Namlik. Suv – tiriklikning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi.
Hayvonlar tsitoplazmasining 70-90%, qo’ng’izlar va kapalaklar lichinkalari
og’irligining 50% va ayrim meduzalar tanasining 90% ini suv tashkil etadi.
Biokimyoviy jarayonlarning borishida suv muhit vazifasini bajaradi. Shuning
uchun ham namlikning me’yorida saqlanishi barcha organizmlar uchun
birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Sovuq harorat, qor qoplami, namlik bilan birga yorug’likning jadalligi,
ayniqsa ultrabinafsha nurlar hayvonlar rangiga jiddiy ta’sir etadi. To’q rang
36
hayvonlarni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, boshqa nurlarni o’ziga
yig’ib tana haroratini me’yorida saqlanishiga yordam beradi.
Namlikka bo’lgan ehtiyoji va yashash joylari bo’ylab taqsimlanishiga
muvofiq hayvonlar quyidagi ekologik guruhlarga ajraladi:
Gidrofillar – hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga gidrobiontlar
kiradi.
Gigrofillar – yashash joylaridagi, havodagi nisbiy namlik yuqori yoki shu
darajaga yaqin bo’lgan sharoitda uchraydigan hayvonlar guruhi. Bu guruhga
qator amfibiyalar, ko’pchilik qorin oyoqli mollyuskalar, yomg’ir
chuvalchanglari, tuproq faunasining asosiy vakillari, g’orlarda yashovchi
hayvonlar va baliqlar mansub.
Mezofillar – o’rtacha namlik sharoitida yashovchi hayvonlar. Ular
mo’’tadil va o’rta tog’ mintaqalarida, madaniy landshaftlarda yashaydi.
Mezofillar namlikni mavsumiy o’zgarishlariga birmuncha bardoshli bo’ladi.
Kserofillar – qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar.
Cho’l, chala cho’l va tog’oldi hududlarda uchraydigan ko’pchilik hasharotlar va
sut emizuvchilar mazkur ekologik guruh vakillaridir. Kserofillarning barchasi
quruq va qurg’oqchil iqlim sharoitlariga keng ma’noda adaptatsiyalangan.
Masalan, Helix desertorum shilliqurti noqulay sharoitda yozgi tinim davriga
o’tadi va uning “yozgi uyqusi” 4 yilga qadar davom etishi mumkin.
Toshbaqalarda yozgi va qishki uyqu mavjud bo’lib, 6-7 oy uxlaydi.
Hayvonlar suvga bo’lgan talabini 4 xil yo’l bilan qondiradi.
1. Bevosita suvni ichish orqali. Ayrim reptiliyalar, sutemizuvchilar va
qushlar suvni ko’plab istemol qiladi. Ayrim qushlar, tuyoqlilar, yirtqichlar,
ko’rshapalaklar uzoq muddatli suvsizlikka chiday olmaydi va suv topish
maqsadida uzoq masofalar bo’ylab uchib harakatda bo’ladilar. Qaldirg’och va
jarqaldirg’ochlar suv havzasi bo’ylab uchib o’tadi va pastlab suvni qabul qiladi.
Tuyalar 2-3 haftagacha suvsiz yura oladi, lekin bir suv ichganda 200 l gacha
suv ichishi mumkin.
2. Ovqat orqali. Cho’l mintaqalarida yashovchi ko’pchilik hayvonlar
(kemiruvchilar, antilopalar va boshqalar) hech qachon suv ichmaydi, ular
uchun iste’mol qilinayotgan ozuqa suv manbai hisoblanadi (metabolitik suv
deyiladi). Gul sharbati, qon bilan oziqlanuvchi hasharotlar ovqat bilan hatto
ehtiyojidan ortiq suvni oladi.
37
3. Teri orqali suvni qabul qilish. Amfibiyalar, ayrim hasharotlar va
kanalar namlikni butun tanasi bo’ylab qabul qiladi. Kolorado qo’ng’izi,
taxtakana havodagi nisbiy namlik minimal darajada bo’lgan sharoitda ham
suvga bo’lgan ehtiyojini tanasi bo’ylab suvning adsorbtsiyalanishi ularning
hayotida muhim ekologik ahamiyatga ega.
4. Metabolitik suv hisobiga yashash. Ya’ni organizmlardagi yog’lar,
oqsillar,
karbon
suvlarning
parchalanishidan
ajralgan
suvning
assimilyatsiyalanishi. Qurg’oqchil iqlim sharoitida yashaydigan kemiruvchilar
turli hasharotlar va tuyalar suvni shu usul bilan o’zlashtiradi. Qulay sharoitda
cho’ldagi sut emizuvchilar va qushlarning tanasida yog’ ko’plab to’planadi,
noqulay mavsum boshlanganda esa, u sarflanadi. Yog’lar hayvonlar uchun
nafaqat energiya manbai, balki suvga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi omil
vazifasini ham bajaradi, chunki yog’ oksidlanib parchalanganda ko’p suv
ajraladi. Don, un, yog’och bilan oziqlanuvchi hasharotlar hayoti ham
metabolitik suvga bog’liq.
Namlik teri orqali, nafas olish jarayonida, siydik, ter va ekskrementlar
bilan transpiratsiyalanishi va bug’lanish mumkin. Namlikni yo’qotishga
nisbatan hayvonlardagi moslanishlar xilma-xil bo’lsada, ularni 3 guruhga
ajratish mumkin.
1. Suv sarfining kamayishi hayvonlardagi morfologik va fiziologik
moslanishlar bilan bog’liq. Qurg’oqchil sharoitda yashaydigan hayvonlarning
tanasi namlikni saqlashga yordam beradigan chig’anoqlar, tangachalar bilan
qoplangan yoki himoya kosachasi bo’ladi, mollyuskalar esa chig’anoqlar bilan
himoyalangan, cho’l hasharotlari tanasi qalin xitindan iborat. Lekin cho’lda
yashovchi hayvonlarning barchasida ham shu singari morfologik moslanish
kuzatilmaydi. Masalan, tekis oyoqli qisqichbaqasimonlarning vakili sanalgan
“eshakqurt” quruqlikda yashaydi, tanasi yupqa-nozik xitin bilan
himoyalangan. Ular Qoraqum va Qizilqum cho’llaridan tortib adir zonalarni
ham egallagan.
Evolyutsiya jarayonida ichki nafas olish organlarining shakllanishi
hayvonlarga suv sarfini birmuncha kamayishiga sabab bo’lgan. Quruqlik
hayvonlarida jabralarni yo’qligi va hasharotlarda, ko’poyoqlilar va
o’rgimchaksimonlar nafas olish organlari sifatida traxeyalar tizimini paydo
bo’lganligi, mollyuskalarda “o’pkalar”, amfibiyalarda o’pka va teri orqali nafas
38
olish, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilarda haqiqiy o’pkalarning taraqqiy
etganligi unga misol bo’ladi.
Siydik va ter hisobiga suv sarfini kamaytirishda organizmlardagi azot
almashinuvini muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Oqsillar
parchalanishi bilan ajralib chiqqan ammiakning juda kam miqdori ham
organizm uchun zaharli ta’sirini ko’rsatadi. Uni zararlantirish uchun esa
yuqori hajmdagi suv sarfi talab etiladi. Hayvonlardagi o’ziga xos moslanishlar
ayni holatni oldini olishga xizmat qiladi. Jumladan, yuqori kontsentratsiyadagi
siydikni ajratish ko’pchilik hayvonlardagi namlikni me’yorida ushlab turishiga
nisbatan adaptatsiyalanish usullaridan biri. Masalan, reptiliyalar, hasharotlar
va quruqlik mollyuskalarining ayrimlari quruq uratlarni ajratadi. Namlik
etarli bo’lgan sharoitda yashaydigan hayvonlar siydigi tarkibidagi
ammiakning umumiy ulushi sezilarli bo’ladi. Hasharotlar (shiralar) ozuqasi
tarkibidagi suvning mo’lligi ular ajratayotgan suyuqlikda ammiak miqdorining
yuqoriligi sabab bo’lgan. Sut emizuvchilar siydigida nisbatan zararsiz
mochevina bo’ladi. U dissimilyatsiya mahsuloti sifatida qon zardobida va tana
bo’shlig’ida yig’ilib, nisbatan yuqori kontsentratsiyada ajralib chiqadi. Siydik
bilan birga zararli tuzlar ham chiqarib tashlanadi. Siydik va qon zardobi
kontsentratsiyalari o’rtasidagi mutanosiblik suvni tejalish darajasini ham
ifodalaydi. Masalan, siydikning plazmaga nisbatan kontsentratsiyasi
odamlarda 4,2 marta ortiq, qo’ylarda bu ko’rsatkich 7,6 ga, tuyalarda – 8 ga va
qo’shoyoqlarda esa 14 ga teng.
Cho’lda yashovchi tangachali sudralib yuruvchilar, toshbaqalar va
qushlar, hasharotlar suvda yomon eriydigan siydik kislotasini ajratadi,
o’rgimchaklar esa, guaninni chiqarib tashlaydi. Guanin va siydik kislotalari
bilan eng minimal darajadagi suv ajraladi. Kemiruvchilar va antilopalarning
tanasidagi kam miqdordagi ter bezlari, quruq najas ulardagi suv sarfi bir
muncha past darajada ekanligidan dalolat beradi.
Namlikni yo’qotish chegarasi barcha organizmlarda bir xil darajada
emas. Masalan, odamlar tanasidagi vaznga nisbatan 22% gacha suvni
yo’qotish mumkin, lekin undan ortiqcha yo’qotganda odam halok bo’lishi
mumkin. Bu chegara tuyalarda 27% ni tashkil etsa, qo’ylarda 23% va itlarda
17% ga to’g’ri keladi.
Suvning tejalishida organizmlardagi qator fiziologik moslanishlar ham
39
muhim rol o’ynaydi. Jumladan, ayrim hayvonlarning ovqat qoldiqlari va najasi
bilan chiqayotgan suv ichaklarda yana so’riladi, tashqariga bir muncha quruq
holdagi najas chiqarib tashlanadi. Shuning uchun ham hayvonlarda namlikni
iqtisod qilinish darajasi chiqindi tarkibidagi namlik me’yori bilan ham
o’lchanadi. Masalan, yaylovdagi qoramol tezagining 100 g og’irligiga 566 g suv
to’g’ri keladi, tuyalarda bu ko’rsatkich 109 g ni, suvsiz sharoitda esa 76 g ni
tashkil qiladi.
Nisbiy namlik past sharoitda yashovchi hasharotlarning ayirish tizimlari
– malpigi naylarining oxirgi yo’g’on ichakning orqa devoriga tutashgan bo’lib,
undagi suv so’rilishi orqali organizm ehtiyoji uchun qayta sarflanadi, ya’ni
reabsorbtsiyalanadi. Namlik etarli bo’lgan sharoitda hayot kechiruvchi va
suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi hasharotlarda esa reabsorbtsiya hodisasi
kuzatilmaydi. Ular siydik orqali tashqariga har xil tuzlar va mochevina
chiqaradi. Bu mazkur hasharotlarning ayirish tizimi bilan bog’lanmagan.
2. Metabolitik suvni o’zlashtirish quruq yoki namligi kam bo’lgan ozuqa
bilan oziqlanib hayot kechiruvchi hayvonlarda kuzatiladi. Kunduz kunlari
uyalarida jon saqlaydigan mayda kemiruvchilar faqat yuqori haroratdagina
himoyalanmay, namlikni ortiqcha sarfini ham oldini oladi. Bu muddatda
namlikka bo’lgan ehtiyoj metabolitik suv hisobidan qoplanadi. Afrika
cho’llarida yashovchi chumolilarning lichinkalari tanasidagi yog’lar
oksidlanishi natijasida ajralgan suv hisobiga yashaydi. Bundan tashqari
ularning gemolimfalari tarkibidagi oqsillar yuqori osmotik bosimni
ta’minlaydi, bu esa namlikning bug’lanishini sekinlashtiradi.
3. Ekologik va etologik adaptatsiyalar xilma-xil bo’lib, keng tarqalgan
moslanishlardan biri cho’l hayvonlarining tungi tarzi yoki qulay yashash
joylarini topish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi va boshqalar
misol bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |