21
tadqiqotlarni boshlab, o’zining ekologik maktabini shakllantirdi. Olim
kemiruvchi hayvonlarning biologiyasi, sistematikasini o’rganish bilan birga,
hayvonlar ekologiyasi bo’yicha ham qator ilmiy izlanishlar olib bordi.
Natijada, u birinchilardan bo’lib Markaziy Osiyoni zooekologik tavsifladi, cho’l
biotsenozi va undagi trofik aloqalarni talqin etdi. Uning asarlarida turli
landshaftlarning tuzilmalari, biotsenozlarning ozuqa zanjiri,
tuzilmalari va
ulardagi trofik aloqalar, shuningdek, landshaftlar genezisi va evolyutsiyasiga
oid ilmiy ma’lumotlar tahlil etilgan omillar majmuasi, ular ta’sirida
landshaftlarning o’zgarishi, ayniqsa bu jarayonga antropik omil ta’siri kuchli
ekanligi D.N.Kashkarov ishlarida alohida ta’kidlanadi.
Uning tadqiqotlari
asosida tabiatni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish muammolarning
qator nazariy va amaliy masalalari o’z echimini topdi.
O’zbekistonda
ekologik
yo’nalishdagi
ishlarning
asoschilari
D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlar hisoblanib, ularning hamkorlikdagi ilmiy
faoliyati mahsuli sifatida ekologiya va geografiya maktablari shakllandi.
Mazkur maktab sobiq Ittifoq miqyosida ham etakchi va alohida mavqega ega
bo’lib, ekologiya fanining taraqqiyotidagi o’rni beqiyos bo’ldi.
1930 yillar davomida D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlar tomonidan
“Cho’ldagi hayot”, “Muhit va jamoa”, “Markaziy Osiyo va Qozog’iston
cho’llarining turlari va ulardan xo’jalikda foydalanish istiqbollari”, “Uy
hayvonlari ekologiyasi” va boshqa ko’plab ilmiy asarlar chop etildi. Ushbu
asarlarda ekologiya fanining maqsad va vazifalari,
tadqiqot uslublari,
organizm va muhit o’rtasidagi munosabatlar, organizmlarning yashash
muhitiga moslanish xususiyatlari, shuningdek ekologiyaning boshqa dolzarb
muammolari talqin etilgan.
1920-40 yillarda O’zbekistonda ekologik tadqiqotlar jadal rivojlana
bordi. Bu borada D.N. Kashkarov izdoshlari V.A. Selevin, T.Z. Zoxidov, I.I.
Kolesnikovlarning faoliyati samarali bo’ldi.
1950 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining
Zoologiya va
parazitologiya instituti tashkil etildi. Yangi ilmiy-tadqiqot markazi oldiga
O’zbekiston hayvonot dunyosini o’rganish, muxofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanish muammolari echimini topishga qaratilgan batafsil tadqiqotlar olib
borish vazifasi qo’yildi. O’zbekistonda zoologik – ekologik tadqiqotlarning
samarali rivojlanishida T.Z.Zoxidov, A.M.Muxammadiev, V.V.Yaxontov,
22
M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov, A.T.To’laganov kabi olimlar o’zlarining munosib
hissalarini qo’shdilar.
Zooekologik yo’nalishdagi keng qamrovli ishlarning rivojlanishi
T.Z.Zoxidov nomi bilan bog’langan. Olim 1971 yilda Qizilqum faunasini
o’rganish bo’yicha olib borgan tadqiqotlari asosida “Qizilqum cho’lining
biotsenozlari” monografiyasini yaratdi. Muallif o’z asarida Qizilqum
cho’llarining o’ziga xos hayot makoni ekanligini ta’riflab,
undagi qumli,
sho’rhok, loyli va toshloqli cho’llarni mustaqil biotoplarga ajratadi. Har bir
biotop mayda hududiy birliklar – fastsiyalardan tashkil topishi mumkinligini
ta’kidlaydi. T.Z.Zoxidov talqiniga ko’ra, har bir mintaqa, undagi biotop va
fastsiyalar alohida ekologik faunistik tahlil etilishi va mintaqaviy
rayonlashtirishda bu holatni inobatga olish zarur.
V.V.Yaxontovning “Hasharotlar ekologiyasi” (1963) nomli risolasi
mazmunli darslik sifatida hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
M.A.Sultonovning “O’zbekiston qushlarining gelmintlari” (1963),
A.M.Muxammadievning “Suv havzalari gidrobiologiyasi”
sohaga oid ilmiy
tadqiqot ishlarining kengayishida muhim rol o’ynaydi. 1970-80 yillarda
O’zbekistonda
entomologik
(R.O.Olimjonov,
S.N.Alimuxammedov,
M.N.Narziqulov, A.G.Davletshina va ularning shogirdlari), gelmintologik
(A.T.To’laganov, M.A.Sultonov, I.X.Ergashev, J.A.Azimov va boshqalar) va
gidrobiologik-ixtiologik (A.M.Muxammadiev, G’.K.Komilov va boshqalarning)
tadqiqotlari etakchi o’rinni egalladi.
Keyingi yillarda O’zbekiston zoologlari “Hayvonot olamini qo’riqlash va
ulardan oqilona foydalanish” dasturi bo’yicha “Ekologik xilma-xillikni saqlash
milliy strategiya va harakat rejasi” doirasida tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Mazkur
dasturlarga
muvofiq
O’zbekiston
Respublikasi
Fanlar
akademiyasining zoologiya instituti, oliy o’quv yurtlari va boshqa ilmiy
tadqiqot institutlarida olib borilayotgan zoologo-ekologik izlanishlar
akademik J.A.Azimov rahbarligida
yagona tizimga keltirilib, aniq maqsadga
yo’naltirilgan.
Dostları ilə paylaş: