Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Ekologik omillarni hayvonlarning turli funktsiyalariga bir xil ta’sir



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Ekologik omillarni hayvonlarning turli funktsiyalariga bir xil ta’sir 
etmasligi qoidasi. Har bir omil hayvonlarning u yoki bu funktsiyalariga 
turlicha ta’sir etadi. Muayyan bir hayotiy jarayon uchun optimum bo’lgan omil 
kuchi boshqasi uchun pessimum bo’lishi mumkin. Masalan, Q40-45
0
S li 
harorat sovuqqonli hayvonlardagi modda almashinuvi jarayonini tezlashtirsa-
da, lekin ulardagi faollikni keskin pasaytiradi. Bunda hayvonlar tinim holatiga 
o’tadi. Baliqlar tuxumlarini (uvildirig’ini) etilishi uchun muvofiq bo’lgan 
harorat uni tashlash uchun etarli bo’lmasligi mumkin.


29 
Muhit omillari ta’siriga tur individlari javob reaktsiyalarining 
o’zgaruvchanligi va xilma-xilligi qoidasi. Tur individlarining muhit 
omillariga optimal va pessimal chegaralari o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Bu farqlar individlarning nasliy, jinsiy, yosh, fiziologik xususiyatlari bilan 
bog’liq bo’lishi mumkin. Don mahsulotlari zararkunandasi – parvona kapalagi 
qurti uchun minimal kritik harorat – 7
0
S, etuklari uchun – 10
0
S da qurtlar 
nobud bo’lsa-da, lekin zararkunandaning kapalaklari va tuxumlari omon 
qoladi.
Ko’sak qurtiga qarshi qo’llanilgan kimyoviy zaharlar g’o’za tunlami 
kapalagining tuxumlariga deyarli ta’sir etmaydi.
Har bir omilga hayvonlarning nisbiy mustaqil moslanish qoidasi. 
Muhitning xar bir omiliga nisbatan hayvonlarning ekologik valentligi o’ziga 
xos bo’ladi. Biror omilga chidamli bo’lgan hayvon boshqa omillarga ham bir xil 
darajada bardoshli bo’lmasligi mumkin. Masalan, cho’l va tog’ oldi 
mintaqalarida uchrovchi hasharotlar quruq va issiq iqlimga moslashgan, ular 
yuqori namlik sharoitida yashay olmaydi.
Turlar ekologik spektrining o’ziga xosligi qoidasi. Tashqi muhitning 
barcha omillariga nisbatan bo’lgan talabi – ekologik spektri o’ziga xos bo’lib, 
hatto bir xil sharoitda yashaydigan turlarning “ekologik spektri” bir-biridan 
farq qiladi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin