Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Harorat. 
Atrof-muhit 
harorati 
hayvonlarning 
ko’payishiga, 
rivojlanishiga, yashovchanligiga, tana haroratiga va moddalar almashinuvi 
jarayoniga, shuningdek populyatsiya miqdor zichligi hamda turli yashash 
joylari bo’ylab taqsimlanishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi. 
Haroratni hayvonlar butun tanasi bo’ylab qabul qilib, ortiqcha issiqlikni 
atrof-muhitga chiqarib tashlaydi. Bu holat muhit haroratiga bog’liq holda 
namoyon bo’ladi va organizmning issiqlik darajasini ifodalaydi.
Ma’lumki, Vant-Goff qoidasiga muvofiq, haroratning 10
0
S ga ko’tarilishi 
kimyoviy jarayonlarni 2-3 martaga tezlashtiradi. Lekin, biologik jarayonlar 
uchun bu qoida haroratning muayyan chegarasidagina amal qiladi, harorat 
ko’rsatkichining ushbu chegarasidan chetga chiqishi organizmlarda 
borayotgan moddalar almashinuvini keskin susaytiradi. Masalan, reptiliyalar 


41 
tuxumining rivojlanishi bilan harorat o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish yo’q. 
Huddi shuningdek, haroratni ko’tarish bilan tovuq tuxumining rivojlanishini 
tezlashtirish mumkin emas, aksincha, jo’jani rivojlanib voyaga etishi uchun 21 
kun davomida doimiy 40-41
0
S harorat zarur.
Hayvonlardagi har bir hayotiy jarayonning borishi uchun haroratning 
quyi va yuqori pog’onasi, optimum chegarasi zarur. Masalan, gulmoy 
balig’ining uvildirig’i 0
0
S da, chavaqlar esa Q 2
0
S da rivojlana boshlaydi. Agar 
harorat shunday tursa, chavaqlarining chiqishi uchun 205 kun, Q5
0
S da 85 
kun va Q10
0
S da esa 41 kun zarur bo’ladi. Kolorado qo’ng’izi Q 12
0
S da 
rivojlana boshlaydi, Q 25
0
S haroratda uning lichinkalik davri 14-15 kun 
davom etadi, Q30
0
S li sharoitda lichinka bor yo’g’i 5,5 kunda voyaga etadi. 
Q33
0
S da u rivojlanishi, fiziologik va biokimyoviy jarayonlari harorat 
o’zgarishiga monand to’g’ri chiziqli ko’tarilmaydi, aksincha, ularning har biri 
turli yo’nalishdagi giperbola chizig’ini hosil qiladi. Ikkinchi tomondan, bu 
jarayonlarning borishi birgina haroratga bog’liq bo’lib qolmay, ularga boshqa 
ekologik omillar ham ta’sir etadi.
Barcha omillar singari haroratning to’g’ridan-to’g’ri ta’siri jamoadagi 
boshqa hayvonlar hayotida, yashash joylarini tanlashida va boshqa holatlarda 
o’z ifodasini topadi. 
Harorat hayvonlar uchun signal vazifasini o’taydi. Uning o’zgarishi bilan 
hayvonlar yashashi uchun qulay joy izlaydi, bir mintaqadan ikkinchisiga 
ko’chadi, ularning hayotida va geografik taqsimlanishida qator o’zgarishlar 
ro’y beradi. 
Hayvonlardagi issiqlik almashinuvi nerv-gumoral yo’l bilan 
boshqariladi. Issiqlik almashinuvining poykilotermlik va gomoyotermlik
usullari farqlanadi. 
Poykiloterm hayvonlarda o’zgaruvchan tana harorati va moddalar 
almashinuvi kuzatiladi. Muhit haroratiga monand poykilotermlarning tana 
harorati ham o’zgarib turadi. Gomoyotermlardagi moddalar almashinuvi bir 
me’yorda ketadi va ular doimiy tana haroratiga ega bo’ladi.
Poykiloterm va gomoyotermlardan tashqari oraliq guruh vakillari – 
geterotermlar ham kuzatiladi. Geterotermlar mavsumiy faol hayot 
kechirganda, ular gomoyotermlar singari tana haroratini doimiy saqlaydi, 
lekin qishki (yumronqoziqlar, olmaxonlar, qo’shoyoqlar, ayrim qushlar) yoki 


42 
chuqur uyquda (ko’rshapalaklar, bo’rsiqlar, ayiqlar, kolibri qushlari, 
jarqaldirg’och va boshqalar) ulardagi modda almashinuvi susayadi, tana 
harorati muhit haroratidan biroz farq qiladi, xolos.
3-rasm. Issiqqonli va sovuqqonli hayvonlar
O’simliklardan farqliroq hayvonlar muskullar bilan ta’minlangan, shu 
sababdan ular o’zining ichki haroratiga nisbatan ham yuqoriroq darajadagi 
issiqlikni ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega. Muskullar qisqarishida hosil 
bo’lgan energiya boshqa organ yoki to’qimalar harakati davomida 
ajaralayotgan issiqlikdan bir necha barobar yuqori bo’ladi, muskullar 
qanchalik tez harakat qilar ekan, ajaralayotgan issiqlikning miqdori ham 
shuncha yuqori bo’ladi. Hayvonlar tana haroratini vaqtincha yoki doimiy bir 
me’yorda boshqara olishi mumkin. 
Hayvonlardagi haroratga adaptatsiyalanishning asosiy yo’llari kimyoviy 
va fizikaviy termoregulyatsiyadan iborat, misol tariqasida kunduzgi va tungi 
aktiv hayvonlarni olish mumkin. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin