Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Hayvonlarning fe’l-atvor harakatlari asosida tana haroratini idora



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Hayvonlarning fe’l-atvor harakatlari asosida tana haroratini idora 
etilishi. Tashqi muhit haroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan 
issiqlik ajralishi yoki issiqlik ajratishni atrof-muhit haroratining o’zgarishiga 
qarab muvofiqlashishi kimyoviy termoregulyatsiya deyiladi. 
Fizikaviy termoregulyatsiya tanadan issiqlik ajratishning o’zgarishi, ya’ni 
tana issiqligining yig’ilishi yoki aksincha ortiqcha bo’lsa, chiqarib yuborishdir. 


43 
Fizikaviy termoregulyatsiya organizmlarning morfologik va anatomik 
tuzilishlari bilan ifodalanadi. Hayvonlarning yung qoplamlari, qon-tomir 
tizimining joylashish xususiyati, yog’ qatlamlari va zahiralari, teri yoki nafas 
yo’li orqali suv bug’latishni boshqarish fizikaviy termoregulyatsiyani 
belgilovchi omillardan hisoblanadi. 
Hayvonlar bir mintaqadan boshqasiga siljishi, yashash joylarini 
o’zgartirishi va boshqa murakkab fe’l-atvor harakatlari asosida noqulay 
sharoitlarga moslashadi. Ko’pchilik hayvonlar uchun fe’l-atvor harakatlari 
asosida haroratni idora etilishi noqulay sharoitlarga moslanishning yagona va 
samarali usulidir.
Poykiloterm hayvonlar hozirda harorat kam o’zgaradigan suv 
havzalaridagina emas, balki harorat tez-tez o’zgaruvchan mintaqalar – 
quruqlik, mo’’tadil iqlim sharoitida va hatto Arktikada ham uchraydi.
Bu holat poykilotermlarni noqulay iqlim sharoitlariga ham 
moslashganligidan dalolat beradi. Poykilotermlarning hayoti atrof-muhit 
haroratiga mos ravishda o’zgarib turadi. Masalan, Bodenxeylir Shistocerea 
gregaria chigirtkasining faolligi va haroratning o’zgarishi o’rtasidagi 
bog’liqlikni tadqiq etib, quyidagi bosqichlarni farqlagan: 
- past haroratli sharoitdagi karaxtlikdan chiqish; 
- mo’ylovlar va panjalarning sust harakati; 
- ishonchsiz o’rmalash; 
- me’yoridagi harakatlar; 
- o’ta faollik; 
- kuchli qo’zg’alish; 
- yuqori harorat ta’siridagi karaxtlik; 
- issiqdan nobud bo’lish. 
ushbu bosqichlarning harorat ko’rsatkichlari 1-jadvalda ifodalangan. 
2-jadval 
Schistocerea gregaria chigirtkasi faolligining turli bosqichlari mos harorat 
ko’rsatkichlari (Bodenheimer, 1938) 
Tur nomi 
Faollik bosqichlari 








Etuk erkagi (mart oyida) 
5 yoshli lichinkasi 
4,9 
5,5 
10,5 
7,6 
18,0 
20,7 
20,1 
26,0 
32,6 
36,9 
41,8 
45,3 
48,4 
49,2 
50,5 
51,0 


44 
Yuqori haroratga bardoshlilik hayvonlardagi ekologik va evolyutsion 
moslanishlardan biri. Masalan, dengiz umurtqasizlari chuchuk suv 
hayvonlariga nisbatan yuqori haroratga chidamsiz bo’ladi. Jumladan, ko’k 
baqa Q41-44
0
S ga bardosh bera oladi, lekin dengiz umumrtqasizlarining 
ko’pchiligi Q30-32
0
S li sharoitga chidaydi xolos, birgina aktiniyalar Q38
0
S ga 
qadar bo’lgan haroratni osonlik bilan enga oladi.
Quruqlikda yashovchi ayrim hasharotlar esa Q45-50
0
S li sharoitda ham 
ma’lum muddat tirikligini saqlaganligi aniqlangan. Poykilotermlar sovuqqa 
chidamliligi ularning yashash muhiti va tarzi, rivojlanish bosqichlariga bog’liq 
bo’ladi. Sodda hayvonlar -15
0
S da ham tirikligini saqlaydi. Jumladan, 
infuzoriya tufelkaning kipriklari -12
0
S da ham harakatda bo’ladi. Kapalkalar -8 
dan -20
0
S ga qadar bo’lgan sovuqqa bardosh bera oladi. Osiyo chigirtkasining 
tuxumlari -30
0
S da ham nobud bo’lmaganligi aniqlangan. Hayvonlarning 
sovuqqa chidamlilik darajasi tuzlar, glikogen, yog’lar va bog’langan suv 
miqdoriga bog’liq. Masalan, tunlam kapalaklari tanasidagi yog’lar ulushi 18,2-
19,4% bo’lganda, ular – 5.75
0
S li sovuqni hech qanday qiyinchiliksiz o’tkaza 
oladi.
Poykilotermlar atrof-muhit haroratiga moslanish xususiyatlariga ko’ra 2 
guruhga ajraladi: stenotermlar va evritermlar. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin