Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Yorug’lik. Sayyoramizdagi barcha organizmlar yorug’lik energiyasini 
Quyoshdan oladi. Erga etib kelayotgan yorug’lik oqimi ming angestremdan 
(1Ang10-8 sm) qisqa to’lqin uzunligidan tortib bir necha ming metrlar bilan 
o’lchanadi. Er yuzasiga yorug’likning 3900 dan 7700 angestremga qadar 
to’lqin uzunligidagi qismi yoki Quyosh radiatsiyasining 50% ga yaqini etib 
keladi. Faqatgina ultrabinafsha va infraqizil nurlar hamda spektrning 
ko’rinadigan etti xil nurlari hayvonlar hayotida muhim rol o’ynaydi. 
Hayvonlar yorug’lik energiyasini to’g’ridan-to’g’ri va bog’langan holda 
oziqlanishi orqali qabul qiladi (To’lqin uzunligi: 0.29-0.40 Nm li ultrabinafsha 


34 
nurlar, 0.40-0.75 Nm li ko’rinadigan oq nurlar va 0.75-1.0 Nm li infraqizil 
nurlar). 
Yorug’lik hayvonlarning ko’rishi, tevarak atrofni ilg’ashi, fazoda mo’ljal 
olishida asosiy rolni o’ynaydi. Hayvonlar ko’zlari orqali tashqi olam haqidagi 
axborotni qabul qiladi va unga tegishli javob reaktsiyasini qaytaradi. 
Hayvonlardagi ko’rish organlarining mukammallashuvi evolyutsiya jarayoni 
bilan hamohang ketgan. Ko’rish va uning qamrovi ayni guruh hayvonlarning 
evolyutsion rivojlanish darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Umurtqasizlardagi 
eng sodda ko’zlar yorug’likni oddiygina ilg’ash organlari bo’lsa, sodda 
hayvonlarda bu tsitoplazmaning bir qismi sifatida shakllangan. Yorug’likni 
qabul qilish ko’rish pigmentlarining o’zgarishi, ya’ni fotokimyoviy reaktsiyalar 
hisobiga amalga oshadi. Ayrim sodda tuzilgan ko’zlar yorug’lik to’lqinlarining 
o’zgarishlaridangina (masalan, kun va tun almashinishi) dalolat beradi.
Mukammal ko’rish jarayoni murakkab darajada tuzilgan ko’zlargagina 
xos xususiyatdir.
Nisbatan sodda tuzilganligi bilan ajralib turuvchi o’rgimchak ko’zlari 
atrofidagi narsalarni 1-2 sm masofadangina payqay oladi. Eng yuqori darajada 
tuzilgan ko’zlar umurtqalilarda, boshoyoqli mollyuskalarda va hasharotlarda 
bo’ladi. Hasharotlardagi murakkab ko’z va uning ahamiyati orqali 
predmetlarning shaklini, rangini, joylanish uzoqligini farqlay oladi. Baliqlarda 
teleskopik ko’rish, amfibiyalarda harakatdagi narsani ko’rish, qushlarda 1 km 
dan ham, 1 sm dan ko’rish orqali narsa va buyumlarni farqlash mavjud.
Mukammal ko’rish insonlarga, primatlarga, ayrim qushlar – lochin, 
boyo’g’li, burgutlar va tasqaralarga xos. Odam va primatlarda:
- bir vaqtda 2 ko’z bilan qarash; 
- predmet rangini, shaklini aniq ajratish; 
- ungacha bo’lgan masofani aniq hisoblash xos. 
Murakkab darajada tuzilgan ko’zlarning sezgirlik imkoniyati ham yuqori 
bo’ladi. Qorong’ulikka moslashgan inson ko’zlari 5 kvant jadallikdagi 
yorug’likni qabul qila oladi, bu esa ulardagi fizikaviy imkoniyat chegarasini 
ham belgilaydi. Hayvonlarning yorug’lik spektridagi ranglarni ajrata olish 
imkoniyati turlicha. Insonlar qizil, zarg’aldoq, yashil, ko’k-yashil, ko’k-binafsha 
ranglarni ajratadi. Ular ultrabinafsha va infraqizil nurlarni payqay olmaydi. 
Ayrim hayvonlar (kalmarlar, ilonlar) yorug’lik spektridagi infraqizil nurlarni 


35 
osonlik bilan ajratadi va qorong’ulikda ham o’z o’ljasini bemalol topa oladi. 
Asalarilar ko’zga ko’rinmas ultrabinafsha nurlarni payqasa-da, qizil ranglarni 
ajrata olmaydi. 
Ko’pchilik hasharotlarning tinim davridan chiqib faol hayot kechirishiga 
o’tishi yorug’lik kuchiga va haroratga bog’liq bo’ladi. May qo’ng’izi 
(Melolontha hippoicastani)ning g’umbakdan chiqishi quyoshning botishi 
soatiga to’g’ri keladi va bu muddat bahordan yozga tomon sekin asta kechikib 
boradi. Kunlik hasharotlardan Oligoneuriella rhenana havo harorati Q15
0

bo’lib, kun botayotgan paytda uchib chiqadi. Uning rivojlanishida yorug’lik va 
harorat o’rtasidagi mutanosiblik muhim ahamiyatga ega. Yorug’lik kuchining 
o’zgarishi hayvonlarning fe’l-atvor reaktsiyalariga ham ta’sir qiladi. Masalan, 
kun tig’iga kelganda cho’l agamasi yulg’un, saksovul kabi butalarining yuqori 
yaruslariga chiqib olib jon saqlaydi. Harakatda bo’ladigan hayvonlar o’ziga joy 
tanlashda yoritilish darjasini ham hisobga oladi. Kecha-kunduz davomidagi 
faollik uchun ma’lum darajadagi yorug’lik talab etiladi. Hayvonlar kunduzgi, 
tungi, g’ira-shirada faol hayot kechiruvchilar ekologik guruhlariga ajraladi. 
Ularning faolligi mavsumga, iqlim sharoitlari va yorug’lik jadalligiga qarab 
o’zgarishi mumkin. Masalan, cho’l va chala cho’l mintaqalarida yashovchi 
yumronqoziqlar ertalab va kechki paytlarda aktiv faoliyatda bo’ladi, kunduzgi 
paytda uyalarida yashirinib yotadi. Sharoitga bunday moslanish ushbu 
mintaqalarda yashayotgan hasharotlar, sudralib yuruvchilar va sut 
emizuvchilarga ham xos. 
Yorug’likning kunlik va mavsumiy o’zgarishlari hayvonlarning 
urchishiga, migratsiya va boshqa biologik maromlariga o’z ta’sirini o’tkazadi. 
Ba’zi hasharotlar kun qisqarishi natijasida ko’payish jarayonini to’xtatadi, kun 
uzayishi bilan esa ko’payish qayta tiklanadi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin