40
bo’lganda uy pashshasining rivojlanishi jadal ketsada, lekin namlik kamayishi
bilan bu jarayon sekinlashib boradi va butunlay to’xtashi mumkin.
Namlik va hasharotlar serpushtligi o’rtasida ma’lum bog’liqlik mavjud.
Masalan,
Panolis flammea kapalagining 80% urg’ochilari
yuqori namlik
sharoitida qo’shila olmaydi, namlikning ko’tarilishi kapalak serpushtligini
susaytiradi.
Namlikning o’zgarishi hayvonlarning fe’l-atvorida ham o’z
ifodasini
topadi. Jumladan, qon so’ruvchi chivinlar havoning nisbiy namligi 40% dan
past sharoitda issiqqonli hayvonlarga “hujum” qilmaydi va qon so’rishdan
to’xtaydi. Chiriyotgan to’nkadagi namlik ko’tarilgan
taqdirda, unda
oziqlanayotgan ksillofag qo’ng’izlar jadallik bilan to’nkani tark etadi va boshqa
qulay yashash joyiga “qochadi”.
Hayvonlarning geografik tarqalishi va yashash joylarini tanlashi boshqa
omillar bilan birga namlikka ham bevosita bog’liq bo’ladi. Jumladan,
hayvonlarning vertikal mintaqaviy taqsimlanishi
va yashash joylarini
tanlashda ushbu holat asosiy ahamiyatga ega.
Namlik va harorat birgalikda hayvonlarning populyatsiya miqdor
zichligiga sezilarli ta’sir etadi. Bahor va dastlabki
yoz oylarida nisbiy namlik
yuqori bo’ladi, bu esa hasharotlarni ko’plab ko’payishiga imkoniyat yaratadi
va ularning miqdor zichligi yuqori darajaga ko’tariladi.
Yozning ikkinchi
yarmida quruq va issiq havo hasharotlar populyatsiya miqdor zichligini
keskin pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: