Markaziy Osiyo olimlarining tabiat va ekologiyaga oid fikrlari
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi ekologik bog’liqlik tarixi uzoq o’tmish
bilan bog’liq. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan o’zbek xalqi juda qadimdan
ekologik madaniyat merosiga ega.
Markaziy Osiyoning tabiati, rang-barang o’simlik va hayvonot dunyosi
haqidagi ma’lumotlar qoyatosh sur’atlarida, “Avesto” kitobida, yozma
yodgorliklarda va qomusiy olimlarimizning durdona asarlarida o’z ifodasini
topgan. Ushbu manbalar tabiatni asrash va e’zozlash haqidagi qimmatli
fikrlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da hikmatli giyohlar,
turli kasalliklarni davolashda ulardan foydalanish, tana tuzilishi, uni
parvarishlash va gigienasi, issiq sharoitda murdaning buzilishi, bu esa atrof-
muhitga, odamlarga xavf tug’dirishi haqida fikrlar bayon etiladi. Uning alohida
boblarida go’dak, hayvon va itlarga ozor bermaslik, o’ldirmaslik, ularni asrash
to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
16
Markaziy Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlar ko’plab
yodgorliklar qoldirganlar. G’orlar va qoyatoshlarga ular tomonidan mahorat
bilan ishlangan rasmlar ushbu mintaqaning tabiati, o’simlik va hayvonot
dunyosi haqidagi qadimda yashagan ajdodlarimizning tasavvurlari ancha
keng qamrovli bo’lganligidan dalolat beradi. Qoyatoshlarga tushirilgan
sur’atlar ichida yovvoyi ho’kiz, kiyik, tog’ echkisi, arxar, ohu, to’ng’iz, bo’ri va it
tasvirlari bilan bir qatorda, Markaziy Osiyoda bir vaqtlar yashagan hozirda
esa uchramaydigan yoki kamayib ketgan yo’lbars, qulon, yovvoyi ot,
mamontlarning tasvirlari ham bor. Bunday sur’atlar Molguzar, Nurota,
Chotqol tog’lari, So’x vohasida, Afrosiyob, Shoxruhiya va Xorazmning qadimiy
arxeologik ob’ektlarida ko’plab uchraydi. Mazkur ibtidoiy sarhat obidalari
o’sha davrda yashagan kishilar hayoti va Markaziy Osiyo hayvonot dunyosi
tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Ajdodlarimiz qoldirgan qadimiy yozma yodgorliklar bilan tanishar
ekanmiz, ular bizga tabiat hodisalari haqida batafsil ma’lumotlar
qoldirganligini ko’ramiz. Qadimgi mualliflar tabiat voqea-hodisalari, o’simlik
va hayvonlar hayotidagi mavsumiy o’zgarishlar, o’z davrida Markaziy Osiyo va
unga qo’shni mamlakatlarda uchragan qizil bo’ri, qoplon, yo’lbars, qulon,
yovvoyi ot, ohu-kiyik, arxar, tog’ echkilari, to’ng’iz kabi hayvonlar haqidagi
boy ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
O’rta asrlarda yashab ijod etgan Markaziy Osiyo allomalari Muhammad
Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Abu Rayxon Beruniy, Abu
Ali Ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa olimlar o’z asarlari bilan
jahon tabiatshunoslik fanlari rivojlanishiga ulkan hissa qo’shganlar.
Abu Abdullo ibn muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (782-847) jahon
matematika fanining asoschisi, tabiatshunoslik sohasida ham qomusiy bilimga
ega bo’lgan olim. Uning “Er tasviri kitobi”da butun dunyo, qit’alar, okeanlar,
qutblar, ekvator, sahrolar, ko’llar, o’rmonlar, barcha mamlakatlar, o’lkalar,
ulardagi hayvonot va o’simlik dunyosi, tabiiy resurslari, aholi haqidagi
ma’lumotlar keng o’rin olgan. Xorazmiy tabiat va odamlar bir-birini
tushunishlari, tabiatdagi mutanosiblik saqlanishi lozimligini ta’kidlagan.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy (870-912) yirik
davlat arbobi, tabiatshunos, mashhur va bilimdon tabib sifatida shuhrat
qozongan. Jayhoniy asarlarida Markaziy Osiyo, Hindiston, Xitoy, Tseylon va
17
Eronning qazilma boyliklarini, o’simliklari, hayvonlari va boshqa tabiiy
resurslarini batafsil ta’riflab, hayvonlar va o’simliklarning tarqalish xaritasini
tuzgan. Uning Markaziy Osiyo tabiati, tabiiy resurslari va geografiyasiga oid
to’plagan materiallari o’ta aniqligi va betakrorligi bilan hozirgi kunda ham o’z
ahamiyatini yo’qotmagan. Jayhoniy qo’shni mintaqalarning barchasi uchun
umumiy bo’lgan o’simlik va hayvonlardan tashqari alohida hududlargagina
xos bo’lgan turlarning ham uchrashligini alohida ta’kidlaydi. Bu borada u
«Endemik turlar» iborasini qo’llamagan bo’lsada, lekin ayni tushunchani ilk
bor talqin etganligi shubhasiz. U turli hududlardagi yashash muhitlarini tahlil
etar ekan, baland tog’li o’lkalarda havo (kislorod) siyrak bo’lishi tufayli
organizmlar yashashi qiyinlashishi kabi hodisalarni ham keng sharhlaydi.
Jayhoniyning yuqumli kasalliklarning tarqalish yo’llari va vositalari, bunday
kasalliklarning keng tarqalib ketmasligini oldini olish haqidagi ma’lumotlari
qadrlangan.
Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ ibn Tarxon Forobiy (873-910) o’z
davrining yirik allomasi bo’lgan. Uning ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boyligi
va sermazmunligi bilan ajralib turadi. Forobiyning tabiatshunoslikka oid
«Hayvon a’zolari to’g’risida so’z», «Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»
asarlarida inson va hayvonlar organlari, ulardagi o’xshashlik va farqlar,
anatomiyasi, fiziologiyasi, oilaning kelib chiqishi, odamning paydo bo’lishi va
boshqa masalalarni yuritishga katta e’tibor berdi. U hayvonot dunyosini
fikrlovchi, aqlli va noaql, fikrlamaydigan hayvonlardan tashkil topgan deb
ta’kidlaydi. Uning talqiniga ko’ra odam organizmi yaxlit bir sistemadan iborat
bo’lib, undagi jarayonlar birlamchi va ikkilamchi signallar sistemasi orqali
boshqariladi.
Forobiy
dunyoda
birinchi
bo’lib
organizmlardagi
o’zgaruvchanlik, o’simlik va hayvon turlarining kelib chiqishida tanlanishning
ahamiyatini ilmiy asoslab berdi. Uning talqiniga ko’ra, tabiatshunoslikdagi
tanlanish inson yordamida va inson aralashuvisiz sodir bo’ladi, ya’ni sun’iy va
tabiiy tanlanishlar bo’lishligini Ch. Darvindan oldin e’tirof etgan.
Forobiyning Evropa olimlariga qadar 1000 yil avval yaratgan ta’limoti,
uning asarlari anatomiya, fiziologiya, tibbiyot va biologiyada evolyutsion
qonuniyatlarni asoslashda ilmiy-nazariy dalil bo’lib xizmat qildi.
«Hudud ul-olam min al-mashriq il-mag’rib» («Sharqdan G’arbga dunyo
chegarasi») asari noma’lum muallif tomonidan yozilgan va X asr
18
tabiatshunoslik tarixida eng noyob manbalardan biri sanaladi. Mazkur asar
fan tarixida qisqartirilgan «Hudud ul-olam» nomi bilan mashhurdir. «Hudud
ul olam»da Er shari, qutblari, ekvator, mamlakatlar, qit’alar, ko’llar, orollar,
dengizlar, sahrolar, tog’lar, daryolar, okeanlar, shaharlar, chegaralar, qo’shni
mamlakatlar, ularning tabiati mufassal bayon etilgan. Muallif ayniqsa,
Markaziy Osiyo o’lkalari va tabiati haqida batafsil to’xtalgan va qiziqarli
materiallarni bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, talas vodiysida samur (tiyin),
sanjob (olmaxon), ohu mushruk (muskusli bug’u) ko’pdir, beshpaq dalada esa,
qulonlar, yovvoyi otlar va sayg’oqlar uchraydi. Aytish joizki, bu asar Markaziy
Osiyo tabiati fanlarining rivojlanishida muhim ahamiyatga molik tarixiy
manba hisoblanadi.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Abu Rayxon Beruniy (973-1048)
buyuk o’zbek qomusiy olimi, u o’rta asrning ulkan mutafakkirlari sirasiga
kiradi. Allomaning kuzatishlarida tabiatga oid ma’lumotlar mukammalligi
bilan ajralib turadi. Uning asarlarida Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston,
Afg’onistonning qazilma boyliklari, dorivor o’simliklari, hayvonlari haqida
aniq ma’lumotlar berilgan.
«O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida Abu Rayxon Beruniy
Eron shimolidagi o’simlik va hayvonlarni batafsil ta’riflaydi. Kaspiy dengizida
uchrovchi qoravoy qushlarning ekologiyasiga oid o’z kuzatishlari natijalarini
bayon etadi. Shu kitobda, u o’simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiylik va
biomaromlarni keng tahlil etadi. Jumladan, u shunday yozadi: «Agar qish
qattiq kelsa, yirtqich qushlar inlariga berkinadi. Bahorda ilonlar uyg’onadi,
baqalar ovoz chiqaradi. Bu hodisalarning barchasi o’rtasida uzviy bog’liqlik
mavjud». Abu Rayxon Beruniy o’z davrida Forobiy tomonidan talqin etilgan
tabiiy va sun’iy tanlanish haqidagi fikrlarni mukammallashtirib, atroflicha
kengaytiradi. Agar, deb ta’kidlaydi Abu Rayxon Beruniy, Er yuzini bir xil
daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning
ko’payishiga ham, daraxt o’sishiga ham o’rin qolmaydi. Shu sababdan dehqon
ekinlarni o’toq qilib, keraksizlarini yulib tashlaydi. Bog’bonlar daraxtlarga
shakl beradi, keraksizlarini kesib tashlaydi. Asalari ishlamaydiganlarini yo’q
qiladi. Tabiat ham, o’z yo’lida shunday ish qiladi. Abu Rayxon Beruniy fikricha,
erdagi o’simlik va hayvonlar cheksiz ko’payishga intiladi, shu maqsadda
kurashadi, zero, «ekin va nasl qodirish bilan dunyo to’lib boraveradi». Garchi
19
dunyo cheklangan bo’lsa-da, vaqt o’tishi bilan bu ikki o’sish natijasida
ko’payish cheklanmaydi. Agarda o’simliklardan yoki jonivorlardan biror
xilining o’sishiga sharoit bo’lmay, o’sishdan to’xtasa ham, boshqalarida bu
ahvol bo’lmaydi. Ular birdaniga paydo bo’lib, birdaniga yo’qolib ketmaydi,
ularning biri yo’qolsa ham, u o’z o’xshashini qoldirib ketadi. Abu Rayxon
Beruniy «Saydana» kitobida zoologiya, botanika, zoogeografiya, fitogeografiya
fanlarining maqsad va vazifalarini izohlashga alohida e’tibor qaratdi.
Abu Rayxon Beruniy, yer yuzini o’zgarishi o’simlik va hayvonot
dunyosining o’zgarishiga sabab bo’lishi, mumkinligini qator misollar bilan
isbotlashga harakat qiladi. Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida
jirafa, karkidon, fil, kiyik, delfin va boshqa sut emizuvchilar, shuningdek,
qushlarning morfologiyasi, tarqalishi va ekologiyasiga oid g’oyat qimmatli
ma’lumotlar o’rin olgan.
Abu Rayxon Beruniy asarlarida hayvonlar, o’simliklar organizmning
tarkibi, mazkur organizmlarni tashqi muhit bilan mustahkam bog’liqligining
natijasi ekanligi ta’kidlanadi. U olimlar orasida birinchi bo’lib organik
dunyoning evolyutsion taraqqiyoti, olamning oddiydan murakkabga tomon
takomillashib borishi to’g’risida fikr yuritib, yashash uchun kurash va tabiiy
tanlanish masalalarini asosladi. Shuning bilan birga, Er o’z o’qi va Quyosh
atrofida aylanadi deb geliotsentrik ta’limotni ilgari surgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1097)ning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning
mashhur “Kitob ash-shifo” (“Davolash kitobi”) asarida mujassamlashgan.
Mazkur asarda kishilar organizmiga tashqi muhitning ta’siri, uning ahamiyati,
kasalliklarining tarqalishida suv, havo va shamolning ahamiyati bayon etilgan.
Shuningdek, asarda odamlarning ichagida parazitlik qiluvchi chuvalchanglar
keltirib chiqaradigan kasalliklar va ularni davolash to’g’risida, hamda
chuvalchanglar turlari haqida ham qator ma’lumotlar berilgan. Uning “Tib
qonunlari” shox asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi.
Zahiriddin
Muhammad
Bobur
(1483-1530)ning
shoh
asari
«Boburnoma»da Markaziy Osiyo, Afg’oniston mamlakatlarining tarixi, tabiati,
etnografiyasi, geografiyasi va tibbiyotiga oid boy materiallar o’rin olgan.
Bobur Toshkent, Farg’ona vodiysi, Afg’oniston va Hindiston hayvonlarini
mohirona ta’riflagan. U Hindistonda uchrovchi 60 dan ortiq umurtqali
hayvonlarni batafsil bayon etadi va mazkur hayvonlarni yashash muhitiga
20
qarab 4 guruhga ajratadi: daraxtda yashovchi hayvonlar, quruqlik hayvonlari,
suv yaqinida uchraydigan hayvonlar va suv hayvonlari.
Boburning fikricha, Hindistonning o’simlik va hayvonlari o’ziga xos
endemikdir. Mazkur mintaqa hayvonlarining rangi qora yoki qoramtir, hatto
ularning ko’zi ham qora, ehtimol bu Hindistonning geografik joylanishi va
iqlimiy sharoitlariga bog’liqdir. Hindiston hayvonlari shu xususiyatlari bilan
Markaziy Osiyo faunasidan keskin farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |