23
maqsadga yo’naltirilgan muammolar echimini topishi zarur.
Hayvonlar ekologiyasi fanining amaliy vazifasi, eng avvalo, O’zbekiston
hayvonot dunyosini o’rganish, ulardan va biologik xilma-xillikni saqlash
borasidagi umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni hal etishda
o’z ifodasini topadi.
Chorvachilikda qishloq xo’jalik hayvonlarini sermahsul zotlarini
yaratish va iqlimlashtirish, ularni turli kasalliklardan himoya qilishning ilmiy
asoslarini
ishlab chiqish, chorvachilik maxsulotlariga bo’lgan inson
ehtiyojlarini to’laroq qondirish borasidagi tadqiqotlarni kengaytirish zarur.
Yovvoyi va uy hayvonlarining tabiiy biotsenozlarning ta’sirini o’rganish,
biotsenozlar mahsuldorligi va barqarorligini saqlash eng dolzarb vazifalardan
sanaladi.
Qishloq xo’jalik zararkunandalarining tur tarkibini,
ularning turli
mintaqalar sharoitidagi ekologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil etish,
zararkunandalar populyatsiya zichliklarining mavsumiy va ko’p yillik
o’zgarishlarini o’rganish, populyatsiya sur’atlari o’zgarishdagi o’ziga xos
davriylik qonuniyatlarini o’rganish asosida yillik va kelajak bashoratini, ularga
qarshi atrof-muhit va insonlar uchun xavfsiz kurash choralarini ishlab chiqish,
biologik kurash usulini keng joriy etish amaliy
ekologiyaning kundalik
vazifalaridandir.
Baliqchilikni rivojlantirishda baliqlarning rivojlanishi, o’sishi va davriy
ko’chishlarini o’rganish,
suv havzalari va ayniqsa, hovuz baliqchiligi
mahsuldorligini oshirishning ekologik echimini topish va amaliyotga tadbiq
etish zarur.
Ovchilikni xo’jalik sohasiga o’tish, ovlanadigan
hayvonlarning tabiiy
zahiralarini o’rganish, miqdor zichliklaridagi mavsumiy va yillik o’zgarishlarni
aniqlash asosida, rejali ovlashga oid ekologik qoidalarni ishlab chiqish hamda,
ularni amalga oshirish taqozo etiladi.
Biologik xilma-xillikni saqlash va boyitish maqsadida ayrim turlarni
iqlimlashtirish masalalarini hal etish zarur.
Tibbiyot va veterinariya zoologiyasi (ekologiyasi) oldida turli
kasalliklarni keltirib chiqaruvchi hayvonlarni o’rganish
va ularga qarshi
samarali kurash usullarini ishlab chiqish vazifasi turadi.
Keyingi yillarda atrof-muhitning texnogen va geokimyoviy ifloslanishi
24
darajasini bioindikatsiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. Unga muvofiq atrof-
muhit ifloslanishiga o’ta sezgir hayvon turlarini aniqlash, ularda ro’y
bergan
morfologik, fiziologik va ekologik o’zgarishlar asosida ifloslanish darajasini
tahlil etish, bashorat qilish qonuniyatlarini ishlab chiqish hozirgi kunning eng
dolzarb muammolari sirasiga kiradi. Yangi erlarni o’zlashtirish antropogen
ta’sir natijasida faunaning o’zgarishi, agrotsenozlarni tiklanishi va shakllanishi
xususiyatlarini tadqiq etish asosida ushbu masalalarning
nazariy va amaliy
echimlarini topish taqozo etiladi.