундай ёрдамчиларни 
топиб, бирга яшаб келар экан. Агар кишилар 40 дан ортиқ ёввойи 
ҳайвонларни аста-секин маданийлаштириб ўзларига ёрдамчи қилиб 
олган бўлсалар, биргина чумолиларнинг ўзи бирга яшаш учун 
одамларга 
нисбатан 
50 
баробар 
кўп 
ёввойи 
ҳайвонларни 
"хонакилаштириб" улардан ўз ҳаётлари мобайнида фойдаланишга 
ўтишган. Бу митти жониворлар уяларида минглаб чумолилардан 
ташкил топган жамоа бўлиб яшашларига қарамай яна уйларидан турли 
ҳайвонларга жой бериши, улар билан ҳамкорликда яшашга ўтишлари 
хайратлидир. 
Биз турли ахборот манбаларидан мушукни жўжаларни асраб 
олганлиги, она товуқ эса мушук болаларини етаклаб, ҳимоя қилиб 
юриши, тулкининг хўроз билан дўстлиги кабиларни биламиз. Бундай 
хабарлар газета, журналларда сенсatsiя тарзида берилади. Бироқ, 
табиатда бундай ҳодисалар жуда кўп учрайди. Чўлларда, ўтлоқларда 
юрганимизда эгнимизга қўйтиканнинг игнали мевалари ёпишиб 
қолиши кўпчиликка маълум. Айниқса чорва моллари далаларда ўтлаб 
юрган пайтларида уларнинг юнгларига бундай мевалар жуда кўплаб 
ёпишиб қолади. Ундан ташқари, қўйтикан билан озиқланган 
жониворлар ичагига тушган ўсимлик мевалари ҳазм бўлмай, маълум 
вақтлар ўтганидан сўнг ҳайвон қаерга борган бўлса ўша ерда тупроққа 
бу мева ахлат билан тушиб қолади. Демак ҳайвонлар бу ўсимликни 
табиатда кенг тарқалишига хизмат қилишар экан.
Қизиғи шундаки, янтоқ уруғи ҳайвон ичагига тушмаса ундан янги 
ўсимлик ривожланмас экан. 
Инсонлар жуда кўп нарсаларни, билимларни табиатдан олишади. 
Кишилар ўсимлик ва ҳайвонларни тузилишин ўрганиш билан жуда бой 
илмий маълумотларни тўплаган бўлсалар, эндиликда бу организмларни 
ўзаро биргалашиб тотувликда яшаш сирларни ҳам ўрганиб бормоқда. 


66 
1.
Чумоли ўсимликнинг нектар чиқарувчи безидан нектарни ўзлаштирмоқда, 2. Гул асосининг 
ривожланиши, 3,4-ўсимликлар чумолиларнинг чиқиндисини сўнгалсимон ўсимталари орқали ички 
юза қатламга сўриб олади, 5. Чумолиларнинг бўшлиқлар орқали ўтиши натижасида ўсимлик танаси 
ва юзаси йириклашади, 6. Бу бўшлиқлар бир-бири билан туташмайди, балки ташқарига алоҳида 
очилади. 
Расм-1. Ўсимлик ва чумоли орасидаги симбиоз 
Irisomyrmex авлодига мансуб чумолилар билан Myrmecodia 
авлодига мансуб ўсимликлар орасидаги симбиоз ҳам аҳамиятга сазовор 
ҳодисалардан биридир. Бу ўсимликлар турли дарахтлар танасида 
яшовчи, бу жойларнинг тупроқлари минерал моддаларга камбағал 
жойларда яшаганликлари туфайли доимо минерал моддаларга талабчан 
бўлишади. Бу моддаларга бўлган талабларни ўсимлик чумолилар билан 
ҳамкорликда қондиради. Бу симбиоздан чумолилар ҳам ўсимлик ўзаро 
фойда кўришади. Гап шундаки, чумолилар бу ўсимлик гулининг асосида 
жойлашган (2) нектарларида ҳосил бўладиган шира билан 
озиқланишади (расмдаги 1-унсур). Чумолилар гулда ўзларидан 
чиқарган ташландиқлари (3) эса гул учун яхши туйимли моддалардан 
саналади. Гул чумоли ташландиқларини ўзининг аррасимон шаклдаги 
таглиги билан (4) сўриб олади.
Ko’p hollarda “zohid qisqichbaqa”lar o’z chig’anog’i ustiga 1-2 ta 
aktiniyani “mingashtirib” oladi, bunda aktiniyaga “transport vositasi” bo’lib 
xizmat qilgan qisqichbaqa xavf-xatardan holi bo’ladi, aktiniya ushlagan 
oziqning bir qismi bilan yaxshigina ovqatlana oladi. Chumolilar ham shiralar 
bilan simbioz yashaydi. Chumolilar shiralar naychalarini mo’ylabi bilan 
“qitiqlaganda” hasharot shirin suyuqlik tomchisini chiqaradi, bu tomchi 
hisobiga chumoli ovqatlanadi. Bunday paytda shiralar har minutda tomchi-
tomchi shirin suyuqlik ajratib turadi. Shuning uchun ham agar shiralar biror 
o’simlikda ko’payib ketsa, chumolilar ularni daraxtning boshqa shoxiga yoki 
boshqa o’simlikka ko’chirib o’tkazadi. Hushyorlik bilan ularni tugmacha 


67 
qo’ng’iz, oltinko’z, qandalalar va boshqa dushmanlardan himoya qiladi. 
Shuning uchun ham tabiatda ko’pchilik shiralar doim chumolilar bilan birga 
yashaydi. O’simliklardan lishayniklar zamburug’lar va suv o’tlarining 
birgalikda – simbioz yashashi natijasida shakllangan organizmlardir. 
Turlarning ekologik talab darajasi qanchalik yaqin bo’lsa, tabiatda 
qarama-qarshi munosabat – raqobat vujudga keladi. Bunday turlar birga 
yashagan paytda ular noqulay sharoitga tushib qoladi. Ya’ni ovqat manbalari, 
yashash joyi va boshqalar chegaralanib qoladi. Raqobat o’zaro munosabatda 
bo’ladigan ikkala organizm uchun ham salbiy ta’sir etuvchi biotik aloqadir. 
Shuning uchun ham bir xil ekologik talab darajasidagi turlar bir joyda yashasa, 
ertami, kechmi biri ikkinchisini siqib chiqaradi. Raqobat bir tur ichida ham 
turlararo munosabatda ham uchraydi. 
Qarama-qarshi munosabatlar tur ichida, turlararo to’g’ridan-to’g’ri yoki 
nisbiy bo’lishi mumkin. Turlararo to’g’ridan-to’g’ri raqobat yirtqich-o’lja, 
parazit-ho’jayin munosabatida ifodalanadi. Turlararo nisbiy kurashda o’z 
ozuqasini osonlik bilan topa oladigan hayvon ikkinchisiga nisbatan ustun 
bo’ladi. O’txo’r sut emizuvchilar va chigirtkalar ikkalasi ham fitofag bo’lgani 
uchun ular o’rtasida nisbiy qarama-qarshilik kuzatilmaydi. Tur ichidagi 
to’g’ridan-to’g’ri raqobat yashash joyi ikkinchisi uchun ovqat bo’ladi. G’o’za 
tunlami kapalagi odatda tuxumlar soni bitta tupda 3-5 tagacha borishi 
mumkin, bunda eng avval tuxumdan chiqqan ko’sak qurti o’zidan keyingi 
rivojlangan “nasllarini” eb tugatadi va yakka o’zi mo’l ozuqa hisobiga to’liq 
voyaga etadi. Tur ichidagi nisbiy raqobat kuchsiz individlarning ko’plab 
qirilishiga sabab bo’ladi. Jumladan, bo’ridan ikki quyon qochayotgan bo’lsa, 
tur ichidagi nisbiy kurashda albatta tez yuguradigan epchil va aqlliroq quyon 
yutib chiqadi.
Biotik munosabatlar ichida neytralizm ma’lum hududda birga 
yashayotgan ikki turni bir-biriga ijobiy ham salbiy ham ta’sir ko’rsatmasligida 
ifodalanadi. O’rmondagi olmaxon va loslar umuman raqobatda bo’lmaydi. 
Lekin o’rmondagi yong’in, zararkunandalarning ko’payishi bularga turli 
darajada ta’sir etadi.
Evolyutsiya jarayonida o’simlik va hayvonlarning bir-biri bilan yaqin 
aloqasi birgalikdagi taraqqiyoti ularda o’zaro moslanishlarning vujudga 
kelishiga sabab bo’lgan. Shuning asosida o’simliklarning hasharotlar 


68 
yordamida changlanishi, changlatuvchi hasharotlar, qushlar, sut emizuvchilar 
guruhlari vujudga kelgan: ko’pchilik o’simliklar urug’i hayvonlar yordamida 
tarqalishga moslashgan. O’simlik va hayvonlar o’rtasidagi biotik 
muonsabatlarni eng muhimi ularning ovqat orqali bo’ladigan trofik aloqasidir. 
O’simliklar hayvonlar uchun ovqat manbai bo’lib xizmat qiladi. O’simlikxo’r 
hayvonlarning ozuqaga nisbatan maxsus moslanishi xilma-xil bo’lib, ularning 
ichida so’ruvchi fitofaglar (shiralar, qandalalar, tsikadalar) alohida o’rin 
tutadi. Ko’pchiligi esa o’simliklarning vegetativ yoki er osti organlari hisobiga 
yashaydi. Ko’sak qurtlari g’o’zaning o’sish nuqtasi gul va hosil elementlarini 
zararlasa, tomir qurtlari esa erta bahorda ekin tomirini qirqib zarar etkazadi. 
O’simliklarning changlanishida hayvonot dunyosining roli katta. 
Tabiatda 1600 ga yaqin qushlar bu muhim biologik jarayonni amalga 
oshirishda qatnashadi. Janubiy Amerika va markaziy Amerika o’simliklari 
ma’lum qismining changlanishida ko’rshapalaklar alohida o’rin tutadi. Bizning 
sharoitimizda o’simliklarning, ayniqsa g’o’za gulining changlanishida 
asalarilar muhim ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, ishchi asalari 1 minutda 12 
ta, 1 kunda esa 4000 ta gulga qo’nadi. Bir asalari oilasida 10000 dan 50000 ga 
qadar individlar bo’lishi nazarda tutilsa, ular bir kunda 360 mln. ga yaqin 
gulni changlata oladi. 
Hayvonlar o’simliklarning tarqalishida ham katta ahamiyatga ega. 
O’simlik urug’lari va sporalarining hayvonlar yordamida tarqalishi zooxoriya 
deb ataladi. Hayvonlar urug’lardan ozuqa zahirasini yig’adi. Ularni bir joydan 
ikkinchi joyga siljitadi, bunda urug’larning bir qismi qulay sharoitlarga tushib, 
unib chiqadi. Sariq chumoli koloniyasi a’zolari uyadan 70 m. radiusda 36000 
tagacha o’simlik urug’ini sochar ekan. Tuyoqli hayvonlarning yunglariga 
maxsus moslamalar yordamida ilashib qolgan urug’lar ba’zan minglab km, 
gacha tarqala oladi. Bulardan tashqari, ko’pchilik o’simliklarning urug’lari 
hayvonlar xazm sistemasida butunligicha saqlanib qoladi va ularning 
ekskrementlari bilan boshqa joylarga tushib unib chiqadi. Maynalarning 
chiqindilaridan gilos, olcha, uzum, itburun, shilvi va boshqa mevalar 
urug’larini topish mumkin. Otlar, qo’ylar va yirik shoxli qoramollar go’ngida 
yovvoyi boshoqlilar urug’lari ko’plab saqlanib qoladi. Hisoblanishicha, 1 
gektarga solingan 60 tonna ot go’ngida 90 mingtagacha yovvoyi o’simliklar 
urug’i bo’ladi.


69 
Yuqorida ko’rib o’tilgan biotik munosabatlar turlararo va tur ichidagi 
bo’ladigan murakkab aloqalarning eng xarakterlilaridir. Bu munosabatlarning 
barchasi tiriklikning yagona birlik – biotsenoz darajasida bir-biriga bog’lab 
turadi. Shuning uchun ham biotsenozdagi organizmlar uning ajralmas tarkibiy 
qismi bo’lib, ularni foydali yoki zararli turlarga shartli ajratiladi, chunki 
tabiatdagi hayvonot dunyosi barcha vakillarning o’z o’rni bor. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin