Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Muhit omillarining ta’sir etishini umumiy qonuniyatlari



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 
Muhit omillarining ta’sir etishini umumiy qonuniyatlari 
 
Ekologik omillar qanchalik xilma-xil va ularning organizmlariga ta’sir 
etish yo’nalishlari turlicha bo’lishiga qaramay muhit omillarining 
mavjudotlarga ta’sir etish nuqtai nazaridan ushbu jarayonlarning umumiy 
qonuniyatlari farqlanadi. 
Optimum qonuni. Har qanday omilning mavjudotlarga bo’lgan ijobiy 
yoki salbiy ta’siri, uning kuchiga bog’liq bo’ladi. Omilning mavjudot yashashi 
va rivojlanishi uchun eng qulay miqdor-kuchi optimum chegarasi yoki normal 
hayot zonasi deb nomlanadi. Optimumdan qanchalik chetga chiqila boshlansa, 
tur uchun xos bo’lgan yuqori va quyi kritik nuqtalari ta’sir ko’rsata boshlaydi. 
Omil jadallashuvini ushbu nuqtalardan chetga chiqishi natijasida mavjudot 
nobud bo’ladi (2-rasm).
Kritik nuqtalar chegarasi turning yashovchanlik va moslanuvchanlik 
darajasini belgilab, uning ekologik valentligini ifodalaydi. Turlar optimum 
talab darajasi va ekologik valentligi bilan bir-biridan farqlanadi. Masalan, 
tundradagi oq tulkilar havo haroratining 80
0
S ga (Q30
0
S dan – 55
0
S gacha) 
qadar bo’lgan o’zgarishlariga moslashgan.
Issiq buloqlarda yashovchi Copilia mirabilis qisqichbaqasi suv 
haroratining 6
0
S (23
0
S dan 29
0
S ga qadar) chegarasidagi o’zgarishlarga 
chidaydi xolos.
Keng ekologik valentlikka ega bo’lgan hayvonlar nomlanishiga “evri” old 
qo’shimchasi qo’yib aytiladi. Masalan, evriterm, evribiont, evrigidrid, evrigal, 
evribatlar va boshqalar. Aksincha past ekologik valentlikka ega bo’lganlariga 
“steno” old qo’shimchasi qo’llaniladi, jumladan: stenobiontlar, stenoterm, 
stenobat, stenogidrid, stenogallar. 
Ekologik omilning jadalashuviga bog’liq holda turning chidamlilik 


28 
chegarasini ifodalovchi sxema quyida ifodalandi.
2-rasm. Ekologik omilning jadallashuvi 
Turning valentligi ekologik sharoitlari o’zgaruvchan yashash muhitlarini 
ishg’ol eta olish darajasini ham belgilaydi. Past ekologik valentlikka ega 
bo’lgan turlar omillarning o’ta chegaralangan darajadagi o’zgarishlariga 
moslashgan bo’ladi va ularni stenotoplar deb nomlanadi. Agar tur xilma-xil va 
o’zgaruvchan ekologik sharoitda yashashga moslashgan bo’lsa, ulardagi 
ekologik valentlik chegarasi bir muncha kengligini bildiradi va bunday 
hayvonlar evritoplar guruhini tashkil etadi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin